Zahiriddin muhammad bobur nomiidagi andijon davlat universiteti


(Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi.)



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə7/18
tarix06.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#100275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
o\'lchash asboblari bilan detallarni o\'lchash kurs ishi

(Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi.)


Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida keyingi mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan.
O‘lchash diapazoni. Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi.
Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir.
Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir.
Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi:
= n / n­ um ,
bu yerda: n – ishonchlilikka sinalgan asboblar soni; num – umumiy (ko‘p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni.
O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi
Quyidagi jadvalda hozirda ishlatilib kelinayotgan va chiqarilayotgan o‘lchash asboblarining guruhlari keltirilgan. Odatda, o‘lchash asboblarining nomida ushbu guruh va modifikatsiya tartib raqamlari berilgan bo‘ladi.
Quyidagi sxemada o‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi ko‘rsatilgan (5.2 – rasm).



O‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi.
Elektromexanik turdagi analogli o‘lchash asboblari. Analogli o‘lchash asboblari yoki bevosita ko‘rsatuvchi asboblar elektr o‘lchashlar va umuman o‘lchash texnikasida keng o‘rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi asboblarda ko‘rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funktsional) ravishda o‘lchanayotgan kattalik bilan bog‘liqlikda bo‘ladi.

Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash asboblari, (xususan elektromexanik asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan iborat deb qarash mumkin (rasm).




Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə