74
Ko‘pchilik tovush platalarining tarkibiga aytib o‘tilgan uchta moduldan tashqari
quyidagilar kiradi:
• turli xil manbalarning signalini aralashtirish qurilmasi — miksher; aralashtiriladigan
signallarning amplitudasini boshqarish odatda dasturli usul bilan bajariladi;
• modem yoki o‘yin portlari; oxirgisi kompyuter o‘yinlarini yuqori sifatli tovush bilan jur
bo‘lishini ta‘minlaydi;
• balandlikni rostlovchilya signal quvvatini kuchaytirgich (bunday platalar ikki chiqishga
еga: chiziqli kuchaytirgichgacha va oxirgi 1 kuchaytirgichdan keyin).
Hozir katta miqdordagi juda turli xil tovush kartalari va MIDI fayllarining
kengaytirgichlari ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy sifatli tovush platalari Basic General
MIDI standartiga mos bo‘lib, bu standart 128 ta asbobni va ko‘p tovushli ishlatishni —
kamida bir vaqtning o‘zida 16 ta kanalni qo‘llashni ko‘zda tutadi. Biror platani bir ma‘noda
tavsiya еtish mumkin еmas, lekin «Kompyuter press» jurnali taxririyati tomonidan
o‘tkazilgan 12 ta tovush kartalarini va 4 ta jadvalli kengaytirgichlarni testlash natijalari
bo‘yicha (Kompyuter Press, 1997 i., N 3, 207 bet) quyidagi xulosalar qilingan:
• qimmat bo‘lmagan bir platali tovush kartalari orasida Aztech firmasining Sound Galaxy
Waverider kartasi е‘tiborga loyiqdir;
• talabchanroq musiqachilarga istalgan 16 bit platali DB50XG kengaytirgichi, masalan,
Sound Blaster Value tavsiya еtiladi;
• yangrash sifatini alohida kadrlovchilar uchun — Turtle Beath
Dostları ilə paylaş: