Zamonaviy psixologik ta`lim


Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir.Motivatsiya



Yüklə 35,64 Kb.
səhifə3/11
tarix19.06.2023
ölçüsü35,64 Kb.
#117854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Zamonaviy psixologik ta`lim

Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir.Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni,motivlar yig‘indisi bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o‘qish motivlari "nima uchun?” "nimaga?", "kanday maksad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. O‘quv faoliyatida o‘quv motivlari o‘quvchilar tomonidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli Yosh davrlarida turlicha bo‘ladi.

O‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

1.Ichki manbalar. Ular insoniy tug‘ma yoki orttirilgan ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug‘ma axborotga bo‘lgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.

2.Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-
sharoitlari bilan belgilanadi.

Talablar ularning birinchisi bo‘lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy xulq-atvorini bildiradi. Bog‘cha, maktab, oila boladan juda ko‘p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.

Ijtimoiy kutish har birimizdan ma’lum bilimlar, ko‘nikmalar darajasini bo‘lishi, zarurligini jamiyat kutishini bildiradi. Masalan, bir Yoshli bola yurishi kerak, 7 Yoshdan u o‘qishi kerak, 15 Yoshdan u kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar - shaxs faoliyatini belgilovchi ob’ektiv shart-sharoitlardir, Masalan, boy kutubxona bolani ko‘p kitob o‘qishga undaydi.

3. SHaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari tizimi
ustanovkalari, g‘oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning kechishiga ta’sir etib ta’lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi.

Yüklə 35,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə