Zamonaviy axborot texnologiyalari


NORTON COMMANDER, VOLKOV COMMANDER, WINDOWS



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

NORTON COMMANDER, VOLKOV COMMANDER, WINDOWS 
COMMANDER
dasturiy qobiqlarini ko‘plab foydalanuvchilar ishlatib kelmoqdalar
.
1990 yilda Piter Norton tomonidan ishlab chiqilgan NORTON COMMANDER 
dasturiy qobig'idan so‘ng operatsion tizimlar bilan ishlash osonlashtirildi. Foydalanuvchilar 
dasturiy qobiq bo‘yicha har bir buyruq uchun biriktirilgan funksional klavishalar vazifalarini 
bilsalar, operatsion tizim buyruqlari bo‘yicha bajariladigan vazifalarini oson boshqarishlari 
mumkin. 


28 
Translator, kompilyator i interpretator 
Translyator
(inglizcha 
translator
— tarjimon) — tarjimon dastur. U yuqori darajadagi 
dasturlash tillaridan birida yozilgan dasturni mashina tiliga tarjima qiladi. 
Translyatorlar kompilyatorlar va interpretatorlar ko‘rinishida ishlab chiqiladilar. 
Ishlash nuqtai-nazaridan kompilyatorlar va interpretatorlar bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar 
Kompilyator
(inglizcha. 
compiler
— tuzuvchi, yig'uvchi) yuqori darajadagi tilda 
yozilgan dastur matnini to‘liq o‘qib, uni mashina tiliga tarjima qiladi. Tarjima qilingan 
mashina tilidagi dastur keyin kompyuter tomonidan bajariladi. Agar yuqori darajali tilda 
yozilgan dastur matnida xatoliklar bo‘lsa, kompilyator bu haqda foydalanuvchiga tegishli 
ma‘lumotlar beradi, mashina tilidagi dastur bajarilmaydi. 
Interpretator
(inglizcha 
interpreter
talqin qiluvchi, ogzaki tarjimon) yuqori 
darajali dasturlash tilida yozilgan dasturdagi har bir satrni alohida tahlil qilib, uni bajaradi. 
Agar satrda xatolik bo‘lsa, bu haqda ogohlantiruvchi ma‘lumot berilib, satr bajarilishi 
to‘xtatiladi. Agar xatolik bo‘lmasa, u mashina tiliga tarjima qilinib, bajariladi va keyingi satr 
tahlil qilinadi. Shu tariqa dastur satrlari ketma-ket tahlil qilinib, bajariladi. 
Yuqori darajadagi dasturlash tilida tuzilgan dastur kompilyatsiya kilingach, 
boshlang'ich dastur matni va kompilyatorning o‘zi kerak bo‘lmaydi. Interpretator esa har gal 
dastur bajarilishida uning satrlarini ketma-ket tarjima qilishi uchun ishlatiladi. 
Kompilyatsiya qilingan dasturlar tezroq ishlaydi, lekin interpretatsiya qilingan 
dasturni sozlash va o‘zgartirish oson. 
Har bir muayyan dasturlash tili yoki kompilyatsiya yoki interpretatsiyaga 
yo‘naltirilgan. Masalan, 
Paskal
tili murakkab masalalar yechishda tezlik nuqtai-nazaridan 
ishlatiladi. Shuning uchun ushbu til kompilyator ko‘rinishida ishlab chiqilgan. 
Boshqa tomondan 
Beysik
dasturlash tili boshlvchi dasturchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, 
ular dastur har bir satri bajarilishini kuzatishlari va tahrirlashlariga imkon yaratadi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə