grafik usulda
tasvirlashda har bir amal bir yoki bir nechta harakatni
ifodalovchi o‘zaro bog'liq funksional
bloklar
ketma-ketligi orqali tasvirlanadi.
Amallarni belgilanishi
Izoh
Oddiy harakat
Shart tekshirish
Sikl (takrorlanish) boshi
Yordamchi algoritmga murojaat
Ma‘lumotlarni kiritish va chiqarishning
umumiy ko‘rinishi
Algoritmning boshi va oxiri
Natijani bosmaga chiqarish
Algoritmlarni grafik usulda tasvirlash.
Algoritmning bunday tasvirlash usuli algoritm sxemasi yoki
blok-sxema
deb ataladi.
Blok-sxemada xar bir harakat turini (boshlang'ich qiymatlami
kiritish,
ifodalar qiymatlarini hisoblash, shartlarni tekshirish, amallarni takrorlashni boshqarish, qayta
ishlashni tugatish va x.k.) ma‘lum bir geometrik figura orqali ifodalanadi.
Blokli belgilar (geometrik figuralar) chiziqlar orqali bog'lanadi (bunda qaysi amal
oldin, qaysi biri keyin bajarilishi ko‘rsatiladi).
Quyidagi jadvalda blok-sxemada ishlatiladigan bloklar berilgan.
3.1-rasm. Blok-sxemada ishlatiladigan bloklar
v
‖
Oddiy xarakat”
belgisi orqali formulalar, hisob-kitob, o‘zlashtirish amallari
ifodalaniladi. Bir nechta amallarni alohida yoki bitta belgi orqali ifodalash mumkin.
v"Shart tekshirish" bloki orqali amallar bajarilish yo‘nalishi shart bajarilishi asosida
ko‘rsatiladi. Bunday blokning har birida savol, shart yoki munosabat ko‘rsatiladi.
v"Sikl" bloki amallarni takrorlash uchun ishlatiladi. Blok ichida siklning boshi va oxirini
ko‘rsatuvchi parametr (i), parametrning o‘zgarish qadami ko‘rsatiladi.
v"Yordamchi algoritmga murojaat" bloki alohida va mustaqil ishlovchi qism dastur va
yordamchi algoritmlarga murojaatni bildiradi.
37
Quyida yuqorida keltirilgan ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini (EKUB)
topish
algoritmi blok-sxema orqali tasvirlangan.
Ushbu algoritm uchun M=32, N=24 bo‘lganda, uning ijrosidagi natijalar quyidagicha
bo‘ladi:
3.2-rasm.
Ichki radiusi R1 ga, tashqi radiusi R2 ga (R1 < R2) teng bo‘lgan halqa yuzini
hisoblash algoritmini tuzing. Bunda n=3.14 deb hisoblang. Algoritmda R1 va R2 qiymatlar
kiritilishi ko‘zda tutilsin. Natijani chiqaring.
Soliq to‘lovchi o‘z yer maydoni uchburchak shaklida ekanligini va uchburchak
tomonlarini mos ravishda x, y, z sonlariga teng ekanligini ma‘lum qildi. Uning yer maydoni
haqiqatan ham uchburchak shaklida ekanligini aniqlash algoritmini tuzing. Ya‘ni tomonlari x,
y, z sonlariga teng bo‘lgan uchburchak mavjudligini aniqlash masalasini yeching.
|