Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Beshinchi 
avlod
kompyuterlari optik elementlar asosida yaratilishi rejalashtirilayotgan bo`lib, ular 
kelajak mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer nurlari bilan almashtiriladi. Natijada 
kompyuterning tuzilishi ham tubdan o`zgaradi. Uning asosiy xususiyatlaridan biri faqat sonli 
hisoblashlarni emas, balki axborotni kiritishda analiz qilish usuli bilan fikrlaydigan 
axborotlarni ham bajarish imkoniyatiga ega, yani kompyuter bilan muloqot tabiiy maxsus 
bilimga ham ega bo`lmog`i kerak. Xulosa qilib aytganda, beshinchi avlod kompyuterlarning 
ishlash tamoyili inson tafakkurining faoliyatiga iloji boricha yaqinlashuvchanligi lozim. 
Demak, ushbu avlod kompyuterlarning operativ xotirasi sun`iy intellektda tasvirlanishi kerak. 
Bundan ko`rinadiki, beshinchi avlod EHMlarini faqatgina bizga ma`lum bo`lgan hisoblash 
jarayonlari uchun emas, balki inson faoliyatining turli sohalarida keng ko`lamda qo`llash 
mumkin bo`ladi. Ularning tezligi insonning intelektual tezligiga yaqin bo`lib, bunday 
kompyuterlar loyihasi ichida Yapon loyixalari birinchi o`rinni egallaydi. 


12 
Shaxsiy kompyuterlar (ShK)
– hammaboplik va universallik talablarini 
qoniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro EHMlardir. 
Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universallik talablarini qondirishi uchun
quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim: 
- individual xaridor uchun mos keladigan narxlarda; 
- atrof-muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi; 
- tuzilishining boshqarish, fan, ta‘lim, turmush sohalarida turli ko‘rinishda 
qo‘llanilishlarga moslashuvchanligi; 
- foydalanuvchining maxsus, kasbiy tayyorgarliksiz ishlashi imkoniyatini beruvchi 
operatsion tizimlar va boshqa ―do‘stona‖ dasturiy taminotlar; 
- ishlashning yqori darajada ishonchliligi (buzilmasdan 5000 soatdan ortiq ishlashi). 
Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə