Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. Xxsr va bxsrning tashkil topishi


XXSRning tashkil etilishi va undagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#135909
1   2   3   4
10- mustaqil ish

2.XXSRning tashkil etilishi va undagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar.
XXSRda kommunistlar olib borayotgan siyosat mahalliy kadrlarni, ziyolilarni, mustaqil fikrga ega bo‘lgan kishilarni yo‘qotishga qaratilgan edi. Xorazm respublikasi mavjud bo‘lgan atigi 5 yilga yaqin muddat ichida respublika hukumati – Xalq Nozirlar Sho‘rosi va Xorazm MIK raislari o‘n martadan o‘zgartirilganligi fikrimizning yaqqol isbotidir.
Xorazm respublikasi tuzilgan dastlabki oylardan boshlab g‘oyaviy-siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Yosh xivaliklar hukumati, demokratik kuchlar mahalliy sharoitni tushungan holda aholining urf-odatlari va qadriyatlarini e’zozlab ish olib bordilar. Ammo Xivani bosib olish jarayonida kirib kelgan qizil armiya, uning qo‘mondonlari respublikadagi ijtimoiy-siyosiy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatdilar. Ular mahalliy sharoitni, xalq ommasi kayfiyati va qarashlarini nazar-pisand qilmay tezkorlik bilan inqilobiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda Xorazm Kompartiyasi (1921 yil dekabrda tuzilgan) ularning eng yaqin yordamchisiga aylandi.
“Yosh xivaliklar” hukumati tez orada o‘zlarining aldanganliklarini anglab yetdilar. Natijada ular rus kommunistik bosqiniga qarshi istiqlolchilik harakatiga otlandilar. “Yosh xivaliklar” qizil armiyaga qarshi kurash olib borayotgan Junaidxon va boshqa kuchlarga yordam berdilar.
Xorazm respublikasida keyingi yillarda ham g‘oyaviy-siyosiy kurash davom etdi. Respublikaning ko‘plab rahbarlari mustaqillik uchun kurashni to‘xtatmadilar. 1923 yil bahorida savdo-sanoat noziri Nurullaev Moskvada RSFSR bilan bo‘layotgan muzokaralarda qat’iylik ko‘rsatgani uchun Xorazmga chaqirilib, qamoqqa olindi. Sovet Rossiyasining ko‘rsatmalari asosida 1923 yil yoz-kuzida Xorazm respublikasida tub siyosiy to‘ntarish amalga oshirildi. 1923 yil oktabrda XXSR Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR) ga aylantirildi. XSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu konstitutsiya davlatning sotsialistik qurilish yo‘liga o‘tishini qonunan mustahkamladi.
Xulosa qilib aytganda, 1923 yil kuzidan boshlab Xorazm respublikasidagi demokratik o‘zgarishlarga butunlay chek qo‘yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni o‘zining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bu holat 1924 yilning oxirigacha davom etdi.
3. Turkiston XKS Buxoro davlatiga g‘animlik qilib, amirlik tuzumini ag‘darishga harakat qilar edi. Bolsheviklar shu maqsadda Yosh buxoroliklarni qo‘llab-quvvatlab turdi. 1918 yil mart oyida amirlik poytaxti Buxopro shahriga hujum qildilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni o‘zgartirish uchun urinish to‘xtamadi. Amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan bu paytda yosh buxoroliklar bilan til topisha olmadi. Amirlikning turli hududlarida jadid vakillaridan juda ko‘pchilik o‘ldirildi va ta’qibga olindi. Yosh buxoroliklarning bir qismi 1918 yilning yozida Toshkentda Buxoro Kompartiyasini tuzishdi. 1920 yil yanvarda esa Toshkentda F. Xo‘jaev boshchiligidagi inqilobchi yosh buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tuzildi. Mazkur byuroning 1920 yil 13-14 iyunda bo‘lgan konferensiyasida F. Xo‘jaev tuzgan dastur qabul qilindi. Dasturda amirlik tuzumini qurol kuchi bilan ag‘darib tashlash va Buxoroni demokratik xalq respublikasi deb e’lon qilish talabi qo‘yildi. Yosh buxoroliklar katta boylar qo‘lidagi yerlarni musodara qilish, bepul boshlang‘ich ta’limni joriy qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, hunarmandlar sanoati, ichki va tashqi savdoning ahvolini yaxshilash yo‘lida amaliy chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
1920 yil 25 avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni M. Frunze qizil askarlarga Buxoroni bosib olish uchun buyruq berdi. Keskin janglardan so‘ng 2 sentabrda Buxoro shahri bosib olinib, said olimxon hokimiyati ag‘darib tashlandi. Qizil askarlar poytaxt Buxoro shahrini vayron qilib tashladilar. Shafqatsiz bombardimon natijasida shahar obidalarining beshdan bir qismi vayron qilinib, minglab begunoh odamlar nobud bo‘ldi. O‘sha dpavr manbalaridan birida yozilishicha: “Buxoroni bosib olish natijasida 34 guzar, 3000 dan ortiq do‘kon, 20 ta saroy, 29 ta masjid yonib harob bo‘ldi. Minorai kalonga ham zarar yetib, Olimxon va Mirarab madrasalari yonib ketdi”.
Shaharga kirgan qizil askarlar arkdagi amir xazinasini, Buxoro qozikaloni, qushbegi va boshqa amaldorlarning boyligini musodara qilganlar. Askarlar va qo‘shin boshliqlari talon-taroj evaziga katta boylik orttirdilar. Sentabr oyining boshida amirlik xazinasi va boshqa boyliklar ortilgan 2 eshelon yuk Samarqand va Toshkent orqali Moskvaga yo‘l oldi. Buxoro shahroidan keyin qizil armiya birin-ketin 27 beklikni ham egallab Buxoro amirligiga barham berdi. Har bir jamiyatdagi o‘zgarishlar o‘z davrining ta-rixiy sharoitidan kelib chiqib namoyon bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarda tarixiy shaxslar, ayniqsa, ziyoli-larning o‘rni katta bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos ilg‘or g‘oyalarni ilgari suradi. Ziyolilar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo‘llarini topishga harakat qiladi. Xuddi shunday jarayon XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Qrim, Kavkazorti, Turkiston, protektoratga aylantirilgan Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham ro‘y berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida mus-tamlaka zulmi ostidagi ziyolilar o‘z xalqlarini ma'rifatli qilish va ularning taraqqiyot darajasini ko‘tarishga qaratilgan harakatlarni boshladilar.
Qrim-tatar ma'rifatparvari bo‘lgan Ismoil G‘aspirali (1851-1914) butun turkiy xalqlar o‘rtasida yoyilgan jadidchilik harakatining asoschisi hisoblanadi. U diniy va dunyoviy bilimlarni chuqur egallab, jahon taraq-qiyoti bilan yaqindan tanishgan, bir nechta xorijiy tillarni, turli xalqlar-ning madaniyatini o‘rgangan edi. O‘zi egallagan bilimlar asosida Sharq va G‘arb dunyosini taqqoslab, turkiy xalqlarning taraqqiyotga erishish yo‘llarini izlaydi. Ismoil G‘aspirali 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos soldi. U o‘zi tuzgan ta'lim dasturi asosida darslik tayyorladi. Shu dastur bo‘yicha 40 kunda 12 ta o‘quvchining sa-vodi chiqarildi. Bu usul «usuli savtiya» - harf tovushi usuli, ya'ni «usuli jadid» nomi bilan keng tarqaldi. Uning 1888-yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh» kitobi chop etildi. Unda yangi usul maktab-larining ta'lim tizimi, dars o‘tish va uning tashkil qilinishi, o‘quv xonala-rining jihozlanishi, dars jadvali, ta'tillar, imtihonlar bayon etilgan.
1920 yil 14 sentabrda bo‘lgan Xalq Nozirlar Sho‘rosi, Revkom va Buxoro kompartiyasi MKning umumiy yig‘ilishida 9 kishidan biorat Butunbuxoro inqilobiy qo‘mitasi (raisi Abdulqodir Muhitdinov) va respublika hukumati – 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar sho‘rosi (raisi Fayzulla Xo‘jaev) tuzildi. Bu paytga kelib inqilobchi Yosh buxoroliklar partiyasi a’zolari Buxoro kompartiyasi safiga kirgan edilar. Asosan jadidilardan tashkil topgan Buxoro hukumatining deyarli barcha a’zolari o‘qimishli kishilar edi. Buxoro jadidlari o‘zlarining islohotchilik g‘oyalarini yangi hukumatdagi faoliyatlari davomida amalga oshirishga harakat qildilar.

Buxoro jadidchiligi ayrim mutaassib mullalar, yangilik va islohotlarni xush ko‘rmaydiganlar oqimi qarshiligiga uchradi. 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati siyosiy tashkilot sifatida shakllana bosh-ladi. XX asrning boshlarida Buxoro taraqqiyparvar kuchlari vaziyatga tanqidiy yondashgan holda davlatning ichki boshqaruv tizimi zamon ta-lablariga javob bermasligini, siyosiy-ma'muriy tuzumni o‘zgartirish lo-zimligini chuqur anglay boshladilar. Xiva xonligida XX asr boshlarida shakllangan taraqqiyparvarlik harakati esa boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. Xiva xonligida jadidchilik ikkita oqimdan iborat bo‘lib, uning o‘ng oqimi Bosh vazir Islomxo‘ja boshchiligida xonlikdagi savdo-sanoat korxo-nalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini birlashtirdi. Mazkur oqim o‘z oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda is-lohotlar o‘tkazilishini maqsad qilib qo‘ydi. So‘l oqim esa qozikalon Bobooxun Salimov rahbarligida sarmoyadorlar, hunarmandlar va bosh-qa tabaqa vakillarini birlashtirib, yangi usul maktablarini tashkil qi-lish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishmoqchi bo‘ldilar.


Turkistonda ma'rifatparvarlik harakatining yoyilishi bu davrdagi mustamlakachi hukumat va uning amaldorlari hamda mahalliy mutaas-sib va johil ruhoniylarning qarshiligiga uchradi. Shunga qaramay, jadid-lar matbuot, noshirlik va teatr sohalarida faoliyatlarini davom ettirdilar. 1898-yilda Qo‘qon shahrida Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabini ochdi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabini ochib, ko‘plab o‘quvchilarning yangi usulda ta'lim olishlariga erishdilar.

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə