Zamonaviy kurashning paydo bo'lishi Reja



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə1/7
tarix27.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#107193
  1   2   3   4   5   6   7
Zamonaviy kurashning paydo bo\'lishi


Zamonaviy kurashning paydo bo'lishi
Reja:



  1. Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari

  2. O’qitishning maqsadlari va vazifalari
  3. Sport kurashi trenerining kasb-pedagogik faoliyati

  4. O’qitishning amaliyot bilan bog’liqligi tamoyili



Toshkent – 2023

Kurash


Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish san’ati ko‘p xalqlarda qadim zamonlardan buyon ma’lum. Kurash ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiada musobaqalaridan doimiy o‘rin olib kelgan. Milliy Kurashning xilma-xil ko‘rinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya, O‘zbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda mavjud.

Zamonaviy sport Kurashining asosiy qoidalari 18-asr oxiri 19-asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912 yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, O‘zbekiston 1993 yildan a’zo). Xalqaro maydonda sport Kurashining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda o‘zbek Kurashi ham alohida Kurash turi sifatida dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan Kurash bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan o‘zbek turmush tarzining uzviy qismi bo‘lganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qo‘lyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya (O‘zbekiston janubiy) hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham Kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi bo‘lganidan dalolat beradi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (2-3-asr) va boshqa tarixiy shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari o‘zlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart ko‘yish yo‘li bilan aniqlashgan va bu shartda Kurash musobaqasi bo‘lgan. Bunga o‘zbek xalq qahramonlik dostoni - «Alpomish»dagi Barchin shartlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida yozgan: « Kurashning turlari ham bor Ulardan biri ikki kurashuvchining biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab o‘ziga tortadi, shu bilan birga o‘z raqibidan qutulishning chorasini qiladi...». Bu ta’rif zamonaviy Kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Alisher Navoiyning «Hamsa», «Holoti Pahlavon Muhammad», Zayniddin Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye’», Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvat-nomai sultoniy», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida Kurash hakida qimmatli ma’lumotlar bor. 9-16-asrlarda Kurash xalq o‘rtasida keng ommalashgan. Shu davrda P ahlavon Mahmud, Sodiq polvon qabilar Kurash dovrug‘ini oshirishgan.


O‘zbek xalq yakka kurashining belbog‘li kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli ko‘plab arxeologik topilmalar va tarixiy qo‘lyozmalar mavjud. Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub qadimgi Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbog‘li kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qadimgi «Tan-shu» qo‘lyozmasida Farg‘ona vodiysida to‘ylar, sayllar Kurash musobaqalarisiz o‘tmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xo‘ja polvon va shu kabi Kurashning ana shu turida shuhrat qozonishgan (19-asr oxiri - 20-asr boshi). Chorizm istilosi va sho‘rolar davrida o‘zbek milliy Kurashini xalq turmush tarzidan sun’iy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-asrning 90-yillari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi.


1991 yilda kurashchilar sulolasi vakili, bir necha Kurash turlari bo‘yicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov o‘zbekcha Kurashning xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: Kurash tushuvchilar 14x14 m dan 16x16 m gacha bo‘lgan, chetroq qismi qizil rangli «xavfli chiziq» bilan belgilangan ko‘k-yashil tusli Kurash gilamida tik turgan holatda bellashadilar. G‘olib ishlatilgan usullar va maydondagi hatti-harakatlariga qo‘yiladigan baholarga qarab aniqlanadi. Kurashda bo‘g‘ish, raqibga og‘riq beruvchi usullar qo‘llashga ruxsat etilmaydi, kurashuvchilarning biri ko‘k, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar yaktak ichidan oq rangli futbolka) kiyadi, belga eni 4-5 sm li tasma (belbog‘) bog‘lanadi, erkaqlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar, yoshi ulug‘lar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususiyatlari hisobga olingan holda vazn toifalari belgilanadi). Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA)ning 2003 yil Toshkentda o‘tgan kongressi har bir uchrashuvning qizg‘in bo‘lishini ta’minlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 minut qilib belgiladi.
Sport kurashi nazariyasi va usuliyati o’quv fani sifatida tayyorgarlik va ularda qatnashish, shuningdek trenirovka jarayonini ilmiy-uslubiy ta’minlashni qamrab oladigan ko’p omilli jarayon sifatida qaraladi.


Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda «chala», «yonbosh», «halol» baholari, qoidaga zid harakatlarga esa «tanbeh», «dakki», «g‘irrom» jazolari beriladi. Kurashuvchi «halol» bahosini olsa (yoki raqibi «g‘irrom» bilan jazolansa) bu uning g‘alabasini bildiradi. Ikki bor «yonbosh» bahosini olish (yoki raqibining ikki bor «dakki» deya jazolanishi) ham g‘alabani anglatadi. «Chala» baholari hisobga olib borilib, baho olgan kurashchiga g‘alaba beriladi, kurashchilarning baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega bo‘ladi, jazolar soni teng bo‘lsa oxirgi jazo olgan mag‘lub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) bo‘lsa, g‘olib hakamlarning ko‘pchilik ovoziga ko‘ra e’lon qilinadi. 1992 yilda O‘zbekistonda kurash federatsiyasi, 2001 yilda O‘zbekistonda belbog‘li kurash federatsiyasi tuzildi. 1998 yil sentyabrda Toshkentda 28 davlat (AQSh, Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollan diya, Rossiya, O‘zbekiston, Yaponiya va h.k.) vakillari Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) muassislari bo‘lishdi va shu munosabat bilan bu yerda o‘zbekcha Kurash bo‘yicha yirik xalqaro musobaqa o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalqaro kurash assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni (1999 yil 1 fevral) o‘zbek milliy Kurashining yanada rivojlanishiga turtki bo‘ldi. O‘sha yili Toshkentda o‘zbekcha Kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati, Rossiyaning Bryansk shahrida ayollar o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. IKA qoshida Xalqaro Kurash akademiyasi, Butun jahon Kurashni rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi, assotsiatsiya muassisligida «Kurash» jurnali ta’sis qilindi. Adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik, axborot-reklama yo‘nalishidagi bu jurnal Toshkentda 1999 yil oktyabr oyidan buyon nashr etiladi. 2000 yil O‘zbekistonda Kurash oyligi o‘tkazildi. Bu oylik davomida 2 millionga yaqin kishi Kurash gilamiga chiqdi. Buyuk Britaniyada IKA faxriy prezidenti Islom Karimov nomidagi an’anaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001 yildan Xalqaro Kurash intituti (Toshkentda) faoliyat ko‘rsata boshladi. IKA ga 66 ta milliy federatsiya a’zo bo‘lib kirdi (2003). Yevropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya Kurash konfederatsiyalari tuzildi. Hozirgi paytda o‘zbekcha Kurash bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shug‘ullanadi. Kurashning bu turi bo‘yicha jahon, qita va mamlakatlar chempionatlari hamda birinchiliklari, O‘zbekistonda at-Termiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan va boshqa ko‘plab xalqaro musobaqalar muntazam o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 22 ta olimpiada o‘rinbosarlari maktabi, 37 ta bolalar-o‘smirlar sport maktabi va 206 ta Kurash maktabida sportning bu turi bo‘yicha o‘quvchilarga tahsil beriladi. Oliy o‘quv yurtlarida 100 dan ortiq Kurash to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi. Kurashchilar bilan 851 nafar murabbiy shug‘ullanadi (2003). Osiyo olimpiya kengashi 2003 yilda Kurashning bu turini Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritdi. Kurash bo‘yicha o‘tkazilidigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq Axmedov, Maxtumquli Mahmudov, Kamol Murodov, Toshtemir Muhammadiyev, Akobir Qurbonov (O‘zbekiston), Kubashxonim Elknur, Selim Totar o‘g‘li (Turkiya), Aleksandr Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananets (Polsha), Xiroyoshi Kashimoto (Yaponiya) va boshqalar g‘olib chiqdilar va sovrindor bo‘ldilar.
Arxeologik dalillarga ko‘ra bizga ma’lumki, kurash bilan Xrist tug‘ilishidan deyarli 3000 yil oldin shug‘ullanib kelishgan. Bu ham harbiy mashg‘ulot turi, ham tanani chiniqtirishning erta shakllaridan biri, ya’ni ideal inson tanasini kamolotga yetkazish yo‘li bo‘lgan. Eramizdan avvalgi 3-ming yil oldingi vaqtdan buyon Vavilon san’at uslublari kurashchilarni aniqlab bergan, bu maxsus ushlash tasmalaridan foydalanib bir-birlarini ushlashlari orqali amalga oshirilgan. San’atning o‘xshash uslublari Misr, Hindiston, Yaponiya, Xitoy va Yevropada topilgan bo‘lib, u eramizdan avvalgi birinchi asr o‘rtalariga borib taqaladi.1
Sport kurashi eng qadimgi sport turlaridan biri bo’lib, juda qiziqarli va yorqin tarixga ega. Qadimda inson ko’p ming yillar davomida instinktli hujum va himoyalanish harakatlaridan to zamonaviy kurash turlari usullariga yaqin bo’lgan koordinasiyalashgan harakatlargacha qiyin yo’lni bosib o’tgan.
O’troq hayot boshlanishi bilan xalqlarning jismoniy tarbiyasida jangovar tayyorgarlikka xos bo’lgan va birinchi navbatda, har xil yakkakurash turlari oldingi qatorga qo’yilgan. Qadimda insonning muntazam yashash joylarida ov qilish sahnalari bilan bir qatorda kurashayotgan kishilarning tasviri paydo bo’la boshladi.
Misr exromlari devorlarida ko’rinishiga qaraganda mukammal texnikaga ega bo’lgan kurashchilarning tasvirlari topilgan. Taxminan e.a. 2800 yilda tayyorlangan bronzali haykal belbog’li kurashning eng qadimgi yodgorligi hisoblanadi. Buning asosida raqibni chirmab olishning og’riq beruvchi usuli yotadi.
Qadimgi Xitoyda jismoniy tarbiyaning birinchi paydo bo’lishi e.a. 3 ming yillikning boshiga to’g’ri keladi. Taxminan e.a. 2698 yilda “KUNFU”, deb nomlangan kitob yozilgan, unda birinchi bor xalqlar o’rtasida keng tarqalgan davolovchi gimnastika, massaj, kasalliklardan forig’ etuvchi raqslar, shuningdek jangovar raqslarning tasnifiy ta’riflari tizimlashtirilgan.

Kurash


O’zbek kurashi qadimda dunyoga kelgan bo’lib, bu ko’p sonli tarixiy yodgorliklarda o’z aksini topgan.


Baxslarni tinchlik yo’li bilan hal qilish, shuningdek dushammanni asirga olish usullarini o’z ichiga oladigan kurash usullarini tasvirlovchi qadimiy rasmlar hozirgi O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan. Aytish joizki, musobaqalar oldidan uloqtirishlar, sakrashlar, kuchni namoyish qilishni o’z ichiga oluvchi mashqlar bajarilgan. Ular raqiblarning o’zaro bellashuvlari oldidan badan qizdirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Kurashchilar bir-birining teridan ishlangan belbog’idan yoki ustki kiyimining turli joyidan ushlab, kurashishni boshlaganlar. Raqibni erga tashlash usulini bajarishda oyoqlarning ishiga hamda chalish usuliga katta e’tibor berilgan.
O’zbekiston hududida yashovchi xalqlarda bellashuv birinchi tashlashgacha davom etgan. Bu musobaqalar milliy musiqa ohanglari sadolari ostida o’tkazilgan va musobaqa g’olibi xalq o’rtasida katta hurmatga sazovor bo’lgan.
Kurashchilar bellashuvlari g’alaba, oilaviy tantana yoki mavsumiy bayramlar munosabati bilan o’tkaziladigan bayramlar bezagi bo’lgan. Buyuk allomalarimiz, yozuvchi va olimlarimiz: Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501) asarlarida kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko’rinib turibdiki, o’zbeklarda usullar tizimi etarlicha rivojlangan milliy kurash mavjud bo’lgan.
Hozirgi O’zbekiston hududida qadimdan ikkita kurash turi shakllangan: raqib belbog’ini oldindan ushlab olish va raqibni erkin ushlab olish. Kurashning birinchi turi “farg’onacha”, ikkinchisi - “buxorocha” usul deb nomlandi. Kurashning bu turlari hozirgi kunda ham respublikamizda keng tarqalgan. Ushbu turlar buyicha respublika, Osiyo va xalqaro musobaqalar o’tkaziladi.
1998 yilda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tashkil qilindi. 1999 yildan boshlab jahon chempionatlari o’tkazib kelinmoqda. A.Qurbonov, K.Murodov va T.Muxammadievlar birinchi jahon chempioni unvonini qo’lga kiritgan sportchilardir.
O’zbek kurashi qadimda dunyoga kelgan bo’lib, bu ko’p sonli tarixiy yodgorliklarda o’z aksini topgan. Baxslarni tinchlik yo’li bilan hal qilish, shuningdek dushammanni asirga olish usullarini o’z ichiga oladigan kurash usullarini tasvirlovchi qadimiy rasmlar hozirgi O’zbekiston hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar davomida topilgan. Aytish joizki, musobaqalar oldidan uloqtirishlar, sakrashlar, kuchni namoyish qilishni o’z ichiga oluvchi mashqlar bajarilgan. Ular raqiblarning o’zaro bellashuvlari oldidan badan qizdirish vositasi sifatida xizmat qilgan. Kurashchilar bir-birining teridan ishlangan belbog’idan yoki ustki kiyimining turli joyidan ushlab, kurashishni boshlaganlar. Raqibni erga tashlash usulini bajarishda oyoqlarning ishiga hamda chalish usuliga katta e’tibor berilgan.

O’zbekiston hududida yashovchi xalqlarda bellashuv birinchi tashlashgacha davom etgan. Bu musobaqalar milliy musiqa ohanglari sadolari ostida o’tkazilgan va musobaqa g’olibi xalq o’rtasida katta hurmatga sazovor bo’lgan.
Kurashchilar bellashuvlari g’alaba, oilaviy tantana yoki mavsumiy bayramlar munosabati bilan o’tkaziladigan bayramlar bezagi bo’lgan. Buyuk allomalarimiz, yozuvchi va olimlarimiz: Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501) asarlarida kuchli kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan hamda ba’zi usullarning ta’rifi keltirilgan. Ushbu asarlardan ko’rinib turibdiki, o’zbeklarda usullar tizimi etarlicha rivojlangan milliy kurash mavjud bo’lgan.
Hozirgi O’zbekiston hududida ikkita milliy kurash turi shakllangan: KURASH-(raqibni erkin ushlab olish) va BELBOG’LI KURASH-
(raqib belbog’ini oldindan ushlab olish). Kurashning birinchi turi “buxorocha” usul deb nomlandi, ikkinchisi “farg’onacha” deb nomlangan. Kurashning bu turlari hozirgi kunda ham Respublikamizda keng tarqalgan. Ushbu turlar buyicha respublika, Osiyo va xalqaro musobaqalar o’tkaziladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə