Zahiriddin muhammad bobur nomiidagi andijon davlat universiteti


Anolog o‘lchash asboblarining strukturaviy sxemasi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə8/18
tarix06.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#100275
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
o\'lchash asboblari bilan detallarni o\'lchash kurs ishi

Anolog o‘lchash asboblarining strukturaviy sxemasi.
O‘lchash asboblari qaysi tizimga taalluqli mexanizmdan iborat bo‘lishidan qat’y nazar, asbob qo‘zg‘aluvchan qismining harakatlanishi elektromagnit maydon energiyasining o‘zgarishiga bog‘liq.
O‘lchanadigan kattalik ta’siri ostida hosil bo‘lib, asbob ko‘rsatkichini ko‘payish tomoniga og‘diruvchi moment aylantiruvchi moment deyilib, u umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:
M = dWе /d,
bu yerda, We – elektromagnit maydon energiyasi, – asbob qo‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi.
Yuqoridagi ifodani (5.1) boshqacha ko‘rinishda yozish mumkin:
M = F(X1),
ya’ni aylantiruvchi momentni o‘lchanadigan kattalik va asbob qo‘zg‘aluvchan qismining burilish burchagi funktsiyasi deb qarash mumkin. O‘lchash asbobining qo‘zg‘aluvchan qismiga aylantiruvchi momentdan tashqari aks (teskari) ta’sir etuvchi moment ham ta’sir etishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment bo‘lmaganda edi, asbobning strelkasi shkalasidan chetga chiqib ketgan bo‘lar edi. Aks ta’sir etuvchi moment aylantiruvchi momentga qarama – qarshi yo‘nalgan bo‘lib, qo‘zg‘aluvchan qisminiig burilish burchagi kattalashishi bilan ortishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment M aylantiruvchi momentga tenglashguncha (M=M) qo‘zg‘aluvchan qism aylantiruvchi moment ta’siridan buriladi. Ko‘p elektr o‘lchash asboblarida aks ta’sir etuvchi moment tortqi, prujina va osmalarning buralishi bilan hosil qilinadi. Bunday qurilmada aks ta‘sir etuvchi moment qo‘zg‘aluvchan qismning burilish burchagiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni M = – W,; bu yerda W – tortqi yoki prujinaning materiali va uning o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas kattalik, bu burchagining birligiga 1° yoki 1 radianga mos keluvchi moment bo‘lib, solishtirma aks ta’sir etuvchi moment deb ataladi.
Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining turg‘un burilish holati aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi momentlarning tengligidan topiladi М=М va u umumiy holda quyidagicha ifodalanadi:
=
bu holatni 5.4 – rasmda ko‘rsatilgan grafikdan ham kuzatish mumkin.



(Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining turg‘un burilish holatiga aylantiruvchi
va aks ta’sir etuvchi momentlarning ta’siri).

Asbob dinamik rejimda ishlaganida, boshqacha aytganda asbob ko‘rsatkichi (surilishida) joyidan qo‘zg‘alayotganida, yuqorida aytilgan aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi momentlardan tashqari boshqa momentlar ham hosil bo‘ladi. Bu momentlar qo‘zg‘aluvchan qismning inertsiya momentidan, tashqi muhit qarshiligidan va metall elementlari bo‘lgan holda hosil bo‘ladigan uyurma tok va hokazolardan vujudga keladi.


Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining harakatlanganida vujudga keladigan va uning harakatini tinchlantirishga intiluvchi moment – tinchlantiruvchi moment deyiladi:
MT = R(d/dt)
Bu moment tinchlantirish koeffitsienti R ga va qo‘zg‘aluvchan qismning burchakli tezligiga d/dt proporsionaldir. Tinchlantiruvchi moment ma’lum darajada asbobning muhim ekspluatatsion parametrlaridan biri – tinchlanish vaqtini belgilaydi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə