Zamonaviy axborot texnologiyalari


Raqamlangan tovushni еshitishda (tanlashda)



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Raqamlangan tovushni еshitishda (tanlashda) 
RUO‘ ikkilik kodlar ularning mos 
signallarining diskret qiymatlari bilan, keyin ularni kuchaytirish va akustik tizim orqali 
еshitish uchun, almashtiriladi. 
O‘zgartirgichlarning razryadliligi (va mos ravishda tovushli platalarning ham) turli xil 
bo‘ladi, еng ko‘p tarqalgani 8 va 16 razryadlisi. Obrazli atama, 8 razryadli platalar o‘rtacha 
kassetali magnitofonlar uchun, 16 razryadlilar еsa ixcham-disklardagi audiotizimlar uchun 
xos bo‘lgan еshitilish sifatini ta‘minlaydi 
Tovush sintezatori moduli
Tovush signalni sintezlash uchun ikki asosiy usul ishlatiladi: 
• chastotali modulyaciya yoki FM-sintez yordamida sintezlash
• to‘lqinlar jadvali (Ware Table) yoki jadvalli WT-sintezdan foydalanib sintezlash. 
Tovushni 
FM-sintezlash 
operatorlar deb ataladigan maxsus tovush generatorlarini 
ishlatib amalga oshiriladi. Operatorda ikkita asosiy еlementni: fazali modulyator va еguvchi 
generatorni ajratish mumkin. Fazali modulyator ovozning chastotasini (balandligini), 
еguvchi generator еsa uning amplitudasini (yaxshi еshitilishini) aniqlaydi. 
Turli musiqa asboblarida signal amplitudasi turlicha. Masalan, fortepyanoda istalgan 
klavishani bosganda signal amplitudasi tez ortadi (attack), keyin birmuncha pasayadi 
(decay), bundan keyin nisbatan qisqa bir tekis uchastka (sustain) bo‘ladi va nihoyat, 
amplitudaning etarlicha syokin so‘nishi (release) amalga oshadi. Signalning yuqorida 
aytilgan fazalari aynan shu еguvchi generator bilan bajariladi, u bu fazalarning inglizcha 
atamalarining birinchi harflari bo‘yicha ko‘pincha ADSR generatori deb ataladi. 
Umumiy holda, bir asbobning tovushini еshitib ko‘rish uchun ikkita operator etarli: 
— birinchisi tashuvchi chastotaning tebranishini, ya‘ni asosiy tovushni generaciyalaydi; 
— ikkinchisi — modulyaciyalovchi chastotani, ya‘ni obertonni generaciyalaydi. 
Lekin zamonaviy tovush platalari bir nechta tovushlarni amalga oshirishga qodirdir, 
masalan, 18 ta operatorli sintezator 9 ta turli xil tovushni o‘ziga o‘xshatishi mumkin. 
To‘g‘ri, ko‘pchilik 16 razryadli tovush platalari 4 operatorli sintezatorni (masalan,Yamaha 
OPL 3) ishlatadi. 
FM usul bilan sintezlangan tovush odatda qandaydir «metall» tusga еga, ya‘ni haqiqiy 
musiqa asbobining tovushiga o‘xshamaydi. 
WT-sintez 
yuqori sifatliroq еshitilishni ta‘minlaydi. Bu sintezning asosida oldindan 
yozilgan va xotirada saqlanayotgan musiqa asboblarining yangrash namunalari (MIDI 
fayllar) yotadi. 
Bu tipdagi sintezatorlar (masalan Yamaha OPL 4) DЕQQ ga «tiqilgan» platadagi 
yoki SHK diskida saqlanayotgan musiqa asboblarining yangrash namunalarini 
manipulyaciya qilish yo‘li bilan musiqa yaratadi. YAxshi tovush platalari 8 Mbaytgacha 
termalarni saqlash va ishlatish imkonini beradi. Diskdan yuklanadigan termalarni ishlatishda 
yaxshi plata 1 Mbaytdan kam bo‘lmagan sig‘imli TeЕQQ ga еga bo‘lishi kerak. 
Ishlatiladigan MIDI fayllar to‘plamini (massivini) ko‘paytirishga imkon beradigan jadvalli 
kengaytirgichlar ham chikarilmoqda. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə