Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari. Cad tizimlarining loyihalash bosqichlari, ishlatiladigan modеl va paramеtrlar klassifikatsiyasi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining texnik sohalarda qo‘llanilishi. Reja


Loyixalashni avtomatlashtirish jarayonining asosiy bosqichlari



Yüklə 53,66 Kb.
səhifə2/3
tarix12.05.2023
ölçüsü53,66 Kb.
#109800
1   2   3
Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari. Cad tizimlar

Loyixalashni avtomatlashtirish jarayonining asosiy bosqichlari.
Loyihalash bosqichlari- vaqt o’tishi bilan rivojlanib boradigan jarayon kabi loyihalashning katta bo’lagidir. Umumiy holda bosqichlar ilmiy-tadqiqot ishlari, loyiha eskizi yoki tajriba-konstruktorli ishlari, texnik, ishchi loyiha, tajriba namunalarini sinab ko’rish kabi bosqichlarga bo’linadi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bosqichi ayrim holda loyiha oldi tadqiqoti yoki texnik takliflar bosqichi deb ham ataladi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish jarayonida loyihani ishlab chiqishdagi aniqlik va puxtalik darajalari o’sib boradi, va ishchi loyiha tajriba namunalarini tayyorlash uchun yetarli darajaga keltiriladi.
Har qanday murakkab tizim kabi ALT(avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari) ham tizimostidan tashkil topadi(1-rasm). Loyihalash va xizmat ko’rsatish tizimosti mavjud. Loyihalash tizimostlari bevosita loyihalash proseduralarini bajaradi. Loyihalash tizimostiga misol qilib mexanik obyektlarni geometrik uch o’chovli modellashtirish, konstruktorlik hujjatlarini tayyorlash, sxemotexnik tahlil qilish tizim ostilari kiradi. .
Xizmat ko’rsatuvchi tizimostilar loyihalanayotgan tizim ostini ishlashini tashkillashtiradi, ularning birlashmasi ko’pincha ALTning tizim muhiti(yoki qobiq) deb ataladi. Xizmat ko’rsatuvchi tizimostlari bo’lib loyiha kattaliklarini boshqarish(PDM — Product Data Management), loyihalash jarayonini bosqarish (DesPM — Design Process Management), kompyuter bilan mutaxassis o’rtasida aloqa o’rnatadigan foydalanuvchi interfeysi, ALTning dasturiy ta’minotini ishlab chiquvchi -CASE (Computer Aided Software Engineering) ALTda qo’llaniladigan foydalanuvchi texnologiyasini o’rganuvchi o’quv tizimostlari xizmat qiladi.



72-rasm ALT tizim ostlari.


Loyihalshning avtomatlashtirilgan tizimi. Ularning turlari va modellari.
САPR klassifikasiyasi ilovalari, maqsadi, ko’lami, ALT yadrosi baza tizimostining xarakteri kabi bir qator belgilari orqali amalga oshiriladi. Quyida ilovalari bo’yicha ko’proq ishonchli va keng qo’llaniluvchi ALT guruhlari keltirilgan:
1. Mashinasozlik sohasida qo’llaniladigan ALT. Uni ko’pincha ALT mashinasozlik bo’yicha yoki MCAD (Mechanical CAD) tizimi deb ataladi.
2. Radioelektron ika uchun ALT. Uning nomlari — ECAD (Electronic CAD) yoki EDA (Electronic Design Automation) tizimlar.
3. Arxitektura va qurulish sohalaridagi ALT.
Belgilangan maqsad bo’yicha loyihalashni turli jihatlarini ta’minlovchi ALT yoki ALT tizimostlari ajratiladi. Shunday qilib MCAD tarkibida CAE/CAD/CAM tizimlar paydo bo’ladi:
1) Funksional loyihalovchi ALT, boshqacha aytganda ALT-F yoki САЕ (Computer Aided Engineering) tizimlari;
2) Umumiy mashinasozlikning konstruktorlik SAR — ALT-К, u ko’pincha СAD-tizim deb ataladi;
3) Umumiy mashinasozlikning texnologik САПРi — САПР, boshqacha qilib aytganda ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni avtomatlashtirilgan tizimlari yoki САМ (Computer Aided Manufacturing) tizimlari.
Qo’llanilish ko’lami bo’yicha ALTning alohida dasturiy-uslubiy komplekslari mavjud. Masalan, so’nggi elementlar usuli bilan mos ravishda mexanik buyumlarning chidamlilik tahlili kompleksi yoki elektron sxemalar tahlili kompleksi, dasturiy(software) va texnik(hardware) ta’minotning noyob arxitektura tizimlari kompleksi.
Baza tizimosti xarakteri bo’yicha ALTning quyidagi ko’rinishlari mavjud:
1. Mashina grafikasi va geometrik modellashtirish подсистемыsi bazasidagi ALT. Bu ALT konstruktorlash loyihalashning asosiy prosedurasi hisoblangan ilovalarga yo’naltirilgandir. Konstruktorlash jarayoni bu fazoviy forma va ob’tektlarni o’zaro joylanishini aniqlashdir. Shuning uchun bu guruhga mashinasozlik sohasidagi ALTning ko’pgina grafik yadrolari kiradi.
2. MMBT bazasidagi ALT. Ular qiyin bo’lmagan matamatik hisoblashlar orqali ko’p miqdordagi kattaliklarni qayta ishlovchi ilovalarga mo’ljallangan. Bunday ALT iqtisodiy-texnik ilovalarda ko’proq uchraydi. Masalan, biznes –rejalarni loyihalashda. Umuman bular mustaqil ishlatiluvchi dasturi-uslibiy komplekslardir. Bularga masalan, ishlab chiqarish jarayonini imitasion modellashtirish, oxirgi elementlar usuli bilan chidamlilikni hisoblash, avtomatlashtirilgan bosgqaruv tizimini sintez va analiz qilish komplekslari kiradi. Ko’pincha bunday ALT CAE tizimiga kiradi. Unga VHDL bazasida yaratilgan mantiqiy loyihalash dasturlari, MathCAD matematik paketi misol bo’ladi.
3. Kompleks (integrallashgan) ALT-avvalgi turdagi подсистемlarni birlashmasidan tashki topgan. Kompleks ALTga mashibasozlikdagi CAE/CAD/CAM-tizimlari yoki ALT BIS kiradi. ALT BIS MBBT va prinsipial, mantiqiy va funksional sxemalar, kristallar topologiyasi, mahsulotni yaroqliligini tekshirish testlari komponentalarini loyihalash tizimostlaridan tashkil topgan. Bunday murakkab tisimlarni boshqarish uchun ixtisoslashtirilgan tizimli muhitlar ishlatiladi.

Yüklə 53,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə