Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

TAMINOTLAR. 
REJA:
1.
Web - sahifa yaratuvchi dasturiy vositalar tasnifi va ularning imkoniyatlari.
2.HTML-gipermatnlami belgilash tili. Teg tushunchasi. Web-sahifaning asosiy tuzilmasi.
3.HTML tilida web-sahifa yaratish.
4.HTML tilida web-sahifaga matn, rasm, tovush, video, jadval, ro‗yxat, forma, freym va 
havola qo‗yish va ular bilan ishlash imkoniyatlari.
5.Ob‘ektlami qator bo‗ylab harakatlantirish. 
WORLD WIDE WEB (WWW) TEXNOLOGIYASINING MOHIYATI 
World Wide Web (WWW) — multimedia asosida global gipermatn axborot tizimidir, 
u quyidagilarni amalga oshiradi: 
• Axborotlar maxsus dasturiy ta‘minot joylashgan Internetga birlashgan WWW — 
serverlarida saqlanadi; 
• Axborot o ‗z ichiga matnni, grafikni, video va ovozni olishi mumkin; 
• Internetdan foydalanuvchilar ushbu axborotni Web-brouzerlar «dastur-mijozlar» 
yordamida olishi mumkin (Web-hujjatlarni ko'rib chiqish dasturi); 
• WWWda axborotlar hujjatlar shaklida taqdim etilgan. Ularning har biri giper aloqa 
(hiererlinks) — jo‗natmani o‗z ichiga olishi mumkin; 
• WWWda gipermatnь hujjatlami yaratish uchun HTML (Hyper Text Markup 
Language – gippermatnni belgilash tili)dan foydalaniladi: 
• WWWda «mijoz — server»larning o‗zaro harakati HTTP (Hyper Text Transmission 
Protocol — gipermatnni uzatish) protokoli asosida amalga oshiriladi. Bunda boshqa 
ilovalardan farqli ravishda butun ish davomida ikkita punkt oralig'ida aloqa o'rnatilmaydi, 
mijozning so‗roviga nisbatan serveming har bir javobidan so‗ng aloqa to'xtatib olinadi; 
• HTML-hujjatlar shaklidagi tarmoq resurslari URL (Uniform Resource Locator — 
resurslaming unifikasiyalanagan lokatorlari) yordamida indentifikatsiyalanadi. URL kerakli 
resursning qayerda joylashganligini aniqlaydi. 
HTTP serveridan hujjatlarni so‗rash uchun quyidagicha sxemadan foydalaniladi: 
http://server adresi:{ port nomeri}/direktoriya_ nomi/fayl_nomi. 
Web tizimi avzalligi shundaki, Internetning boshqa server World Wide Web serveri 
bo'lishi shart emas. HTML ftp yoki Gopher bo'yicha yangiliklar (UseNet) guruhidan olinishi 
mumkin bo'lgan hujjatlar bilan aloqa o‗rnatish imkonini beradi. Utelnet va elektron pochta 
adreslari bilan aloqa o‗mata oladi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə