Zamonaviy axborot texnologiyalari


Dasturiy ta‟minot tasnifi



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Dasturiy ta‟minot tasnifi 
Kompyuterda ishlatiladigan barcha dasturlarni, ya‘ni dasturiy ta‘minotni shartli 
ravishda 
uchta toifaga
ajratish mumkin: 
1.
 
Kompyuter resurslarini (xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari kabi) boshqarish, 
saqlanayotgan axborotlardan nusxa olish, kompyuter qurilmalari ishini nazorat qilish, 
foydalanuvchiga turli xil uzilishlar haqida ogohlantirishlar berish kabi turli funksiyalarni 
bajaruvchi 
tizimli dasturlar;
2.
 
Yangi ma‘lumotlar, hujjatlar, dasturlar yaratish, shuningdek, ma‘lumotlar bazalarini 
boshqarish imkonini beruvchi 
uskunaviy dasturlar;
3.
 
Bevosita foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan amaliy masalalarni yechishni 
ta‘minlovchi amaliy dasturlar. 
14-rasm.Dasturiy ta‘minot tuzilmasi 
15-rasm.Dasturiy ta‘minot konfiguratsiya pog‘onalari
Hisoblash texnikasining shiddat bilan rivojlanishi va uning qo‘llanilish sohasining 
kengayishi dasturiy ta‘minot evolyutsiyasi jarayonini keskin tezlashtirdi. Bu holat dasturiy 
ta‘minotni tasniflashda, albatta, inobatga olinishi kerak. 
Agar avvallari dasturiy ta‘minotning asosiy toifalari - operatsion tizimlar
translyatorlar, amaliy dasturlar paketi sanoqli darajada bo‘lgan bo‘lsa, endilikda vaziyat 
tamomila boshqacha tus olgan. 
Kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi 
Quyi pog'onada kiritish-chiqarish amallarini bajarilishini ta‘minlovchi bazaviy tizim 
(
BIOS
). Ularning kodlari kompyuter mikrosxemasida qat‘iy ravishda yozib quyilgan bo‘lib, 
ular domiy ravishda saqlanadilar. Kompyuterga kuchlanish berilgach, ushbu dasturlar 
kompyuter qurilmalarini tekshirib oladilar va klaviatura hamda monitor qurilmalari ishini 
muvofiqlashtirib turadilar. Klaviaturada qaysi klavisha bosilsa, unga mos belgi monitor 
ekranida tasvirlanishi ta‘minlanadi. Foydalanuvchi ushbu dasturlar bilan o‘zaro munosabatda 


25 
bo‘lishi deyarli cheklangan. Faqat kompyuter ishining dastlabki soniyalarida foydalanuvchi 
ularni kuzatishi mumkin. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə