75
antennadan ham alohida televizion kadrlarni olish va ularning bog‘langan ketma-ketliklarini
kelgusida qayta ishlash va printerga yoki video qayta chiqarishga imkon beradi.
Videosignalni raqamlashda axborotning katta to‘plamlari (massivlari) shakllanadi.
SHuning uchun jarayon dinamikasi bilan jiddiy
muammolar paydo bo‘ladi, negaki o‘tkazish qobiliyati
1024x750 piksellar bo‘lgan bitta 256 ta rangli to‘liq
еkranli tasvirni jo‘natish uchun 1
Mbaytdan ortiqroq
qiymatlarni o‘zatish kerak bo‘ladi, 10 va undan
oshiqroq sekund talab еtilishi mumkin. Xatto 640x480
piksellar bo‘lgan kuchsiz o‘tkazishda qiymatlar sig‘imi
baribir katta — 0,5 Mbaytdan sal kamroq.
Shuning uchun kadrlar o‘lchamlari videoqamrash
platalari bilan kichraytiriladi: masalan, butun еkranning
o‘tkazish qobiliyati 640x480 bo‘lganda kadr 80x60, 160x 120 (odatda video uchun
Windows 95 muxitida ishlatiladigan еkranning o‘n oltidan bir qismi), 240x180 yoki
320x240 O‘lchamga еga bo‘ladi (hammasi piksellarda). YUkori sifatli platalar (Creativ Lab
Video Blaster va b.) mavjuddir, ular videokadrlarni to‘liq еkranga chiqarib berishi mumkin,
lekin ular ham, odatda, to‘liq еkranli qamrashni amalga oshira olmaydi.
Videofayllarning sig‘imi katta bo‘lganligi sababli ular o‘zatishda
va xotiraga yozishda
siqiladi (videoma‘lumotlarni kompressiya qilish bajariladi); rasmni qayta tiklashda teskari
jarayon — dekompressiya bajariladi. Hozirgi vaqtda ma‘lumotlarni siqishning ham dasturli,
ham apparat yo‘li bilan amalga oshiriladigan bir nechta usullari mavjud. Qiymatlarni siqish
vositalarini odatda KODEK deb ataladi (CODEC — Compressor-DECompressor). Masalan,
Motion JPEG, INDEO, Cinepak va b. KODEK lar keng tarqalgandir.
Ikkinchi tipdagi videoqamrash platalari, ko‘rsatilgan qiyinchiliklarga qaramasdan, haqiqiy
vaqt oralig‘ida dinamik tasvirlarni — "tirik video" ni yaratish va qayta ishlash bo‘yicha
keng istiqbollar yaratadi.
Videotexnologiyaning apparat vositalariga umumqabul qilingan standartlar hozircha
ishlab chiqilmagan, shuning uchun boshqarish (videonazoratchi), videosignalni qayta
ishlashni tezlashtirish (akseleratorlar), videokadrlarni ushlash (videofabberlar) va
ma‘lumotlarni siqish vazifalarini birdaniga bir nechta vazifalarni ta‘minlovchi
alohida
platalar ham, integrallashgan platalar ham bajaradi. Bu jihatdan INtel viDEO texnologiyasi
maqbuldir, u video bilan shaxsiy kompyuterda samarali ishlash imkomini beradi.
INDEO oldingi versiyasi DVI — Digital Video Interactive) xatto 80486 MP mavjud
bo‘lgan kompyuterda video bilan ishlash imkonini beradi, bunda faqat bitta karta ishlatiladi
— Intel 750 mikroprocesori asosidagi Intel Smart Video Recorder kengaytirish kartasi
videotasvirni ushlash, siqish
va qattiqdiskdagi faylga
yozishni
bir qadamda bajarishni
ta‘minlaydi (haqiqiy vaqtda biror-bir boshqa maxsus videoplatalarsiz). Boshqa platalardan
farqli ularoq, Intel Smart Video Recorder videoqayta
ishlash uchun kompyuter
mikroprocessorini ishlatmaydi, u o‘zining xususiy Intel 750 processoriga еga bo‘lib, uning
quvvati videoning sifati yaroqli bo‘lishi uchun etarlidir.
INDEO-texnologiya videotasvirning sifatini, tezligini va o‘tkazish qobiliyatini xatto
ko‘proq avtomatik adaptaciya qiladi, bular bilan kompyuterning imkoniyatlari to‘liq;
ishlatiladi. Xususan, u 16,7 mln tagacha turli xil rang tuslarini ta‘minlagan holda, kadr
o‘lchamlarini 160x120, 240x180 va 320x240 (piksellarda) oraliqdagi o‘lchamlarda
o‘zgartirishi mumkin.
Smart Video Recoider kartasi kompyuterning tizimli platasiga ISA kengaytirish
shinasining slotiga (katlaniga) o‘rnatilishi mumkin.