Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
34
популярность традиции “арбаъин”, его жанровые особенности, проза и поэзия среди арабских, 
персидско-таджикских и тюркских народов, их возведение в литературную традицию, а также 
показана ее связь с Кораном и хадисами.
Ключевые слова:
Аяты Корана, хадисы, арбаъин, “Арбаъин”–“Чиxил xадис”, арабский, 
персидский, турецкий языки, традиция, Абдурахман Жами, Алишер Наваи, Мухаммад Физули.
Annotation. 
This article highlights the traditions of writing the Arbain’s works in the history of Eastern 
literature and their features. In particular, the popularity of the Arbain’s tradition, its genre features, prose 
and poetry among the Arab, Persian-Tajik and Turkic people, their elevation to the literary tradition, as 
well as its relationship with the Qur’an and Hadith are revealed.
Keywords:
The verses of the Qur’an, Hadith, Arbain, “Arbain” – “Chihil Hadith”, Arabic, Persian, 
Turkish languages, tradition, Jami, Navai, Fusuli.
Jahon xalqlari bir-birlarining san’ati, adabiyoti, ilm-fani va madaniyati yutuqlaridan bahramand bo‘lishi 
umuminsoniy ma’naviy hamda madaniy qadriyatlarning shakllanishi, insoniyatning ma’naviy yuksalishida 
muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgan bugungi kunda barcha sohalar qatori ilmiy 
merosimizning tarkibiy qismi bo‘lgan mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining diniy, ma’naviy, badiiy 
asarlarini o‘rganishda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Sharq mumtoz adabiyotida o‘ziga xos an’anaga 
ega bo‘lgan buyuk allomalarimizning badiiy-ma’rifiy, diniy merosiga oid ko‘p asrlik arba’in qo‘lyozma 
manbalarini, jumladan, Jomiy, Navoiy va Fuzuliy “Arba’in” – “Chihil hadis” asarlarini o‘rganish bugungi 
avlodlarning ta’lim-tarbiyasi va ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Islom dini o‘z taraqqiyoti hamda butun Sharq hududiga keng va chuqur kirib borishi natijasida islom 
mintaqa madaniyati doirasidagi xalqlarning tafakkurini ma’naviy qadriyatlar asosida birlashtirib, mohiyatan 
barcha musulmon xalqlari uchun yagona bo‘lgan yaxlit madaniyatning, xususan, yaxlit falsafa, ilm-fan, badiiy 
adabiyotning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Islom ensiklopediyasida qayd etilishiga ko‘ra, “islom 
dini dunyo dinlarining biri sifatida insoniyat tamadduni tarixida juda katta rol o‘ynadi hamda hozirgacha 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida dunyo bo‘ylab ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Shu bois ham musulmon 
davlatlari xalqlarining madaniy merosi va mafkuraviy-ma’naviy qadriyatlariga nisbatan qiziqish kundan 
kun ortib bormoqda”
24
.
Islom dinining xalqimiz tarixi, madaniyati, urf-odatida tutgan o‘rnini xolis baholash maqsadida milliy 
o‘zlikni anglash va ajdodlarimizning boy ilmiy-falsafiy va madaniy-ma’rifiy me’rosini qayta tiklash borasida 
izchil davlat siyosati olib borilmoqda. Chunki din inson mafkurasi va e’tiqodida o‘ziga xos o‘ringa ega 
bo‘lib, diniy e’tiqod odamlar uchun zarur ma’naviy ehtiyojdir.
Din insonlarning ma’naviy poklanishi, axloqiy tarbiyasi, insoniy komilligi, hayot zarbalariga qarshi 
kurashidagi tayanchi, xalqlar va millatlar ma’naviy boyligi va boy madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi, 
inson ijtimoiy taraqqiyotining uzviy tarkibiy qismi hisoblangan. Din inson ma’naviy shakllanishida uning 
tabiatida chuqur ildiz otgan insoniy еtuklik va barkamollik, insonparvarlik me’yorlaridan biridir. 
Islom dini arkonlarini keng targ‘ib va tashviq etish maqsadi XII asrga kelib, musulmon sharq xalqlari 
mumtoz adabiyotida “Arba’in” – “Chihil hadis” asar yozish, ya’ni qirqta hadisni bir еrga jamlab, uning 
ma’nosini avom xalqqa tushuntirib berish, unga sharh yozish an’anaga aylanib bordi. 
Qo‘lyozma manbalarda barcha arba’inlarning kelib chiqishiga sabab qilib quyidagi hadis keltiriladi: 
“Mening ummatimdan kimki din amri bilan qirq hadisni yod olsa, oxirat kunida allomalar va faqihlar 
jamoasidan o‘rin oladi”. 
Shunga ko‘ra, Sharq mumtoz adabiyotida mavjud an’analardan biri bu –muayyan qirqta hadisga nasr 
yoki nazmda sharh yozish an’anasidir. Sharq xalqlari adabiyoti tarixida Puroniy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, 
Muhayyir, Mahmudxon Mahdum, Anvar Hojiahmedov, Shukur Qurbon kabilarning qirq hadis sharhiga 
bag‘ishlangan she’riy “Arba’in” asarlari keng shuhrat qozongan. Adabiy an’ana badiiy asar mavzusi, g‘oyasi, 
uning tuzilishi, janr, vazn, syujet, kompozitsion qurilish kriteriyalariga doir muntazam takrorlanuvchi 
xususiyatlar majmuyining normaga aylanishi, qonuniyat darajasida amal qila boshlashi negizida shakllanadi. 
24
Ислам: Энциклопедический словарь. – Москва: Наука, 1991. – С. 3-315.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə