Zamonaviy axborot texnologiyalari


Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar)



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar)
kompyuter bilan ishlaganda 
axborotni doimiy saqlashga mo‘ljallangan. Qattiq diskdagi jamlagichlar bir-biridan, ya‘ni
diskka qancha axborot sig‘ishi bilan farq qiladi. Diskning ish tezligi ikki ko‘rsatkich bilan 
aniqlanadi: 
1. Diskning sekundiga aylanishlar soni. 
2. Diskdagi ma‘lumotlarni o‘qish va unga ma‘lumotlarni yozish tezligi. 
Kontrollerlar (maxsus electron sxemalar)
kompyuter tarkibiga kiruvchi turli
qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi. 
Kiritish-chiqarish portlari
orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma‘lumot 
almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma‘lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda
umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga printer, ―sichqoncha‖ ulanishi mumkin. Umumiy 
portlar ikki xil bo‘ladi: parallel va ketma-ket. Parallel partlar kirish-chiqishni ketma-ket 
portlarga nisbatan tezroq bajaradi. 
Monitorlar.
Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni 
chiqarishga mo‘ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo‘lib, matnli hamda grafik


13 
holatlarda ishlashi mumkin.
Matn holatida monitor ekrani shartli ravishda alohida belgi o‘rinlariga (ko‘pincha
80 ta belgili 25 ta satrga) bo‘linadi. Har bir o‘ringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. 
Bu belgilar qatoriga katta va kichik lotin alifbosi harflari, raqamlar, tinish belgilari, 
psevdografik ramzlar va boshqalar kiradi. 
Grafik holat ekranga grafiklar, rasmlar va boshqalarni chiqarishga mo‘ljallangan. Bu 
holatda axborotlarni turli yozuvli matnlar shaklida ham chiqishi mumkin. Yozuvlar 
ixtiyoriy shrift, o‘lcham, interval va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin. 
So‘nggi paytlarda kerakli sifatga ega bo‘lgan tasvirni hosil qilish imkonini beruvchi 
suyuq kristalli (LCD) monitorlari qo‘llanilmoqda. 
Klaviatura
foydalanuvchi tomonidan ma‘lumotlarni va boshqaruv 
buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy
ko‘rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq 
qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə