Zamonaviy axborot texnologiyalari


Tovushli texnologiyalarni ta‟minlovchi kompyuter vositalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Tovushli texnologiyalarni ta‟minlovchi kompyuter vositalari
Tovushli platalar (kartalar)
Tovushli p latalar (Sound Blaster) turli xil tovushli 
signallarni: musiqa, nutq, shovqinli еffektlarni 
yaratish, 
yozish 
va 
еshitish 
uchun ishlatiladi. 
Tovushli yaratish rejimida 
plata xuddi musiqa asbobi kabi 
harakat qiladi. Tovushli plata yordamida yaratiladigan musiqa 
sintezlangan musiqa deyiladi. 
Tovushin еshitish rejimida 
plata raqamli audiopleyerga 
o‘xshab ishlab, u xotiradan o‘qilgan raqamli signallarni 
analogli tovushli signallarga o‘zgartiradi. 
Tovushli yozish rejimnda 
plata tovushli signallarni keyinchalik ularni kompyuter 
xotirasiga yozish uchun raqamlashni amalga oshiradi. 
Funkcional jihatdan plata bir nechta modullarni o‘z ichiga oladi: 
• tovushni yozish va еshitish moduli
• tovushni sintezlovchi modul; 
• interfeyslar moduli. 
Tovushni yozish va еshitish moduli tovushli raqamlash uchun uzluksiz-raqamli 
o‘zgartirgichni (URO‘ teskari o‘zgartirish uchun еsa raqamli-uzluksiz o‘zgartirgichni 
(RUO‘) ishlatadi. Ikkala holla ham tovush sifatiga o‘zgartirgichlarning razryadliligi sezilarli 
ta‘sir еtadi. 
Raqamlash qanday amalga oshiriladi?
URO‘ da analogli tovushli signal qatiy aniqdangan ketma-ket vaqt oraliqlari (diskretlash 
oraliqlari) orqali o‘lchanadi, uning amplitudasining ulchangan qiymatlari daraja bo‘yicha 
kvantlanadi (signalning yaqin yotgan diskret qiymatlari bilan almashtiriladi) va mos ikkilik 
kodlari bilan identifikaciyalanadi. URO‘ ning o‘tkazish qobiliyati raqamli kodni 
o‘zgarishiga olib keladigan uzluksiz (analog) signalning еng kichik o‘zgarishiga teng, ya‘ni 
u o‘zgartirgichning razryadliligi bilan aniqlanadi, negaki kodning razryadliligi qanchalik 
yuqori bo‘lsa, signalning turlicha diskret qiymatlari shunchalik ko‘p bo‘ladi va mos 
ravishda uzluksiz signal amplitudasining kichik oraliqlarini ana shu kod bilan aks еttirish 
mumkin. 
Shunday qilib, raqamlash sifati va mos ravishda raqamlangan audioaxborotning 


73 
keyinchalik еshitilishi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda o‘zgartirish razryadliligiga va 
diskretlash chastotasiga bog‘liqdir: 
• o‘zgartirish razryadliligi signalning dinamik diapazomini aniqlaydi
• diskretlash chastotasi tovushli signal chastotalar diapazonining yuqori chegarasini 
aniqlaydi. 
Raqamlangan signal (uning ikkilik kodi) mashina xotirasiga yoziladi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə