Zamonaviy axborot texnologiyalari


 - rasm. Ignaning xarakati



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

10 - rasm.
Ignaning xarakati 


20 
burilish yasaydi.
12 - rasm. Siyohli printerlar 
Bu esa ularning o`tkazish qobiliyatini yana bir pog`onaga (dyumda 600-1440 ta 
nuqtagacha) ko`tarish imkonini 
berdi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda purkagichli printerlar 
millimetrga 50 tagacha nuqtali o`tkazish qobiliyatini va sekundiga 500 tagacha belgini bosish 
tezligini ta`minlaydi va bunda bosish sifati o`ta yuqori bo`ladi. 
Purkagichli printerlar yozuvchi kallakda katta miqdordagi soplolarni ishlatib, 
rangli 
bosishni 
ham bajaradi, lekin bunda o`tkazish qobiliyati oq-qoraga nisbatan taxminan ikki 
marta kamayadi (lekin Epson firmasi o`tkazish qobiliyati 400 dpi bo`lgan, rangli bosish 
tezligi sekundiga A4 o`lchamli 4 betni tashkil etgan noyob rangli purkagichli Stylus 600 
printerini yaratgan). Rangli tasvirni yaratish uchun odatda, poligrafiyada qabul qilingan 
SMYK rangli sxema ishlatilib, u o`z ichiga to`rtta bazaviy (asosiy) rangni oladi: Syan - havo 
rang, Megenta - to`q qizil rang, Yellow - sariq rang, Key - yetakchi (qora rang). Murakkab 
ranglar bazaviy ranglarni aralashtirib hosil qilinadi. Bosish sifati juda ajoyibdir - to`liq rangli 
plakat deyarli bosmaxonanikidan farq qilmaydi. 
Purkagichli printerlarning asosiy afzalliklari: 
yuqori bosish sifati, katta miqdorli soploli printerlar uchun bosish sifati lazerli printer bilan 
taqqoslasa bo`ladi; 
xomaki bosish rejimida yuqori tezlik; 
oddiy, albatta, yaxshi zichlikdagi qog`ozni ishlatish, siyoh yoyilib ketmasligi uchun; 
shovqinsiz ishlashi. 
Purkagichli printerlarning asosiy kamchiliklari: 
soplo ichida siyohning qurib qolish xavfi, bu ba`zida bosuvchi kallakni almashtirish 
zarurligiga olib keladi; 
sarflanadigan materiallarning nisbatan yuqori narxdaligi, xususan, siyoh uchun balonchaning, 
ayniqsa, agar u bosuvchi kallak bilan birlashtirilgan va birgalikda almashtirilsa (bunday 
tuzilish keng tarqalgan). 
Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta`minlaydi. U 
ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko`chiruvchi kseroksga yaqin, bunda faqat bosuvchi baraban 
kompyuter komandasi yordamida elektrlanadi. Bo`yoq donachalari zarblanib barabanga 
yopishadi va tasvir hosil bo`ladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 sekunddan 15 sekundgacha. 
Rasm uchun ko`proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda 
minutiga 15-40 betgacha chop etadigan purkagichli printerlar bor.
13 - rasm. Lazerli printerlar 
Lazerli
 
printerlarda tasvirni shakllantirishning elektrografik usuli ishlatilib, bu usul shu 
nomdagi nusxa ko`chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazerli printer o`ta ingichka yorug`lik 
nurini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur oldindan tayyorlab qo`yilgan yorug`likka sezgir 
baraban sirtida ko`rinmaydigan nuqtali elektron tasvir konturini chizadi. Elektr zaryad lazer 


21 
nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Elektron tasvir tushgandan 
keyin razryadlangan maydonlarga yopishib qolgan bo`yoq (toner) kukuni bilan bosish 
bajariladi. Toner barabandan qog`ozga olib o`tiladi va tasvirni qog`ozda tonerni qizdirib, u 
erib ketguncha qotiriladi. 
Lazerli printerlar millimetrda 50 tagacha nuqtalarni va sekundiga 1000 tagacha 
belgilarni bosuvchi tezlikni ta`minlaydigan o`tkazish qobililiyatli eng yuqori sifatli bosishni 
ta`minlaydi. Rangli lazerli printerlar ko`p ishlatiladi. Masalan, tektonik (AQSH) firmasining 
Phaser 550 lazerli printeri gorizontal bo`yicha ham, vertikal bo`yicha ham millimetrda 48 
nuqtali o`tkazish qobiliyatiga ega. Rangli bosish tezligi minutiga A4 o`lchamli 5 bet, 
monoxromli bosish tezligi - minutiga 14 bet. 
Printerlarning 1000 taga yaqin turli xil modifikatsiyalari bor. Printerlar o`zaro 
quyidagi tavsiflar bo`yicha farqlanadi: 
rangliligi (oq-qora va rangli); 
belgilarni shakllantirish usuli (belgilarni bosuvchi va belgilarni sintezlovchi); 
ish tamoyili (matritsali, siyohli va purkagichli, lazerli); 
bosish (zarbli va zarbsiz) va satrlarni shakllantirish (ketma-ket va parallel) usullari; 
karetka kengligi (375 - 450 mmli keng va 250 mmli tor karetkali); 
bosish satri uzunligi (80 ta va 132-136 ta belgi); 
belgilarni terish (ASCII belgilarini to`liq terishgacha); 
bosish tezligi; 
o`tkazish qobiliyati. 
Printerlarni bir nechta turlariga ajratish mumkin: SHKda keng ishlatiladigan belgilarni 
sintezlovchi matritsali printerlar ish tamoyili bo`yicha zarbli, termografikli, elektrografikli, 
elektrostatik, magnitografikli bo`lishi mumkin.
Zarbli printerlar orasida ignali (matritsali) lar eng ko`p tarqalgan, lekin hali ham literli, 
shar ko`rinishli, gulbargli (moychechak) uchrab turadi. Printerlarda bosish belgi bo`yicha, satr 
va sahifa bo`yicha bo`lishi mumkin. Bosish tezligi sekundiga 10-300 ta ishoradan (zarbli 
printerlar) sekundiga 500-1000 tagacha va hattoki sekundiga bir necha o`nlab (20 tagacha) 
sahifalargacha oraliqda; o`tkazish qobiliyati millimetrda 3-5 nuqtadan millimetrda 30-40 
nuqtagacha bo`ladi. Matnli bosish uchun umumiy holda turlicha bosish sifati bilan 
tavsiflanuvchi quyidagi rejimlar bor: 
- xomaki bosish rejimi (Draft); 
- bosmaxonanikiga yaqin bosish rejimi (NLQ - Near Letter Quality); 
- bosmaxonaniki kabi bosish rejimi (LQ - Letter Quality); 
- yuqori sifatli bosish rejimi (ALQ - Super Letter Quality). 
Printerlar, odatda, ikki rejimda - matnli da grafikli rejimlarda ishlashi mumkin. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə