Zamonaviy axborot texnologiyalari


(oddiy  harakatlarni) bajaradi  Voz kechishlar



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

 
(oddiy 
harakatlarni) bajaradi 
Voz kechishlar
 
ijrochiga berilgan buyruqning bajarish sharti to‘g'ri 
kelmaganida yuzaga keladi. 
Ijrochi buyruqlarni bajarish jarayonida oddiy xarakatlarni bajaradi. 
Odatda ijrochiga algoritmning maqsadi ma‘lum bo‘lmaydi. Shuning uchun ijrochi ―nimaga?‖ 
va ―nima uchun?‖ kabi savollarni bermaydi. 
Informatikada algoritmning universal ijrochisi 
kompyuterdir.
Algopitmning xossalari 
Algoritmlarning asosiy xossalari quyidagilardan iborat: 
OTushunarlilik. Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni aniq 
bilishi kerak. 
©Diskretlik. Algopitm ijrochisi masalani yechish jarayonini alohida va sodda qadamlar 
ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak. 
©Aniqlik. Algoritmning har biri qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir ma‘noli 
bo'lishi kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini mexanik 
bajarish imkoniyatiga ega bo'ladi. 
©Natijaviylik. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritmning ijrosi 
oxir-oqibat ma‘lum bir yechimga kelishi kerak. 
OOmmaviylik. Masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun yaratiladi, ya‘ni 
faqatgina boshlangich qiymatlari bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar sinfi uchun tuziladi. 
Bunda boshlangich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul qilishi mumkin bo'lgan sohadan 
olinadi. 
Algoritmlarni tasvirlash usullari 
Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullari quyidagilar: 

 
so‘zlar yordamida (og'zaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar); 

 
grafik usulda (grafik simvollar yoki blok-sxemalar yordamida); 

 
dastur ko‘rinishida (dasturlash tillariga oid xizmatchi so‘zlar, operator va funksiyalar 
yordamida). 
Algoritmlarni so‟zlar yordamida tasvirlash 
Algoritmlarni 
so‘zlar yordamida
 
tasvirlashda bajariladigan buyruqlar va ko‘rsatmalar 
ketma-ket og'zaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar orqali yoziladi. 
Misol tariqasida ikki natural sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini aniqlash 
masalasini ko‘rib chiqaylik. Ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisi deb, ushbu sonlar 
bo‘linishi mumkin bo‘lgan eng katta umumiy songa aytiladi. Masalan, 12 va 18 sonlarining 
quyidagi sonlarga bo‘linadilar: 2, 3, 6. Bularning ichida eng katta umumiy bo‘luvchi 6 ga 
teng. Ya‘ni, EKUB(12,18)= 6. Ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini topish algoritmi 
yunon olimi Yevklid tomonidan tuzilgan va ushbu algoritmning so‘zlar bilan tasvirlanishi 
quyida keltirilgan: 
1.
Ikkita sonni kiriting; 
2.
Agarda bu sonlar o‘zaro teng bo‘lmasa, u holda 3-ko‘rsatmaga o‘ting, aks holda ulardan 
birini javob sifatida oling va ishni to‘xtating; 
3.
Ikkita son ichida kattasini aniqlang; 
4.
Katta sonni katta va kichik sonlarning ayirmasi bilan almashtiring
5.
Algoritmni 2-qadamdan boshlab qaytaring. 
Keltirilgan algoritmni har kanday natural sonlarning EKUBini topish uchun ishlatish 
mumkin. 
Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlashning bir qancha kamchiliklari mavjud bo‘lib, 
aksariyat xollarda algoritmlarni tasvirlashda bu usuldan foydalanilmaydi. 


36 
Algoritmlarni 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə