Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. Xxsr va bxsrning tashkil topishi



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#135909
  1   2   3   4
10- mustaqil ish


Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi

Reja:



  1. Qizil armiya kuchlari tomonidan Xivaning bosib olinishi.

  2. XXSRning tashkil etilishi va undagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar.

  3. Buxoroga qizil armiyaning bosqini va amir hokimiyatining ag‘darilishi.



1.Qizil armiya kuchlari tomonidan Xivaning bosib olinishi.
1. 1919 yilning oxirlariga kelib sovet hukumati Xiva xonligini bosib olish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini nihoyasiga yetdi. Bolsheviklar doimgidagidek Xivani bosib olish jarayonida tub yerli aholi o‘rtasida birlik va hamjihatlikning yo‘qligidan, qabila va urug‘lar o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklardan foydalandi. Bu o‘rinda Junaidxonga qarshi bo‘lgan turkman urug‘ boshliqlari Qo‘shmamedxon, G‘ulomalixon va Yaxshigeldilarning aldanib, 1919 yil noyabrida bolsheviklar tomoniga o‘tishlari muximdir. Xiva xonligi hududlarini bosib olish Moskva va Toshkentdagi sovet hukumati tayyorlagan dastur asosida amalga oshirildi.
Turkiston Respublikasi Harbiy inqilobiy Kengashi 1919 yil 22 dekabrda Xiva xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshlash haqida qaror qabul qiladi. Qarorga asosan qizil askarlardan ikkita otryad tuzilib, Janubiy otryadga Shcherbakov, Shimoliy otryadga Shaydakov qo‘mondonlik qildi. Shu kuni qizil askarlar Amudaryo bo‘limida qo‘zg‘olgan kazak otryadlarini tor-mor keltirib Amudaryodan o‘tdi va Xiva xonligi yerlariga bostirib kirdi. Shimoliy otryad qo‘shinlari Janub yo‘nalishi bo‘yicha urush harpakatlarini davom ettirib xonlikning asosiy yirik markazlarini egallab bordi. 29 dekabrda Xo‘jayli, 9 yanvarda Ko‘hna Urganch, Omonqal’a, 14 yanvarda Porsu, 16 yanvarda Ilolli, 18 yanvarda Toshxovuz bosib olindi. 20 yanvarga kelib G‘oziobod va Badirkent egallandi. Janubiy otryad esa 24 dekabrda Amudaryoni kechib o‘tdi va u ham bosqinchilik harakatlarini boshlab yubordi. Bu otryad qo‘shinlari siquvi ostida Junaidxon lashkarlari G‘oziobod va Paxtaqal’a tomon chekindilar, bu yerda qattiq jang bo‘ldi. Junaidxon mazkur jangda o‘zining 400 ga yaqin jangchilarini yo‘qotdi.
Junaidxon bu mag‘lubiyatdan keyin Qoraqumga qochib o‘tishga majbur bo‘ldi. Qizil armiya xonlik poytaxtini 1920 yil 1 fevral kuni egalladi. Asosiy hukmronlik Junaidxon qo‘lida bo‘lsa ham Sayyid Abdullaxon Xivaning rasmiy xoni edi. U xali Xivaga bosqinchilar kirmasidan oldinoq qizil armiyaning bosh qo‘mondoniga vakil yuborib, urushni to‘xtatishni talab qilgan edi. 2 fevralda u xonlikdan voz kechdi. Qizil armiya xonlik poytaxti Xivani deyarli qarshiliksiz egalladi. “Yosh xivaliklar”ning Toshkent va Chorjo‘y qo‘mitalari Xivaga hokimiyat bosib olinganidan ancha keyin keldilar. Xiva inqilobiy qo‘mitasi hatto “Yosh xivaliklar”ning Toshkent tashkiloti raisi Polvonniyoz Yusupovni maxsus chaqirib oldi.
RSFSR Markaziy ijroqo‘mi va Rossiya komfirqasi markaziy qo‘mitasining Turkiston komissiyasi va Turkiston inqilobiy harbiy kengashining maxsus vakili G. Skalov Muvaqqat hukumatni tuzdi. Uning guvohlik berishicha, bu hukumat tarkibiga kirgan a’zolarni Said Abdullaxon taklif etgan. Shundan so‘ng muvaqqat hukumat tarkibiga mulla Jumaniyoz Sultonmurodov (“Yosh xialiklar”ning To‘rtko‘l qo‘mitasi raisi), Muhammadjonbiy, Bobooxun Salimov, Jaloloxun, Mulla Abdulxay qori, turkmanlardan Mulla O‘roz va Mulla Navro‘zlar kirgan.
Birinchi kundan boshlab Xivada Rossiya hukumati, kompartiya va uning Turkkomissiyasi hamda Turkfront harbiy kengashi a’zolari G.Broyda, A.Izmaylov, G. Skalov va boshqalar hukmronlik qila boshladilar. Lenin boshliq bolsheviklar Petrogradda to‘ntarish qilib sovet hukmronligini o‘rnatish uchun qanday noqonuniy va harbiy to‘ntarishni amalga oshirgan bo‘lsalar, Xivada ham ayni shu ishlar takrorlandi. Mahalliy o‘ziga xos sharoit, tarixiy an’ana va urf-odat, xalqning xoxish-irodasi umuman e’tiborga olinmadi. Xonlikda bosh vazir lavozimida ishlagan Davlatmurod Tozamahrash otib tashlandi, hukumatning boshqa a’zolari qamoqqa olindi.
2. 1920 yil 27-30 aprel kunlari Xiva shahrida xalq vpakillarining Butunxorazm 1-qurultoyi bo‘lib o‘tdi va unda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Qurultoyda respublika hukumati – Xalq Nozirlar Sho‘rosi tuzilib, hukumat raisi etib Polvonniyoz xoji Yusupov, rais muovinligiga Bobooxun Salimov va 15 nafar nozir (vazir) saylandi. Bu saylanganlarning 10 tasi “yosh xivaliklar”ning vakillari edi. Ular mamlakatda demokratik tuzumni o‘rnatish, mustaqil davlatni barqarorlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshira boshladilar. Ular hukumatni mahalliy sharoit, shariat va mustaqillik asosida boshqarishga harakat qildilar. P. Yusupov boshliq hukumat xususiy mulk, vaqf yerlarini, diniy muassasalarni tarqatib yuborish o‘rniga ularni saqlab qolish va mustahkamlashga harakat qilayotgan edi. XXSRning konstitutsiyasida ham xususiy mulk e’tirof etilgan edi. Bu esa rus sovet hukumatining Xivadagi vakillariga yoqmadi. Shu boisdan ham ularning faoliyati uzoqqa bormadi. Sovet hukumati XXSRning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralasha boshladi, uning mustaqil ish olib borishiga deyarli imkon bermadi.
Sovet hukumatining Xivadagi vakillari 1920 yil avgust oyida Qo‘shmamedxon va G‘ulomalixonlarni Xivaga chaqirib, ularni yigitlari bilan qatl qilishga va bu bilan mahalliy o‘troq aholi va turkman chorvadorlari o‘rtasida nizo tug‘dirishga harakat qilishdi. G‘ulomalixon qochib qutulgan bo‘lsa ham, Qo‘shmamedxon va uning yigitlari qatl qilindi. Biroq bu holatlarning hammasi “Yosh xivaliklar” hukumati zimmasiga yuklandi. Natijada 1921 yil 6 martda Xiva shahrida qizil askarlar tomonidan namoyish uyushtirilib, inqilobiy qo‘mita tuzildi va Polvonniyoz xoji Yusupov boshliq hukumat a’zolari qamoqqa olindi. Polvonniyoz xoji Yusupov va Nazir Sholikorovlar qochib yashirinishga ulgurdi.

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə