Zahiriddin muhammad bobur nomiidagi andijon davlat universiteti


Rejalash va oʼlchash asboblari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə17/18
tarix06.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#100275
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
o\'lchash asboblari bilan detallarni o\'lchash kurs ishi

Rejalash va oʼlchash asboblari

Mashina-mexanizm detallari, zagotovkalariga ishlov berish me¬xanika yoki chilangarlik sexlarida bajariladi.


Detal zagotovkasiga kerakli oʼlchamlarda ishlov berish uchun sirtiga chiziq, tortiladi - bu rejalash deyiladi. Rejalashda tayyorlanayotgan detalning konturi zagotovkadan ajratib koʼrsatiladi. Bu ishni aniq, bajarish lozim, aks holda yoʼl qoʼyilgan xato tayyorlangan detalni yaroqsizlantiradi. Rejalash asosan, kichik seriyada, donalab ishlab chiqarishda qoʼllaniladi. Korxona va zavodlarda katta partiyada detal ishlab chiqarishda maxsus moslama-konduktor qoʼllanishi tufayli rejalashga extiyoj qolmaydi.
Detalning shakliga koʼra, rejalashning tekislikda va fazoviy (xajmiy) turi bor.
Detalni rejalash uchun rejalash taxtasi, taglik, burish moslamasi va domkratdan foydalaniladi. Rejalash taxtasi koʼlrang chuyandan tayyorlanadi, oʼz ogʼirligi yoki kuch taʼsirida egilmasligi uchun ostqi qismi mustaxkam sinchga ega boʼladi.
Katta taxtalarning ish sirtlarida bir xil oraliqda joylashgan gorizontal va vertikal ariqchalar oʼyilgan boʼlishi mumkin. Ular 200-250 mm.ga teng kvadratlar hosil qiladi.
Аriqchalarning chuqurligi 2-3 mm, eni 1-2 mm boʼlib, turli moslamalarni oʼrnatish uchun foydalaniladi.
Taxtalarning oʼlchamini tanlashda rejalanadigan detal oʼlchami nazarda tutiladi. Masalan, taxtaning oʼlchami rejalanadigan zagotovkaning oʼlchamidan 500 mm katta boʼlishi kerak. Katta oʼlchamdagi taxta 6000 x 10000 mm.li ikki yoki toʼrtta taxtani bolt va shponkalar yordamida biriktirish yoʼli bilan yigʼiladi.
Chizgʼich (igna) rejalanadigan detal sirtiga chiziq, tushirish uchun moʼljallangan boʼlib, U10 yoki U12 asbobsozlik poʼlatidan tayyorlanadi. Yaxshi ishlov berilgan poʼlat sirtlarni rejalash uchun jez chizgʼichlardan foydalaniladi. Chizgʼichlarning toʼrtta: yumaloq, bir uchi bukilgan, choʼntak chizgʼich va ignasi almashtiriladigan turlari bor.
Yumaloq chizgʼich 150-200 mm uzunlikda 4-5 mm diametrli poʼlat chiviqdan iborat boʼlib, uning uchi 15° burchak ostida oʼtkirlanib toblangan, boshqa uchiga esa xalqa shakli berilgan.
Bir uchi bukilgan chizgʼich bir uchi oʼtkirlangan va ikkinchi uchi 90° burchak ostida bukilgan poʼlat chiviqdan iborat.
Ignasi almashtiriladigan chizgʼich soat buragichi tipida tayyorlangan. Аlmashtiriladigan ignalar toblangan va oʼtkirlangan boʼladi. Chuntak chizgʼichi avtoqalam tipida tayyorlanadi. Chizgʼichlarni oʼtkirlash dastgohlarida chap qoʼl bilan uning oʼrtasidan, oʼng qoʼl bilan esa qarama-qarshi uchidan ushlab aylanuvchi abraziv toshga doimiy burchak ostida qiyalatib charxlanadi. Charxlangan chizgʼichni suvda sovutish lozim, aks holda uning mustaxkamlik xossasi yoʼqoladi.
Kerner (iz qoldirgich) avvaldan belgilab qoʼyilgan chiziklarga chuqurchalar tushirish uchun xizmat qiladigan chilangarlik asbobi.
Oddiy kerner 120, 125 yoki 160 mm uzunlikdagi poʼlat chiviqdan iborat, uning diametri uzunligiga mutanosib ravishda 8, 10 yoki 12 mm boʼladi (5-rasm).
Lupali kerner xomutlar (5, 7) va qisuvchi (6) vintdan iborat boʼlib, xomutning uchiga 3-5 marta kattalashtiradigan lupa oʼrnatilgan. Xomut (5) lupani kerner chivigiga (4) mahkamlaydi.
Elektr kerner korpus (6), prujinalar (2, 5), udarnik (3), chulgam (4) va kernerdan (1) tuzilgan. Korpusining nakatli qismini bosish bilan elektr zanjir ulanadi, tok chulgʼam orqali oʼtib magnit maydoni hosil qiladi. Shu vaqtda udarnik choʼlgamga tortilib sterjenga zarba beradi. Kernerni boshqa nuqtaga oʼtkazilganda prujina (5) zanjirni uzadi, natijada prujina (2) udarnikni dastlabki holatiga qaytaradi. Elektr kerner ish unumining yuqoriligi bilan boshqa kernerlardan ajralib turadi.
Pnevmatik «pistolet» turli kernerlash ishlarida qoʼllaniladi. Qulaylik uchun u dasta va qoʼyib yuborish tugmasi bilan taʼminlangan.
Pnevmatik portativ kerner boshqa kernerlardan oʼzining ixchamligi bilan farq qiladi.
Sirqoʼllar aylanalarni boʼlishda va geometrik shakllarni yasashda qoʼllaniladi. Undan oʼlchagich asboblardan oʼlchamlarni detallarga koʼchirishda ham foydalanish mumkin.
Rejalashga kirishishdan avval qoʼyidagi ishlarni bajarish lozim:
zagotovkani chang, zang va boshqa iflosliklardan tozalash;
zagotovkani kuzdan kechirish, qavariq, yorik va boshqa nuksonlarni aniqlash, ularni aniq oʼlchash, rejalanadigan detal chizmasini oʼrganish;
zagotovka xususiyatlarini, qoʼllanilish maqsadini aniqlash, oʼlchamlarini topish; zagotovkaning bazaviy sirtlarini aniqlash, sirtni boʼyashga tayyorlash kerak.
Sirtni boʼyash uchun turli buyoqlardan foydalaniladi. Xususan, boʼrning suvdagi eritmasi sirtlarni boʼyashda keng qoʼllaniladi. Boʼrni 1:8 nisbatda suvga aralashtirib, uni kaynaguncha qizdiriladi, keyin aralashmaga 1 kg boʼr uchun 50 g duradgorlik yelimini qoʼshib qaynatiladi. Eritmaga ozgina zigʼir yoki sikkatila moyi qoʼshib, uning tezroq qurishiga erishish mumkin. Sirtlarni choʼtkalar bilan boʼyash koʼp vaqt talab kilgani uchun bu ishni purkagichlar bilan bajarish qulaydir.
Mis kukunidan eritma tayyorlash uchun bir stakan suvga uch choy qoshigida mis kukuni aralashtiriladi. Moy va turli iflosliklardan tozalangan sirtni eritma bilan boʼyaladi, u qurigach rejalash bajariladi.
Rejalash usullari. Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida novator-chilangarlar rejalashning eng takomillashgan usullaridan keng foydalanmokdalar. Rejalashning andoza boʼyicha, namuna boʼyicha, oʼz joyida, qalam bilan va boshqa usul¬lari mavjud.
Аndoza boʼyicha rejalash, odatda, katta partiyadagi detallarning zagotovkalarini rejalashda qoʼllaniladi. Murakkab shaklli andozalarni 0,5-1 mm li, teshikli detallar uchun andozalarni 3-5 mm li listlardan tayyorlanadi. Rejalash andozasini boʼyalgan zagotovkaga qoʼyib, konturi boʼyicha chiziq, chizib chiqiladi keyin kernlanadi. Teshiklarni rejalashda teshik andoza boʼyicha zagotovkaga chizgʼich bilan chiziladi.
Namuna boʼyicha rejalash andoza tayyorlab olish talab qilinmasliga bilan farqlanadi. Bu usul taʼmirlashda keng qoʼllanilib, oʼlchamlar ishdan chiqib yaroqsizlanib qolgan detallarning oʼzidan rejalanadigan detalga koʼchiriladi.
Oʼz joyida rejalash koʼpincha katta detallarni biriktirishda qoʼllaniladi. Masalan, detalning fazoviy munosabat va konstruk¬tiv elementlari oʼz joyida ikkinchisiga qarab rejalanadi.
Qalam bilan rejalash material turi bilan farqlanadi. Аlyumin va dyuralyuminlarga chizma asboblari toʼplamini qoʼllab, oddiy qalamda reja tushiriladi. Dyuralyuminga poʼlat chizgʼich bilan chizib boʼlmaydi, chunki chizgʼich izlari materialning ximoya qatlamini shikastlashi, zanglashi va yemirilishga olib keladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə