40
Ob‘ektning matematik modelini tuzish, uni EHM da bajariladigan hisoblashlar asosida
tahlil qilish - hisoblash tajribasi deyiladi. Hisoblash tajribasining umumiy sxemasi quyidagi
bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
1.
Masalaning qo‗yilishi va tahlil.
2.
Masalaning matematik modelini yaratish.
3.
Hisoblash algoritmini qurish.
4.
Dasturiy ta‘minot yaratish va uni EHM ga tatbiq etish.
5.
EHM da olingan natijalarni tahlil qilish.
Birinchi bosqichda masalaning aniq qo‗yilishi, berilgan va izlanuvchi miqdorlar,
ob‘ektning matematik modelini tuzish uchun ishlatish lozim bo‗lgan boshqa hususiyatlari
tasvirlanadi.
Ikkinchi bosqichda fizik, mexanik, kimyoviy va boshqa qonuniyatlar asosida
matematik modelb tuziladi. U asosan algebraik, differensial, integral, integro- differensial va
boshka turdagi tenglamalardan iborat bo‗ladi. Ulami tuzishda o‗rganilayotgan jarayonga ta‘sir
ko‗rsatuvchi omillarning barchasini bir vaqtning o‗zida hisobga olib bo‗lmaydi, chunki,
matematik modelb juda murakkablashib ketadi. SHuning uchun, modelb tuzishda
qaralayotgan jarayonga eng kuchli ta‘sir etuvchi asosiy omillargina hisobga olinadi.
Masalaning matematik modeli yaratilgandan so‗ng, uni Yechish usuli izlana
boshlanadi, ya‘ni, mos tenglamalar echilishi va kerakli ko‗rsatkichlar aniqlanishi lozim.
Ayrim hollarda masalaning qo‗yilishidan keyin to‗g‗ridan-to‗g‗ri, masalani Yechish usuliga
ham o‗tish kerak bo‗ladi. Bunday masalalar oshkor ko‗rinishdagi matematik model bilan
ifodalanmasligi mumkin. Bu bosqich masalalarni EXMda Yechishning uchinchi bosqichini
tashkil qiladi.
Navbatdagi bosqichda, ya‘ni, to‗rtinchi bosqichda, masalani EHM dan foydalanib
Yechish uchun uning Yechish algoritmi ishlab chiqiladi, hamda shu algoritm asosida biror-bir
zamonaviy algoritmik tilda EXM da ishlatish uchun dastur tuziladi. Dastur ma‘lum talablar
asosida tuziladi. Masalan, u umumiylik xususiyatiga ega bo‗lishi kerak, ya‘ni, matematik
modelda ifodalangan masala parametrlarining etarlicha katta sohada o‗zgaruvchi qiymatlarida
dastur ishonchli natija berishi kerak. U bir necha mustaqil qismlar (proseduralar) dan iborat
bo‗lishi mumkin.
Nihoyat masalani Yechishning yakunlovchi beshinchi bosqichida yaratilgan dastur
EXMga kiritiladi va sozlanadi xamda olingan natijalar chuqur taqlil qilinib, baxolanadi.
Natijalarni tahlil kilish, zarur bo‗lgan xollarda algoritmni, Yechish usulini va modelni
aniqlashtirishga yordam beradi, xattoki masalani noto‗g‗ri qo‗yilganligini xam baxolab
berishi mumkin.
SHunday qilib, biz masalalarni EXM lar yordamida Yechish bosqichlari bilan tanishib
chikdik. SHuni ta‘kidlash lozimki, xar doim xam bu bosqichlar bir-biridan yaqqol ajralgan
xolda bo‗lmasdan, bir-biriga ko‗shilib ketgan bo‗lishi xam mumkin.
Dostları ilə paylaş: