Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

«Dixit Algorizmi»,
ya‘ni «Al-Xorazmiy aytdi» iborasi bilan boshlanadi. Bundan 
keyin Xorazmiy to‘qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular 
yordamida har qanday sonni ham qisqa qilib va osonlik bilan yozish mumkinligini aytadi. 
Asarning lotincha qo‘lyozmasida hind raqamlari ko‘pincha yozilmay, ularning o‘rni bo‘sh 


34 
qoldirilgan yoki ahyon- ahyonda 1, 2, 3, 4, 5 sonlarga moye keladigan hind raqamlari 
yozilgan. Ko‘pincha esa hind raqamlari o‘sha davrda Yevropada keng tarqalgan rim raqamlari 
bilan almashtirilgan. 
Xorazmiy hind raqamlari asosida o‘nlik pozitsion sistemada sonlarning yozilishini 
batafsil bayon qiladi. U sonlarning bunday yozilishidagi qulayliklar, ayniqsa, nol 
ishlatilishining ahamiyatini alohida ta‘kidlaydi. Keyin Xorazmiy arifmetik amallarni bayon 
qilishga o‘tadi. Bunda Xorazmiy sonlarning martabalarini, ya‘ni razryadlarini e‘tiborga 
olishni hamda nolni yozishni unutmaslikni uqtiradi, aks holda natija xato chiqadi, deydi u. 
Risolaning boshlanishida Xorazmiy undagi masalalar o‘z davrining amaliy talablariga 
javob sifatida vujudga kelganligini qayd qiladi. 
U shunday deydi: «...Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga 
oluvchi «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»ni ta‘lif qildim, chunki meros 
taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har 
qanday bitimlarda va shuningdek, yer o‘lchash, kanallar o‘tkazishda, (amaliy) geometriya va 
boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir». 
Xorazmiyning arifmetik risolasi XII asrdayoq Ispaniyada seviliyalik 
Ioann
tomonidan 
qayta ishlangan. Keyinchalik to yangi davrgacha Yevropa olimlari Xorazmiy risolasiga qayta- 
qayta murojaat qilib, u asosida darsliklar yozganlar. Bu qayta ishlangan nusxalar va 
darsliklarning nomida «Algorizm kitobi» degan ibora bo‘lgan. 
Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion sanoq 
sistemasining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. 
Yevropaga hind raqamlari arablar orqali o‘tganligi uchun ular «arab raqamlari» deb ataladi va 
hozir ham shunday deb atalib kelinmoqda. Yevropaliklar uzoq vaqggacha hind raqamlariga 
asoslangan hisob tizimini «algorizmi» deb atab keddilar. 
Faqat XVI asr o‘rtalaridagina bu nom «arifmetika» iborasi bilan almashtiriladi. Shundan 
keyin to hozirgi kungacha «algorizm» yoki «algoritm» deganda har qanday muntazam 
hisoblash jarayoni tushuniladigan bo‘ldi. Bu ibora bilan al-Xorazmiyning nomi fanga abadiy 
kirib qoldi. 
Xorazmiyning algebraik risolasining to‘liq nomi — «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-
jabr va al-muqobala». Risolaning nomidagi «al-jabr» va «al-muqobala» so‘zlari «to‘ldirish» 
va «ro‘para qo‘yish» — o‘rta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi. «Al-jabr» so‘zi 
lotincha transkripsiyada «algebra» bo‘lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo‘lib 
qoldi. Xorazmiyning algebraik risolasi uch qismdan iborat: 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə