Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

 Ketma-ket portlar
(
2
 
dona) RS 232S (S2 birikish joyi) tipidagi adapterlar orqali 
ketma-ket ishlaydigan (ma`lumotni ketma-ket 1 bitdan qabul qiladigan) printerlarni ulash 
uchun xizmat qiladi. Ko`pchilik tez ishlovchi printerlar parallel portlarni ishlatadi. 
Tezkor printerlar shaxsiy 
buferli xotiraga e
ga bo`ladi, ular SHK bilan ma`lumotlarni 
almashishda ham, yuklanadigan shriftlarni saqlash uchun ham ishlatiladi. Matritsali 
printerlarning xotirasi katta emas - bir necha yuzlab kilobaytlargacha, purkagichli printerlarda 
bir necha megabaytlargacha va lazerli printerlarda bir necha o`nlab megabaytlargacha bo`ladi. 
Xulosa qilib shuni ta`kidlash kerakki, SHKlarning eng ommaviy printerlarini Seiko Epson 
(Yaponiya) firmasi (ularning ulushi kamida 30% ni tashkil etadi) ishlab chiqaradi. Hattoki 
IBM PC printerlarining standarti - Epson standarti mavjud. Star, Mannesmann, Sitizen, 
Panasonic, Canon, Hp, LazerJet va boshqa turlari ham keng ishlatiladi. 
Printerni tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak deb o`ylamiz: 
funksional imkoniyatlar to`plami, ular bo`yicha printerni aniq masalani yechish uchun 
qo`llanishligini baholash mumkin (bosilgan hujjatlar o`lchamlari, bajariladigan ishlar hajmi, 
ruslashtirilganligi, kerakli shriftlarning borligi va boshqalar.); 
rangli tasvirni shakllantirish imkoniyati; 
tasvir sifati (o`tkazish qobiliyati); 
ishlash ishonchliligi va qulayligi, servis; 
tashuvchi, sarflanadigan materiallar, qurilmaga xizmat ko`rsatish, elektroenergiyani iste`mol 
qilish narxlarini o`z ichiga olgan eksplatasiya xarajatlari; 
printer narxi. 
Kompyuterning imkoniyatlari kundan kunga o`sib borayotgani sir emas. Disk - 
axborotlarni ko`chirish, saqlash, tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma; Disklarning 
ikki turi keng tarqalgan. 
- Egiluvchan magnitli disklar (yumshoq disk - Floppy Disk Drive) 
- qattiq magnitli disk (Hard Disk Drive) 
Yumshoq disklar (Floppy Disk Drive) birinchi variant SHKlar uchun ishlatilgan va 
hozirgi kunda ularni deyarli uchratish qiyin. Yumshoq disklar disketa deb ham yuritiladi. U 
asosan 5,25 va 3,5 dyumli disketalarga bo`linadi.
5,25 dyumli
2
disketalarning hajmiga ko`ra 180, 360 Kbayt va 1.2, 2 Mbaytli hamda 
ishlatilish turiga DS/DD (Double Side/Double Density) kabi bo`ladi. Bu disketani qo`l 
yordamida bemalol egsa bo`ladi. Unda 133 mm aylanasimon disk bo`lib, to`rtburchak 
ko`rinishdagi palstmas himoyalagich bilan qoplangan. Bu himoyalagichning uch tirqishi 
bo`lib, aylana shaklidagi tirqish disk yurituvchiga moslashadi, yoy burchakli tirqishda esa 
ma`lumot o`quvchi pero joylashadi, kichkina to`rtburchakli tirqish ma`lumotni yozish va 
o`qish uchun ruxsat berish vazifasini bajaradi. Agar kichik tirqish qora rangli qog`oz bilan 
berkitilsa, diskdan faqat ma`lumotlarni o`qish mumkin.
Bu disketalarning hajmiga qarab har birining o`qish qurilmasi alohida bo`ladi. 3,5 
dyumli disketalar hajmiga ko`ra 0.72, 1.44, 2, 2.88 Mbaytli. Bu disketalar qattiq plastmas 
qobiq ichida joylashgan. Uni diskining diametri 89 mm.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə