«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya



Yüklə 40,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#164519
  1   2
ZDPP0108 (2)



30 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
TURKISTON QO‘RBOSHILAR 
Meyliyeva Zebiniso Mirkomilovna 
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy Universiteti, 
Amaliy psixologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7514574 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XX asr boshlarida sovet askarlariga va sovet 
tuzumiga qarshi kurashgan Turkistondagi haqiqiy mujohid o'g'lonlar va ularning 
qo'llariga qurol olib toptalgan haq huquqlari, din-u diyonatlari uchun kurashgan 
Turkiston qo’rboshilari tasvirlanadi. Ushbu maqolada Madaminbek va 
Shermuhammadbekning bosqinchi qizil askarlarga kurashish yo'lida ko'rsatgan 
jasoratlari, ularning bu mardliklarini hatto sovet xodimlari va askarlari ham 
e'tirof etganlari, ammo, harakatga bir yoqlama baho berilganligi, tarixiy 
hujjatlarga o'zgartirish kiritilganligi u kishilarni istiqlolchilar, mujohidlar emas 
"bosmachilar" deb nomunosib nom bilan ataganliklari haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so’zlar:
Turkiston qo’rboshilari, jangovar faoliyati, qismati, 
harakatning g’oyaviy mafkurachilari, bosmachilik harakati, istiqlolchilik 
harakati, muhojidlar, muvaqqat muhtor hukumati. 
Yigirmanchi asrning 40-60 - yillarida Sovet Sotsiolistik Respublikalar 
Ittifoqi Rossiyasi tomonidan Turkiston oʻlkasini mustamlaka qilib qaram 
davlatga aylantirish harakati to’rt bosqichda amalga oshirilgandan soʻng, bu 
hududda joylashgan va bir necha asrlik buyuk tarixga ega hisoblangan Xiva, 
Qoʻqon xonliklari hamda Buxoro amirligi asta-sekinlik bilan dastlab mustaqil va 
mustamlaka davlat sifatida ham yakunlandi. Bu davlatlarning aholisi (qirgʻiz, 
tojik, oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman xalqlari va h.k) oʻzining butunlay 
oʻzligini, tarixini va an’analarini unitishga majbur etildi. Oʻlkamizda 1867 - yil 
Turkiston general - gubernatorligi tuzildi va poytaxt boʻlgan Peterburgda turli 
qarashlar tarafdori boʻlgan oqimlar paydo bo’lib, davlat hukmronligini zabt etish 
maqsadida harakat qilishdi va natijada bir necha bor hokimiyat almashinuvlari 
sodir bo’ldi. Qanday oqim hokimiyat tepasiga kelishidan qat’iy nazar 
hammasining yagona maqsadi, ya’ni tabiiy boyliklar koni boʻlgan Oʻrta Osiyo 
mintaqasida oʻzining mustamlakachi siyosatini va tazyiqini o’rnatish edi. 
Turkiston mintaqasida bu kabi oqimlardan biri hisoblangan bolsheviklar 
hukmronligi ostidagi Sovet rejimiga qarshi istiqlolchilikning ilk harakati 1918-
yil fevral oyining oxirgi oʻn kunligida Qoʻqon atroflarida ko’rina boshlandi. 
Ularga qarshi bo’lgan harakatlarning dastlabki guruhi Qoʻqon xonligi atrofidagi 
Bachqir qishlogʻida paydo bo’lgan Kichik Ergash (1885-1918) va Katta Ergash 
(1882-1921) kabi qoʻrboshilarning nomlari bilan bevosita bogʻliqdir. 


31 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Qoʻrboshi atamasi ilk bor oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari qurol-yarogʻ 
ombori (qoʻr) mutasaddisi hamda qurol-aslaha, turli yarogʻlar va toʻp yasash 
korxonalari, ya’ni qoʻrxonalari boshligʻi hisoblanib, Turkiston mintaqasida 
“Oktabr” toʻntarishigacha boʻlgan vaqt mobaynida mahalliy politsiya boshligʻi 
hamda keyinchalik, Turkistonda Sovet rejimiga qarshi bo’lgan istiqlolchilik 
harakati boshliqlarining unvoniga aylangan edi. Fargʻona vohasida 1918-yil 
yarimlariga kelib taxminan 100 ga yaqin qoʻrboshilar oʻzlarining guruhlari bilan 
qizil armiya bo’limlariga qarshi mardonavor holda kurash olib bordilar. Shunga 
qaramasdan, sovet hokimiyatining rasmiy hujjatlarida milliy ozodlik 
harakatining mohiyati va harakatlari qalbakilashtirilib, u “bosmachilik” harakati, 
uning qatnashchilari ya’ni qoʻrboshi va ularning tarafdorlari esa “bosmachilar” 
tarzida notoʻgʻri talqin qilindi. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining paydo 
bo’lishiga kelishining asosiy sababi sovet hokimiyatining oʻlkada yuritgan 
mustamlakachilik va shovinistik siyosati edi. 
Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan ilk sotsialistik tadbirlar (xususiy 
mulkning bekor qilinishi, majburiy va ogʻir mehnatning joriy qilinishi, 
korxonalarning davlat ixtoyoriga oʻtkazilishi va gʻalla monopoliyasi, islom 
dinining cheklanishi, atiezm targʻiboti, masjid, bozorlarning bekitilishi, xususiy 
maktab va qozixonalarning yopilishi va boshqalar) hamda qizil armiya 
kurashchilarining bosqinchilik-u talonchiliklari istiqlolchilik harakatiga alohida 
keskinlik va koʻlam baxsh etdi, bu harakat tobora keng tus olib, ommalashib 
rivojlanishiga olib keldi. Qoʻrboshilar harakatining maqsadi va tub mohiyati 
Turkistoning milliy istiqboli, mustaqilligi yoʻlida kurashish edi. Harakat ba’zida 
kuchayib, ba’zida pasayib turishi, ikkilamchi maqsadlarning oʻzgarishi, 
guruhlarning tarkibining almashishiga qaramay oʻzining maqsadi yo’lida 
harakatlanishni toʻxtatmadi va bu harakatning tub mohiyati Turkiston 
mustaqilligi yo’lida kurash boʻlib qolaverdi. 
Qoʻrboshilar 
rahbarlik 
qilayotgan 
guruhlarning 
tarkibi 
Sovet 
hokimiyatining zulmiga jim qarab turolmagan chorikorlar, mardikor, 
hunarmandlar, dehqonlar va ziyolilar edi. Aholining turli xil qatlamidan boʻlgan 
qoʻrboshilar istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi 
hisoblangan. Mulkdor kishilar, din peshvolari ham sovet tuzumiga qurolli 
qarshilik harakatini ham istisodiy, ham ma’naviy jihatdan qoʻllab-quvvatlab 
turgan. Samarqandlik Mulla Xoliqul: “Hududning mulkdor kishilari boʻlgan Xoʻja 
Eshonqul oqsoqol, Xoʻja Shodibek, Rajabbek, Abduraufboy, Ikromboy, Mulla Odil
Ne’matullabek va boshqalarni dushmanga qarshi kurash uchun 200 tilla, 200 
dona 5 soʻmlik oltin tanga, 50 dona etik, 200 arshin gazlama va boshqa 
miqdordagi mol-mulklarni toʻplashga chaqiraman. 
Yuqoridagi sa’y-


32 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
harakatlarning hammasi Vatan mustaqilligi uchun qilingan edi. Bu yorugʻ 
dunyoda hech kim abadiy yashamaydi… Oxirgi qoningiz qolguncha kurash olib 
boring!” deya xalqni harakatga chorlaydi. Bu chaqiriq xatiga bir nechta nufuzli 
mulkdor kishilar va din peshvolari ham imzo-barmoq izlarini bosishgan. 
Harakatning tub mohiyati, maqsadi va mustaqillikka erishish uchun 
kurashayotgan xalqning irodasi, jasorati Sovet qoʻmondoni vakillari ham e’tirof 
etishga majbur boʻldilar. Shulardan biri Turkiston fronti qo’mondoni M.Frunze 
Markazga yuborgan xatida: “Bosmachilikka qarshi kurashish tamomila yangi, 
ayricha xususiyati boʻlgan, oʻziga xos dushman bilan kurashish demakdir”, deb 
yozgan edi. Istiqlolchilik harakatining asosiy tarkibini mahalliy aholi ya’ni 
qoraqalpoq, turkman, oʻzbek, qozoq, qirgʻiz xalqlari tashkil qilgan. Oʻzbeklarning 
son jihatdan ortiq boʻlishiga qaramay, harakat saflarida yevropalik millat 
vakillari, hatto ruslar ham mavjud boʻlib, ular Sovet rejimiga qarshi mahalliy 
aholi bilan bir qatorda kurashgan. Kurashga qoʻzgʻalgan xalq harakatini 
uyushtirishda qoʻrboshilarning roli va xizmati katta bo’ldi. Harakatning ilk 
yillaridanoq Madaminbek qoʻrboshi qoʻl ostida 30 000 nafarga yaqin, 
Shermuhammadbek qoʻrboshida 20 000, Katta Ergash qoʻrboshida esa 8 000 
nafar askar mavjud boʻlgan. Qoʻrboshilar istiqlolchilarning harbiy boshlig’i 
hisoblanib, ular xalq orasida oʻz jangovarliklari bilan mashhur boʻlganlar. Oʻz 
vaqtida Fargʻona vodiysida Kichik Ergash, Katta Ergash, Madaminbek, 
Shermuhammadbek, Islom Polvon; Samarqand viloyatida Ochilbek, Bahrombek 
va boshqalar harakatga rahbarlik qilgan. Ularning koʻpchiligi savodli va ziyoli 
kishilardan boʻlgan. Shakarxon, Muhiddinbekning onasi va Nodira qiz singari 
oʻzbek xotin - qizlardan yetishib chiqqan ayol qoʻrboshilar ham Turkistondagi 
milliy istiqlol kurashi tarixiga shonli iz qoldirgan shaxslardan biri hisoblanadi. 
Istiqlolchilik harakati va uning yoʻlboshchilariga aloqador boʻlish, ommaviy 
namoyishlarda qatnashishning oxiri qamoq, surgun yoki oʻlim jazosi boʻlishiga 
qaramay, keng miqyosdagi qatagʻonlar va qizil armiya tomonidan harbiy 
harakatlarning kuchaytirilishi ham istiqlolchilarni kurashdan qaytara olmadi. 
Dala qoʻmondoni, qoʻrboshi Ibrohimbek sovet tarixiga “bosmachilar 
harakati”ning eng mashhur yetakchisi sifatida kirgan. U oʻtgan asrning 30-
yillarida sovet hukumatiga qarshi qurolli kurash olib borgan istiqlolchilardan 
biri bo’lgan. Koʻp yillar davomida Sovet hukumatiga qarshi kurashgan qoʻrboshi 
taqdiri nima kechishini oldindan bilgan boʻlsa - da, tanlagan yoʻlidan aslo 
qaytmagan. Qoʻrboshichilikning namoyondasi Ibrohimbek hibsga olinib, sud 
tomonidan oʻlim jazosiga mahkum qilingan. 90 yil oʻtgandan so’nggina 
Ibrohimbekning nomi oqlanib, “bosmachi” emas, balki ozodlik kurashchisi 
ekanligi e’tirof qilindi. Bu kabi “bosmachi” deb qoralangan, ogʻir jazolarga 


33 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
mahkum etilgan ozodlik harakatchilari bir necha mingtani tashkil etadi. Yosh 
avlod vakillari tarixiy hujjatlarda ismi tilga olinmagan qoʻrboshilar qanchaligini 
to’lig’icha bilishmasa kerak. Tarixda istiqlolchilik harakati kichik koʻlamli 
boʻlganida edi, mustabid rejim tomonidan bu harakatga qarshi yuzlab 
safarbarliklar uyushtirilmagan boʻlar edi. 
Xulosa
: Tariximizga boqib quyida shunday xulosaga kela olamizki, bu xalq 
harakati millionlab yurtdoshlarimiz hayoti va qismatida oʻchmas fojiali iz 
qoldirdi. O’tmishdan aniqlangan ba’zi rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, u milliondan 
ziyod mahalliy millat vakillarining aziz umrlariga zomin boʻldi. Minglab 
oilalarning oʻz ona - zaminini tashlab ketib, begona yurtlarga bosh olib 
ketishlariga sabab boʻlgan. Bunga qo’shimcha ravishda, bir qancha son - 
sanoqsiz odamlar ana shu milliy fojia sababli, Sobiq Ittifoqning uzoq bo’lgan 
chekka 
hududlariga 
surgun 
va 
badargʻa 
qilingan. 
Zeroki, 
ona 
Oʻzbekistonimizning mustaqillikka erishib, baxtiyor va erkin zamonlarga 
Musharraf boʻlishida, bugungi yosh avlod vakillarining istiqlolning oliy 
ne’matidan toʻla bahra olishida oʻsha “bosmachi” deb qoralangan ajdodlarimiz 
qilgan ulkan sa’y - harakatlari, toʻkkan qutlugʻ qonlari, bergan bemisl 
qurbonliklarining ibrati oz-muncha emas. Ularning yorqin, porloq xotirasi 
hozirgi zamon minnatdor avlod fuqarolarining yodida, ongu - shuurida hamisha 
saqlanishi, iftixor tuygʻusi bilan eslanishi kerak. 

Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə