Zamonaviy axborot texnologiyalari


dastur deyiladi.  Kompyuterlarning dasturiy ta‟minoti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

dastur
deyiladi. 
Kompyuterlarning dasturiy ta‟minoti 
Dasturiy ta‟minot 
(Software yoki qisqacha DT) - kompyuter bilan foydalanuvchi 
o‘rtasidagi muloqotni unumli tashkil etish uchun ishlatiladigan dasturlar to‘plamidir. 
Boshqacha qilib aytganda, dasturiy ta‘minot hisoblash tizimi tomonidan bajariladigan 
dasturlar to‘plamidir

Kompyuter xotirasida saqlanayotgan dasturlar to‘plami uning 
dasturiy 
ta’minotini
tashkil 
etadi. 
Kompyuterda ishlash uchun o‘rnatilib, tayyorlangan dasturlar to‘plami o‘rnatilgan 
dasturiy ta’minot
deyiladi. 
U yoki bu vaqt oralig'ida ishlatilayotgan dasturlar to‘plami 
dasturiy konfiguratsiya 
deyiladi. 
Dasturiy ta‘minotga, shuningdek, uni loyihalash va yaratish bilan bog'liq quyidagi 
soha ham kiradi: 

Dasturlarni loyihalash texnologiyalari (masalan, strukturali dasturlash yoki 
ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash); 

Dasturlarni testlash metodlari; 

Dasturlarning to‘g'riligini isbotlash metodlari; 

Dastur ishining sifatini tahlil qilish; 

Dastur uchun yo‘riqnoma hujjatlarini rasmiylashtirish;

Dasturiy ta‘minotni loyihalash jarayonini osonlashtiruvchi dasturiy vositalar yaratish va 
ulardan foydalanish. 
Dasturiy ta’minot
- kompyuterning ajralmas qismidir. U kompyuter texnik 
qurilmalarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Muayyan kompyuterni qo‘llash ko‘lami uning 
uchun yaratilgan dasturiy ta‘minot bilan belgilanadi. O‘z-o‘zidan kompyuter muayyan sohaga 
oid masalani yechish bo‘yicha bilimlarni o‘zida mujassamlashtirmaydi. Ushbu bilimlarni 
shakllantrish va ulardan foydalanish uchun dasturiy ta‘minot zarur. 
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta‘minoti millionlab dasturlarni - o‘yinlardan 
tortib to murakkab ilmiy masalalarni yechish dasturlarini o‘z ichiga oladi. 


24 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə