Zamonaviy axborot texnologiyalari


Shaxsiy kompyuter qo`shimcha qurilmalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

 
Shaxsiy kompyuter qo`shimcha qurilmalari 
SHKning imkoniyatini oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular 
SHKning qo`shimcha qurilmalari deb nomlandi. Ular qatoriga: 
Printer - kompyuterdagi ma`lumotlarni qog`ozga chop qilish qurilmasi; 
Disk (axborot tashuvchi qurilma) - axborotlarni ko`chirish, saqlash, tarqatish va tashish 
uchun ishlatiladigan qurilma; 
Plotter - chizmalarni qog`ozga chiqaruvchi qurilma; 
Skaner - kompyuterga matnli yoki tasvirli ma`lumotni kirituvchi qurilma.
Tarmoq adapteri - kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma;
Audio-video adapter - kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini va turli video roliklarni 


19 
ko`rishni ta`minlovchi qurilma; 
Modem - telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma`lumot almashuvini ta`minlovchi 
qurilma; 
Multimedia - Kompyuter yordamida tovushli va rolikli multi-kinolarni ko`rish imkoniyatini 
yaratib beruvchi qurilma;
Strimer

kompyuterning vinchesteridagi ma`lumotlarni nusxasini zaxiraga olish uchun 
mo`ljallangan qurilma. 
Printer - kompyuter xotirasidagi axborotlarni (matnli va rasmli)
qog`ozga bosish uchun foydalaniladi. Printerlar ishlash 
tamoyillariga ko`ra matritsali, siyohli va purkagichli, lazerli printer 
turlarga bo`linadi. 
Ignali printerlar - keng tarqalgan printerlar turi bo`lib, hozirgi kunda 
deyarli ishlatilmaydi. Respublikamizda ularni faqat temir yo`l, aviya 
va bank kassalarida uchratish mumkin.
Bu printerning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning 
yozish boshchasida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Boshqacha yozuv satri bo`ylab 
harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo`yalgan lenta orqali qog`ozga uriladi va natijada 
qog`ozda belgi yoki tasvir hosil bo`ladi. 
Ignalar soniga qarab bu printerlar bir-necha turlarga bo`linadi: 9 ignali, 24 ignali, 48 
ignali. 
- 9 ignali printerda yozuv sifati pastroq. Sifatni oshirish uchun 2 yoki 4 yurishda bajarish 
kerak. 
- 24 ignali printer sifatli va tezroq ishlaydi. 
- 48 ignalisi yozuvni juda sifatli chiqaradi. 
11 - rasm. Ignali printerlar 
Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha vaqt ketadi. 
Ba`zan zarbli printerlar ham deyiladi. Ignali matritsali printerlardan tashqari matritsali 
termoprinterlar 
guruhi ham bor, ular bosuvchi ignali kallak o`rniga termomatritsali kallak 
bilan jihozlangan va bosishda termoqog`oz ishlatiladi 
Siyohli printerda tasvir qog`ozga maxsus qurilma orqali purkalayotgan siyoh 
tomchilaridan yuzaga keladi. Siyohli printer sifati purkagichli printerga yaqin narxi ham 
arzon. Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko`pchilik undan 
foydalanmoqda. Tezligi bir bet uchun 15 sekunddan 100 sekundgacha. Siyohli printerda 
bosuvchi kallakda ignalar o`rniga ingichka naychalar - soplolarga (konus naychalarga) ega, u 
orqali qog`ozga bo`yoq rangning (siyohning) mayda tomchilari purkaladi. Bu zarbsiz 
bosuvchi qurilmadir. Bosuvchi kallakning matritsasi odatda 12 tadan 64 tagacha soploga ega. 
Keyingi yillarda ularning mukammallashishida jiddiy rivojlanishga erishildi. Tasvirni 
shakllantirishda bosuvchi kallakning juda mayda soplolari yordamida qog`ozga siyoh 
tomchilarining yo`naltirilgan portlatishga o`xshash purkash - purkagichli bosishning 
«Pufakli» texnologiyasi 
deb ataluvchi usuli ishlatiladi.Purkash jarayoni texnikasi quyidagicha 
bo`ladi. Soplo devoriga elektrik qizdiruvchi element o`rnatilgan bo`lib, uning harorati elektr 
impulsi berilganda 5-10 ms ichida keskin ortadi. Qizdiruvchi element bilan kontaktda 
joylashgan siyohning hammasi bir zumda bug`lanadi, bu bosimning keskin oshishiga olib 
keladi, buning oqibatida siyoh soplodan qog`ozga otilib chiqadi. «Otilgandan» keyin siyohlari 
kondensatsiyalanadi, soploda pasaygan bosim maydoni hosil bo`ladi va unga siyohning yangi 
porsiyasi (ulushi) so`riladi. Bu yangi texnologiya purkagichli printerlar va plotterlar olamida 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə