Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

 
OPERATSION TIZIMLARI 
 
Kompyuterdan foydalanuvchilar o‗z masalalarini to‗liq hal qilishlari uchun 
kompyuterdan ko‗proq imkoniyat talab qiladilar va bu muammoni hal qilish uchun, odatda, 
turli dasturlar yoki ularning majmuasidan foydalanadilar. Har qanday kompyuter o‗zidan-o‗zi 
ish holatiga kelmaydi. Uni ish holatiga keltirish va qurilmalarni boshqarish uchun maxsus 
dasturiy ta‘minot yoki, boshqacha qilib ayitganda
operatsion sistema
lozim. 
Demak, kompyuter ishga tushurilgach, uning qurilmalari bilan bir vaqtda maxsus 
dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o‗rtasidagi muloqotni 
ta‘minlaydi. Shuningdek, operatsion sistema kompyuterning barcha qurilmalarini boshqarish 
imkonini beradi. 
Operatsion sistema quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
Vinchester yoki disketalardan tanlangan dasturni tezkor xotiraga yuklaydi va bajarilishini 
ta‘minlaydi. Dastur bajarilgach, tezkor xotirani ―tozalaydi‖. Navbatdagi tanlangan dastur 
bilan ham shu ishlarni amalga oshiradi. 
Axborotlarni vinchesterdan diskka yoki aksincha, diskdan diskka ko‗chirish kabi turli servis 
xizmatlarni amalga oshiradi. 
Shuni aytib o‗tish lozimki, kompyuterlarning texnik holatiga ko‗ra, ulardagi operatsion 
sistemalar turlicha bo‗ladi, ammo ularning asosiy vazifasi yagonadir. Bu - ichki va tashqi 
qurilmalarning birgalikda mutanosib ishlashini ta‘minlashdan iborat. 
Kompyuterning ―dasturli ta‘minot‖, ―texnik ta‘minot‖ va ―operatsion sistema‖lari
orasida uzviy bog‗liqlik mavjudligini darslikda korib o‗tilgan. 
Operatsion sistema bajaradigan vazifasidan qat‘iy nazar ishonchlilik, himoyalash, 
samaradorlik va qulaylik kabi sifatlarga ega bo‗lshi zarurdir. 
Operatsion sistema ishlab chiqarilish tarixi bilan qisqacha tanishtiramiz. Dastlabki 
―operatsion sistema‖ 1940 yilning oxirlarida ishlab chiqarildi. U axborotni xotiraga kiritish 
va xotiradan o‗qish uchun oddiy amallar yig‗indisi sifatida tashkil etildi. Keyinchalik, ya‘ni, 
50-yillarning o‗rtalarida, ―operatsion sistema‖ 
dasturchilar ishlab chiqargan dasturlarni 
jamlash va resurslarga taqsimlash 
uchun xizmat qilgan bo‗lsa, 60- yillarning 
boshlarida 
vaqtni dasturlarga ketma-ket taqsimlashga
asoslangan dastlabki ―operatsion 
sistemalar‖ paydo bo‗ldi. Bu holda bitta kompyuterdan bir vaqtda bir necha kishi foydalanish 
imkoniyatini berdi. Bunday tizimlarda markaziy protsessor foydalanuvchilarda protsessorda 
faqat ularning dasturlari bajarilayotgandek tasavvur paydo qilib, boshqarish bir dasturdan 
ikkinchisiga tezlik bilan o‗ta oladigan darajaga yetkazildi. Shu kabi tizimlarni yaratish 
chog‗ida protsessor ishida vaqtning bolinishi, ko‗plab foydalanuvchilar dasturlari o‗rtasida 
xotira va boshqa turli resurslarni taqsimlash bilan aloqador muammolar yuzaga chiqdi. Bu 
mammolarni hal etish parallel jarayonlarni bir maromda amalga oshirishni ham qo‗shilgan 


30 
tarzdagi virtual xotira, axborotlarni kiritish va chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan qator muhim 
yangiliklarga olib keldi. 
Hozirgi kunda turli xil operatsion sistemalar mavjud. Siz darslikdan MS DOS 
operatsion sistemasi va uning asosiy qismlari hamda WINDOWS operatsion sistemasi haqida 
ma‘lumot oldingiz. 
IBM firmasi va MICROSOFT (Pol Allen va Bill Geyts) firmasi kompyuterlarida 1981 
yildan boshlab MS-DOS operatsion sistemasi qo‗llanilib kelinmoqda. MS-DOS operatsion 
sistemasini takomillashtirib borib 1995 yilgacha MS-DOS 1.0 dan to MS-DOS 6.22 gacha 
bo‗lgan avlod (versiya)lari yaratildi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida 
amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan Norton Commander qobiq dasturi yaratildi. Bu 
qobiq dasturdan MS-DOS operatsion sistemasi asosida ishlaydigan juda ko‗p kompyuterlarda 
foydalanib kelindi. Operatsion sistemalarning turi ko‗p bo‗lib, quyidagilarni misol qilish 
mumkin: CP/M, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, LINUX, WARP, WINDOWS, UNIX, 
MACHINTOSH. 
Operatsion sistemaning bir nechta turlari mavjud bo‗lib, ular jumlasiga quyidagilar 
kiradi: 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə