Zahiriddin muhammad bobur nomiidagi andijon davlat universiteti


O’lchash vositalari va turlari



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/18
tarix06.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#100275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
o\'lchash asboblari bilan detallarni o\'lchash kurs ishi

O’lchash vositalari va turlari

Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va meyorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari meyorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
o‘lchovlar;
o‘lchash asboblari;
o‘lchash o‘zgartkichlari;
o‘lchash qurilmalari;
o‘lchash tizimlari.
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin.
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan.
Standart namuna - modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. "Toza rux" 4200S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi:
Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.
O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi.
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi:
Shkalali o‘lchash vositalari;
Raqamli o‘lchash vositalari;
O‘ziyozar o‘lchash vositalari.

1-rasm. O‘ziyozar asboblar
a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali o‘ziyozar asbob.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə