Zamonaviy axborot texnologiyalari


Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

 
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
Matematik model xar xil vositalar yordamida berilishi mumkin. Bu vositalar fizik 
qonuniyatlar hamda funksional analiz elementlarini ishlatib differensial va integral 
tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va EXM dasturlarini yozishgacha bo‗lgan 
bosqichlarni o‗z ichiga oladi. Har xil bosqich yakuniy natijasiga ko‗ra o‗ziga xos ta‘sir 
ko‗rsatadi va ulardagi yo‗l qo‗yiladigan xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan ham 
belgilanadi. 
Бошлаш 
a,b 
c=b 

a>b да 
c=а 
Тугаш 
Бошлаш 
S=S+1/i


Тугаш 
S=0 
i=1,10,1 


40 
Ob‘ektning matematik modelini tuzish, uni EHM da bajariladigan hisoblashlar asosida 
tahlil qilish - hisoblash tajribasi deyiladi. Hisoblash tajribasining umumiy sxemasi quyidagi 
bosqichlar orqali amalga oshiriladi: 
1.
Masalaning qo‗yilishi va tahlil. 
2.
Masalaning matematik modelini yaratish. 
3.
Hisoblash algoritmini qurish. 
4.
Dasturiy ta‘minot yaratish va uni EHM ga tatbiq etish. 
5.
EHM da olingan natijalarni tahlil qilish. 
Birinchi bosqichda masalaning aniq qo‗yilishi, berilgan va izlanuvchi miqdorlar, 
ob‘ektning matematik modelini tuzish uchun ishlatish lozim bo‗lgan boshqa hususiyatlari 
tasvirlanadi. 
Ikkinchi bosqichda fizik, mexanik, kimyoviy va boshqa qonuniyatlar asosida 
matematik modelb tuziladi. U asosan algebraik, differensial, integral, integro- differensial va 
boshka turdagi tenglamalardan iborat bo‗ladi. Ulami tuzishda o‗rganilayotgan jarayonga ta‘sir 
ko‗rsatuvchi omillarning barchasini bir vaqtning o‗zida hisobga olib bo‗lmaydi, chunki, 
matematik modelb juda murakkablashib ketadi. SHuning uchun, modelb tuzishda 
qaralayotgan jarayonga eng kuchli ta‘sir etuvchi asosiy omillargina hisobga olinadi. 
Masalaning matematik modeli yaratilgandan so‗ng, uni Yechish usuli izlana 
boshlanadi, ya‘ni, mos tenglamalar echilishi va kerakli ko‗rsatkichlar aniqlanishi lozim. 
Ayrim hollarda masalaning qo‗yilishidan keyin to‗g‗ridan-to‗g‗ri, masalani Yechish usuliga 
ham o‗tish kerak bo‗ladi. Bunday masalalar oshkor ko‗rinishdagi matematik model bilan 
ifodalanmasligi mumkin. Bu bosqich masalalarni EXMda Yechishning uchinchi bosqichini 
tashkil qiladi. 
Navbatdagi bosqichda, ya‘ni, to‗rtinchi bosqichda, masalani EHM dan foydalanib 
Yechish uchun uning Yechish algoritmi ishlab chiqiladi, hamda shu algoritm asosida biror-bir 
zamonaviy algoritmik tilda EXM da ishlatish uchun dastur tuziladi. Dastur ma‘lum talablar 
asosida tuziladi. Masalan, u umumiylik xususiyatiga ega bo‗lishi kerak, ya‘ni, matematik 
modelda ifodalangan masala parametrlarining etarlicha katta sohada o‗zgaruvchi qiymatlarida 
dastur ishonchli natija berishi kerak. U bir necha mustaqil qismlar (proseduralar) dan iborat 
bo‗lishi mumkin. 
Nihoyat masalani Yechishning yakunlovchi beshinchi bosqichida yaratilgan dastur 
EXMga kiritiladi va sozlanadi xamda olingan natijalar chuqur taqlil qilinib, baxolanadi. 
Natijalarni tahlil kilish, zarur bo‗lgan xollarda algoritmni, Yechish usulini va modelni 
aniqlashtirishga yordam beradi, xattoki masalani noto‗g‗ri qo‗yilganligini xam baxolab 
berishi mumkin. 
SHunday qilib, biz masalalarni EXM lar yordamida Yechish bosqichlari bilan tanishib 
chikdik. SHuni ta‘kidlash lozimki, xar doim xam bu bosqichlar bir-biridan yaqqol ajralgan 
xolda bo‗lmasdan, bir-biriga ko‗shilib ketgan bo‗lishi xam mumkin. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə