Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. Xxsr va bxsrning tashkil topishi


Buxoroga qizil armiyaning bosqini va amir hokimiyatining ag‘darilishi



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#135909
1   2   3   4
10- mustaqil ish

3.Buxoroga qizil armiyaning bosqini va amir hokimiyatining ag‘darilishi
. 1920 yil 6-8 oktabrda Sitorai Mohi Xosada chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining 1-qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi e’lon qilindi. Bu davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi. Uning zimmasiga qisqa muddat ichida amirlik Buxorosini demokratik davlatga aylantirish vazifasi qo‘yildi. Qurultoy davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi bo‘lgan Buxoro inqilboiy qo‘mitasi.
Buxoro Xalq Nozirlar Sho‘rosi – dastlabki hukumat tarkibini tasdiqladi. Ularning vakolat muddati 2-qurultoygacha uzaytirildi. 1920 yil oktabr-noyabr oylarida BXSR va RSFSR o‘rtasida muvaqqat harbiy-siyosiy shartnoma imzolandi. 1921 yil 4 martda har ikki davlat o‘rtasida Ittifoq shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnomalar mustaqil siyosat yuritishga harakat qilayotgan yosh Buxoro davlati arboblari faoliyatini muayyan darajada cheklanishiga olib keldi. Ittifoq shartnomasiga ko‘ra Buxoro hududida sovet qo‘shinlari doimiy turishi qonunan belgilangan edi.
Buxorodagi yangi tuzum va undagi chora-tadbirlarni aholi xursandlik bilan kutib oldi. Biroq yangi hokimiyat tomonidan mulkdorlar tabaqasiga nisbatan ko‘rilgan choralar, ya’ni ularga tegishli mol-mulk, yer-suvlarning musodara qilinib, egalarining otib tashlanishi, amirlik xazinasining Moskvaga olib ketilishi, oziq-ovqat razvyorstkasi, islom dini va ulamolarga nisbatan dushmanlik siyosati, qizil askarlarning bosqinchilik va talonchilik xarakatlari xalqning kuchli noroziligini keltirib chiqardi. Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar ham keskinlashdi. Buxoroda amir hokimiyati ag‘darib tashlangan dastlabki xaftalardayoq mamlakatning g‘arbiy, markaziy va sharqiy qismlarida qizil armiyaning bosqinchilik siyosati va bolsheviklar zulmiga qarshi boshlangan qurolli harakat avj olib ketdi.
Yosh davlat yetakchisi F. Xo‘jaev murakkab va og‘ir sharoitlarda ishlashga majbur bo‘ldi. Buxoro hukumati ichida siyosiy bo‘linish kuchaydi. Bir tarafdan Buxoro kompartiyasi ichidagi so‘l va o‘ng kommunistlarga qarshi g‘oyaviy jihatdan kurash olib borishga to‘g‘ri kelsa, ikkinchi tarafdan RSFSR va uning favqulodda organlari bo‘lgan Turkkomissiya, Turkbyuro, O‘rta Osiyo byurosi yosh davlatning har bir qadamini kuzatib turar edi. Shunday bo‘lsada, Buxoro hukumati a’zolari mo‘’tadil turib faoliyat olib borishga harakat qildi. Ular BXSR amalda mustaqil bo‘lishi, e’tiqod erkinligi, islohotlar o‘tkazish zarurligini yoqlab chiqdilar.
1921 yil 18-23 sentabrda bo‘lgan Butun Buxoro xalq vakillarining 2-qurultoyi demokratik ruxdagi BXSR konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitutsiyada davlatni idora qilish uchun xalqning barcha tabaqa vakillari ishtiroki ta’minlandi. Xususiy mulk va savdo-sotiq erkinliklari unda o‘z ifodasini topdi. BXSR Konstitutsiyasi barcha fuqarolarga teng siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlik yo‘qotildi. 2-qurultoyda Butun Buxoro MIK tashkil qilinib, uning raisligiga Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaev (1887-1968) saylandi. 1922 yil avgustda bo‘lgan 3-qurultoyda bu lavozimni Porso Xo‘jaev egalladi.
Biroq Buxoro respublikasidagi demokratik jarayonlarga mamlakat tashqarisidan tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923 yil 3 iyunda Buxoroga SSSR Qurolli kuchlarining qo‘mondonlari tashrif buyurib, ular Buxoro hukumati faoliyatidan qoniqmayotganliklarini ochiq aytib, sotsialistik o‘zgartirishlarni jadallashtirishni talab qildilar. Sovet hukumati Buxoroga turli vakillarni yuborib, Buxoro hukumati oldiga turli talablarni qo‘ya boshladi. F. Xo‘jaevning eng yaqin safdoshlari bo‘lgan yosh buxorolik jadidlar – tashqi ishlar noziri Otaulla Xo‘jaev, maorif noziri Fitrat, moliya noziri Sattor Xo‘jaev va boshqalar lavozimlaridan chetlashtirilib, Buxoro davlati hududidan chiqarib yuborildi. Buxoro hukumati Moskva va Turkistondan yuborilgan sovet vakillari bilan to‘ldirildi. Hukumat ichida markazdan kelgan emissarlarning ta’siri kuchayib ketdi. 14 avgustda bo‘lgan Buxoro MIK favqulodda sessiyasida Buxoro Konstitutsiyasiga ham o‘zgartirishlar qilindi. Unga binoan barcha savdogar, mulkdor va sobiq amaldorlar saylov huquqidan mahrum qilindi. Jamiyat hayoti tobora siyosiylashib bordi. Buxoroda o‘tkazilayotgan demokratik islohotlar xavf ostida qoldi. Markaz talabi bilan sun’iy rpavishda sotsialistik qayta qurishlarni amalga oshirishga kirishildi. Respublikadagi bunday keskin vaziyatda qurolli muholifatchilik kuchayib bordi.
Shunday qilib, 1923 yil yozida sovet rejimi Buxoroda o‘ziga xos davlat to‘ntarishini amalga oshirdi. Milliy qo‘shin va milliy valyuta bolsheviklar tomonidan tugatildi. 1924 yil 18-20 sentabrda bo‘lib o‘tgan Butun Buxoro xalq vakillarining 5-qurultoyida BXSR Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) ga aylantirildi. Natijada taraqqiyotning demokratik yo‘li bekor qilinib, sotsialistik yo‘l tanlandi. Markazdagi bolshevik rahbarlarning Buxoro va Xorazm respublikalarini sotsialistik respublikalarga aylantirishdan ko‘zlagan maqsadi mahalliy xalqlarni tezroq sovetlashtirish va ruslashtirish, xalq ongiga kommunizm mafkurasini majburan singdirish edi. 1924 yil noyabr oyi oxirida xuddi Xorazm respublikasi singari Buxoro SSR ham tugatilib, uning hududi yangi tashkil etilgan O‘zbekiston SSR va Turkmaniston SSRga kiritildi. O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jami-yat yaratishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga oshirishda quyidagi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar: o‘lkada yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish, turli ma'rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, gazeta va jurnallar chop etish, xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini yuksaltirish yo‘li bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi.
Ilg‘or milliy ziyolilar faoliyatining muhim yo‘nalishi yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish edi. Bu maktablar bolalarning tez va oson savodxon bo‘lishlarini ta'minlabgina qolmay, balki ularda fanatizm va konservatizmdan xoli bo‘lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga ham xizmat qilar edi. Ular ham Sharq, ham G‘arb madaniyati yutuqlarini egallashga intil-dilar, o‘qidilar va o‘zgalarni ham shunga da'vat etdilar. Ma'rifatparvarlar xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta'lim taraqqiyoti da-rajasini ko‘ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo‘ldi. Natijada jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta'limni isloh etish va-zifasi qo‘yildi.
Yangi usul maktablarida ta'lim jarayonida Yevropa standartlari me-zon qilib olingan edi. Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asos-lari singari fanlar bilan bir qatorda islom ta'limoti asoslarini o‘rganishga ham katta e'tibor berilgan.
Yangi darsliklar yaratish masalasi juda dolzarb bo‘lib turar edi. Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchili-gida Qozon va Orenburgda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro va Xorazm Xalq respublikalarining demokratik islohotlar tomon bosib o‘tgan yo‘li o‘sha davr uchun ham, bugungi kun nuqtai nazaridan olib qaralganda ham mashaqqatli yo‘l bo‘ldi. Buxoro va Xorazm respublikalari atigi 4-5 yil ichida dunyoviy islohotlar joriy qilinayotgan demokratik davlatga aylana boshladi. Afsuski, bu jarayonlar mustabid sovet rejimi tomonidan zo‘rlik bilan to‘xtatib qo‘yildi va nisbatan mustaqil bo‘lgan bu davlatlarning mavjudligiga ham barham berildi.
Buxoro va Xorazm respublikalarining tugatilishi bilan kamida 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining milliy davlatchilik xalqasi deyarli uzib tashlandi. O‘zbekiston SSR tuzilsa ham (1925 yil fevral) oradan ko‘p o‘tmay u SSSR tarkibiga kiritildi. O‘zSSR amalda hech qanday mustaqil siyosiy huquqlarga ega bo‘lmay, yangi shakldagi mustabid sovet rejimining bir qismi bo‘lganligi uchun ham mustaqil davlat vazifasini o‘tay olmadi.

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə