Zamonaviy psixologik ta`lim



Yüklə 35,64 Kb.
səhifə10/11
tarix19.06.2023
ölçüsü35,64 Kb.
#117854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Zamonaviy psixologik ta`lim

L.A.Rostovetskayaning eksperimental tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, “o‘zi” uchun fikr va boshqalar uchun fikr” bir-biridan tubdan farq qiladi. Fikrni ob’ektivlashtirish - uni sub’ektivlashtirishga nisbatan muhim va murakkab bosqichdir.
Uchinchi yo‘nalish D.B.Elqonin va V.V.Davidovlarning tadqiqotlarida kuzatiladi. V.V. Davidov o‘quv dasturlarini tuzishning an’anaviy usullarini tanqid qilib, ularga kiritilgan ta’lim mazmuni va metodlari oqilona bilimning mahsuldor shakllarini emas, empirik tafakkur asoslari va qoidalarini o‘quvchilariga singdirish mujassamlanganligini ta’kidlaydi. Bularga qarama-qarshi g‘oya sifatida muallif “umumiy mazmundan fikran xususiylikka” tamoyili bo‘yicha o‘quvchilarda tafakkurning zamonaviy ilmiy-texnikaviy tipini, ya’ni ularda nazariy tafakkurni shakllantiruvchi dasturlarni tuzishni zarur deb hisoblaydi.
Muallifning maktab ta’limida nazariy tafakkurning rolini oshirishga intilishi yuqori bahoga loyiq.
To‘rtinchi yo‘nalish - psixologiyada keng tarqalgan ta’limot bo‘lib, ijodiyot muammolarini tahlil qilishga qaratilgandir. Hozirgi davrda ijodiy jarayonning psixologik tabiati va qonuniyatlari yuzasidan juda ko‘p bahslar olib borilmoqda.
Psixologiya fanida bu muammoning yagona echimi topilganicha yo‘q, lekin izlanishlar ishonch hissini uyg‘otmoqda. Ijodiyot insonlar uchun muayyan mahsulot olishga, jamiyat taraqqiyoti uchun foydali moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratishga olib keladigan faoliyat sifatida talqin qilish g‘oyasi keng tarqalgan. Lekin psixolog uchun bunday ta’rif etarli emas, chunki bu asnoda jarayon emas, balki faoliyatning natijasi - yaratilgan mahsulotning yangiligi va o‘ziga xosligi birinchi o‘rinda turadi. Faoliyat jarayonini psixologik tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, natijalar yangi bo‘lmaganda ham, o‘ziga xos bo‘lmaganda ham ijod unsurlari ishtirok etadi. Agarda o‘quvchi uning uchun yangi bo‘lgan topshiriqni mustaqil hal qilsamavjud bilimlarini qayta qursa, o‘zgartirsa, darsliklar yoki boshqa bilish manbalarini o‘rganishda, ob’ekt bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishda yangi bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirsa, bunday bilish faoliyatini ijodiy deb atash mumkin.Jahon fanining gnoselogik ta’limotiga ko‘ra, ijod 2 xil bo‘lishi mumkin: a) ijod “boshqalar uchun kashfiyot” sifatida, b) ijod “o‘zi uchun yangilik” sifatida. Birinchi holatda natija ijtimoiy ahamiyat kasb etsa, ikkinchi holatda esa - natija bunday xususiyatga ega emas.
Ijodiy jarayon - murakkab psixologik tabiatga ega ekanligi tufayli, dastlab ijod psixologiyasida san’at va adabiyot sohasida ishlaydigan kishilarning faoliyati o‘rganilgan (badiiy ijod), holos. Hozirgi davrda tadqiqotchilar tomonidan yangi g‘oyalarni ishlab chiqilishi mahsulasi yo‘sinda ta’riflanadigan ilmiy ijodiyot jarayonining qonuniyatlari, mezanizmlari, fenomenologiyasi muvaffaqiyatli o‘rganilmoqda.



Yüklə 35,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə