Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

paket” rejimi – 
bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema ya‘ni bir yoki bir necha 
foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajaruvchi sistema. Masalalar majmuasi 
kompyuterga kiritilgandan so‘ng foydalanuvchi bilan uning masalasi o‘rtasida muloqot qilish 
ta‘qiqlangan. Bunday OC bir dasturli yoki ko‘p dasturli rejimlarda ishlashi mumkin.
Vaqtni taqsimlash – 
bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchiga xizmat qilish mumkin va 
foydalanuvchiga o‘z masalasi bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bir vaqtda ishlash 
effektiga, protsessor vaqti va boshqa resurslarni turli foydalanuvchilar tomonidan berilgan 
hisoblash jarayonlariga taqsimlash bilan erishiladi. OC kompyuterga kiritilayotgan 


32 
topshiriqlar uchun navbat tashkil qiladi va har biriga navbat asosida protsessordan foydalanish 
vaqtini aniqlaydi. Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng OC uni navbatning oxiriga olib 
borib qo‘yadi va ikkinchi masalaga xizmat qiladi va x.k. har bir masalaga xizmat qilish vaqti 
parametrlarida aniqlanadi. Professional dasturchi tashkil qilish jarayonida bu vaqt birligini 
o‘zgartirishi mumkin. 
Real vaqt – 
sistema berilgan real vaqt oralig‘ida topshiriqning bajarilishini ta‘minlaydi. 
Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt o‘tishiga hamohang bo‘lishi kerak. 
Kompyuter bunday OC bilan odatda, bir dasturli rejimda ishlaydi. 
Muloqot operatsion sistemasi – 
yakka foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan bo‘lib 
ko‘mpyuter bilan muloqotning qulay ko‘rinishini ta‘minlaydi. OC, odatda, bir dasturli rejimda 
ishlaydi. 
 
Savol va topshiriqlar 
1.
 
Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy- mantiqiy asoslari nimadan iborat? 
2.
 
2.Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi usullarini
tushuntirib bering/ 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə