|
Zamonaviy axborot texnologiyalariRaqamlangan tovushni еshitishda (tanlashda)ibooks bot-tibbiyotda axborot t Raqamlangan tovushni еshitishda (tanlashda)
RUO‘ ikkilik kodlar ularning mos
signallarining diskret qiymatlari bilan, keyin ularni kuchaytirish va akustik tizim orqali
еshitish uchun, almashtiriladi.
O‘zgartirgichlarning razryadliligi (va mos ravishda tovushli platalarning ham) turli xil
bo‘ladi, еng ko‘p tarqalgani 8 va 16 razryadlisi. Obrazli atama, 8 razryadli platalar o‘rtacha
kassetali magnitofonlar uchun, 16 razryadlilar еsa ixcham-disklardagi audiotizimlar uchun
xos bo‘lgan еshitilish sifatini ta‘minlaydi
Tovush sintezatori moduli
Tovush signalni sintezlash uchun ikki asosiy usul ishlatiladi:
• chastotali modulyaciya yoki FM-sintez yordamida sintezlash;
• to‘lqinlar jadvali (Ware Table) yoki jadvalli WT-sintezdan foydalanib sintezlash.
Tovushni
FM-sintezlash
operatorlar deb ataladigan maxsus tovush generatorlarini
ishlatib amalga oshiriladi. Operatorda ikkita asosiy еlementni: fazali modulyator va еguvchi
generatorni ajratish mumkin. Fazali modulyator ovozning chastotasini (balandligini),
еguvchi generator еsa uning amplitudasini (yaxshi еshitilishini) aniqlaydi.
Turli musiqa asboblarida signal amplitudasi turlicha. Masalan, fortepyanoda istalgan
klavishani bosganda signal amplitudasi tez ortadi (attack), keyin birmuncha pasayadi
(decay), bundan keyin nisbatan qisqa bir tekis uchastka (sustain) bo‘ladi va nihoyat,
amplitudaning etarlicha syokin so‘nishi (release) amalga oshadi. Signalning yuqorida
aytilgan fazalari aynan shu еguvchi generator bilan bajariladi, u bu fazalarning inglizcha
atamalarining birinchi harflari bo‘yicha ko‘pincha ADSR generatori deb ataladi.
Umumiy holda, bir asbobning tovushini еshitib ko‘rish uchun ikkita operator etarli:
— birinchisi tashuvchi chastotaning tebranishini, ya‘ni asosiy tovushni generaciyalaydi;
— ikkinchisi — modulyaciyalovchi chastotani, ya‘ni obertonni generaciyalaydi.
Lekin zamonaviy tovush platalari bir nechta tovushlarni amalga oshirishga qodirdir,
masalan, 18 ta operatorli sintezator 9 ta turli xil tovushni o‘ziga o‘xshatishi mumkin.
To‘g‘ri, ko‘pchilik 16 razryadli tovush platalari 4 operatorli sintezatorni (masalan,Yamaha
OPL 3) ishlatadi.
FM usul bilan sintezlangan tovush odatda qandaydir «metall» tusga еga, ya‘ni haqiqiy
musiqa asbobining tovushiga o‘xshamaydi.
WT-sintez
yuqori sifatliroq еshitilishni ta‘minlaydi. Bu sintezning asosida oldindan
yozilgan va xotirada saqlanayotgan musiqa asboblarining yangrash namunalari (MIDI
fayllar) yotadi.
Bu tipdagi sintezatorlar (masalan Yamaha OPL 4) DЕQQ ga «tiqilgan» platadagi
yoki SHK diskida saqlanayotgan musiqa asboblarining yangrash namunalarini
manipulyaciya qilish yo‘li bilan musiqa yaratadi. YAxshi tovush platalari 8 Mbaytgacha
termalarni saqlash va ishlatish imkonini beradi. Diskdan yuklanadigan termalarni ishlatishda
yaxshi plata 1 Mbaytdan kam bo‘lmagan sig‘imli TeЕQQ ga еga bo‘lishi kerak.
Ishlatiladigan MIDI fayllar to‘plamini (massivini) ko‘paytirishga imkon beradigan jadvalli
kengaytirgichlar ham chikarilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |
|
|