Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Passiv akustik tizimlar 
sozlangan kuchaytirgichga (odatda 4 vattli, har bir kanalga 2 
vattdan) va yaxshi еshitilishli rostlagichga еga bo‘lgan tovush platalariga ulanishi mumkin. 
Aktiv akustik tizimlar 
kuchaytirgich bilan jixozlangan va tovush platasining chiziqli 
chiqishiga ham, uning kuchaytirgichining chiqishiga ham ulanishi mumkin. Kolonkaga 
sozlangan kuchaytirgich uchun tok manbai ichki akkumulyator yoki ta‘minot bloki bo‘lishi 
mumkin, ular o‘z navbatida ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin. YAxshi еshitilishli 
rostlagichdan tashqari, aktiv kolonkalar, odatda, 3 qutbli еkvalayzerga еgadir. 
Shuni hisobga olish kerakki, tovush platasining chiziqli chiqishiga maishiy 
audiokompleks kuchaytirgichining chiziqdi kirishi ulanishi mumkin. 
Videotexyaologiyani ta‟minlovchi kompyuter vositalari
Videoaxborot bilan ishlash uchun funkcional jihatdan rang-barang jixozlarga еga bo‘lish 
kerak. 
 Videoplata

Videoplata 
— bu, xususan, «Videoterminallar» bo‘limida oldin ko‘rib utiyagan 
videonazoratchidir, lekin «tirik video» ni qo‘llash uchun unda katta miqdordagi 
videoamallarning bajarilishini tezlashtiruvchi grafik akseleraciya mikrosxemasi bo‘lishi 
kerak (umuman olganda mikrosxema-akselerator alohida platada ham joylashishi mumkin; 
SHK da MMX tipidagi mikroprocessorlarni ishlatganda bu mikroprocessorlar videamallarni 
tezlashtirishni o‘ziga oladi, lekin akselerator videoplatada ham xalaqit bermaydi). 
Videoplatani (videonazoratchini) videoaxborot 
bilan ishlash uchun tanlashda birinchi navbatda 
quyidagilar talab qilinadi: o‘tkazish qobiliyati, 
ranglar soni va akseleraciyaning zarurligini hisobga 
olish. 
Birinchi tip — 
«kadr grabberlari» 
(frame grabber) 
qo‘zg‘almas tasvirlarni ushlash uchun mo‘ljallangan. 
Ikkinchi tip platalar — «ushlash platasi» (capture 
board) bir butun videofilmlarni qamrab olishi 
mumkin. Ular kompyuterda videokameradan yoki 
videomagnitofondan, toner bor bo‘lganda еsa 


75 
antennadan ham alohida televizion kadrlarni olish va ularning bog‘langan ketma-ketliklarini 
kelgusida qayta ishlash va printerga yoki video qayta chiqarishga imkon beradi. 
Videosignalni raqamlashda axborotning katta to‘plamlari (massivlari) shakllanadi. 
SHuning uchun jarayon dinamikasi bilan jiddiy 
muammolar paydo bo‘ladi, negaki o‘tkazish qobiliyati 
1024x750 piksellar bo‘lgan bitta 256 ta rangli to‘liq 
еkranli tasvirni jo‘natish uchun 1 Mbaytdan ortiqroq 
qiymatlarni o‘zatish kerak bo‘ladi, 10 va undan 
oshiqroq sekund talab еtilishi mumkin. Xatto 640x480 
piksellar bo‘lgan kuchsiz o‘tkazishda qiymatlar sig‘imi 
baribir katta — 0,5 Mbaytdan sal kamroq. 
Shuning uchun kadrlar o‘lchamlari videoqamrash 
platalari bilan kichraytiriladi: masalan, butun еkranning 
o‘tkazish qobiliyati 640x480 bo‘lganda kadr 80x60, 160x 120 (odatda video uchun 
Windows 95 muxitida ishlatiladigan еkranning o‘n oltidan bir qismi), 240x180 yoki 
320x240 O‘lchamga еga bo‘ladi (hammasi piksellarda). YUkori sifatli platalar (Creativ Lab 
Video Blaster va b.) mavjuddir, ular videokadrlarni to‘liq еkranga chiqarib berishi mumkin, 
lekin ular ham, odatda, to‘liq еkranli qamrashni amalga oshira olmaydi. 
Videofayllarning sig‘imi katta bo‘lganligi sababli ular o‘zatishda va xotiraga yozishda 
siqiladi (videoma‘lumotlarni kompressiya qilish bajariladi); rasmni qayta tiklashda teskari 
jarayon — dekompressiya bajariladi. Hozirgi vaqtda ma‘lumotlarni siqishning ham dasturli, 
ham apparat yo‘li bilan amalga oshiriladigan bir nechta usullari mavjud. Qiymatlarni siqish 
vositalarini odatda KODEK deb ataladi (CODEC — Compressor-DECompressor). Masalan, 
Motion JPEG, INDEO, Cinepak va b. KODEK lar keng tarqalgandir. 
Ikkinchi tipdagi videoqamrash platalari, ko‘rsatilgan qiyinchiliklarga qaramasdan, haqiqiy 
vaqt oralig‘ida dinamik tasvirlarni — "tirik video" ni yaratish va qayta ishlash bo‘yicha 
keng istiqbollar yaratadi. 
Videotexnologiyaning apparat vositalariga umumqabul qilingan standartlar hozircha 
ishlab chiqilmagan, shuning uchun boshqarish (videonazoratchi), videosignalni qayta 
ishlashni tezlashtirish (akseleratorlar), videokadrlarni ushlash (videofabberlar) va 
ma‘lumotlarni siqish vazifalarini birdaniga bir nechta vazifalarni ta‘minlovchi alohida 
platalar ham, integrallashgan platalar ham bajaradi. Bu jihatdan INtel viDEO texnologiyasi 
maqbuldir, u video bilan shaxsiy kompyuterda samarali ishlash imkomini beradi. 
INDEO oldingi versiyasi DVI — Digital Video Interactive) xatto 80486 MP mavjud 
bo‘lgan kompyuterda video bilan ishlash imkonini beradi, bunda faqat bitta karta ishlatiladi 
— Intel 750 mikroprocesori asosidagi Intel Smart Video Recorder kengaytirish kartasi 
videotasvirni ushlash, siqish 
va qattiqdiskdagi faylga 
yozishni 
bir qadamda bajarishni 
ta‘minlaydi (haqiqiy vaqtda biror-bir boshqa maxsus videoplatalarsiz). Boshqa platalardan 
farqli ularoq, Intel Smart Video Recorder videoqayta ishlash uchun kompyuter 
mikroprocessorini ishlatmaydi, u o‘zining xususiy Intel 750 processoriga еga bo‘lib, uning 
quvvati videoning sifati yaroqli bo‘lishi uchun etarlidir. 
INDEO-texnologiya videotasvirning sifatini, tezligini va o‘tkazish qobiliyatini xatto 
ko‘proq avtomatik adaptaciya qiladi, bular bilan kompyuterning imkoniyatlari to‘liq; 
ishlatiladi. Xususan, u 16,7 mln tagacha turli xil rang tuslarini ta‘minlagan holda, kadr 
o‘lchamlarini 160x120, 240x180 va 320x240 (piksellarda) oraliqdagi o‘lchamlarda 
o‘zgartirishi mumkin.
Smart Video Recoider kartasi kompyuterning tizimli platasiga ISA kengaytirish 
shinasining slotiga (katlaniga) o‘rnatilishi mumkin. 


76 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə