Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mundarija


Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro aspektlari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə11/14
tarix17.01.2018
ölçüsü0,77 Mb.
#21229
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14

Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro aspektlari
Hozirgi vaqtda global tavsifga ega bo‘lgan ekologik muammolarni hal qilish muhim va zarur ekanligi butun dunyo mamalakatlari tomonidan tan olindi. Mamlakatlarning geografik o‘rni va iqtisodiy rivojlanishdan qat’iy nazar ularning serqirra va o‘zaro bog‘liqligining umumiy chora-tadbirlari va takliflarini ishlab chiqishni talab qiladi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, jahonning turli mamlakatlari atrof-muhitni sog‘lomlashtirish dasturlarini hayotga tatbiq qilish bo‘yicha bir xil imkoniyatga ega emas. Bu borada hamkorlik va dunyo hamjamiyatining yordami ham muhimdir.

Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro aspektlar quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:



  • tabiatdan foydalanish milliy dasturlarini tadbiq qilishda tajriba almashuv;

  • davlatlararo dastur hamda bitimlarni yaratish va joriy qilish;

  • atrof-muhit holatini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlarni ta’sis etish va qabul qilingan bitimlarni bajarish.

Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish milliy dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Bu dasturlarni tadbiq qilish, birinchi navbatda, to‘planib qolgan ifloslanishni yo‘qotishga, ko‘zda tutilgan choralar asosan ishlab chiqarish faoliyati natijasida kelib chiqqan noxush natijalarni bartaraf etishga yo‘naltiriladi. Bunday yondashish dastlab o‘zini oqladi, keyinchalik esa, ba’zi hollarda ekotizimni buzilganligi sababli tezkorlik bilan qutqarish ishlarini olib borishga to‘g‘ri keldi. Hozir bularga boshqacha urg‘u berilmoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda tabiatdan foydalanish bo‘yicha majmuali dasturlar qabul qilingan. Bular qonuniy ravishda amal qiladi. Unda tabiatdan foydalanish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha davlatning kuchli roli o‘z ifodasini topgan, huquq va ma’suliyati aniqlangan.

Rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan foydalanish tadbirlariga davlatning aralashuvi sezilarli tavsifga ega. Boshqarish tizimlari tuzilib, ularda tabiatdan foydalanish sifatining maqsadlari, ularning ob’ektlari (havo baseyni, suv tizimlari, yer resurslari, o‘rmonlar va boshqalar) ko‘rsatilgan. Atrof-muhit monitoringi, jarayonlarniboshqarish, moliyalashtirish, tabiatdan foydalanish faoliyatlarini rag‘batlantirish qoidalari ishlab chiqilgan.

So‘nggi yillarda atrof-muhit holatiga ma’sul tarmoq vazirliklarini o‘z ichiga olgan davlat boshqaruv organlarining ko‘payish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ekologik muammolarni hal etishdagi tajriba va miliy dasturlar

Barcha mamlakatlarda milliy miqyosida tabiatdan foydalanish siyosatiga rahbarlikni uyushtiruvchi mrkaziy organlar paydo bo‘ldi. Masalan, Yaponiyada atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Fransiyada vazirlik, AQShda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Federal Agentlik (qator shtatlarda o‘z bo‘limiga ega) va boshqalar.

Tabiatni muhofaza qilishni davlat tomonidan tartibga solish usullarini turli-tumanligiga qaramasdan, bu yerda umumiylik shundan iboratki, davlat tabiat muhofazasi siyosatining maqsadlarini o‘rnatadi, tabiatdan foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabat me’yorlarini, ya’ni xo‘jalik mexanizmi deb ataluvchi qoidalarni ishlab chiqadi. Bu mexanizm o‘zining elementlari bilan iqtisodiy va noiqtisodiy tavsifga ega bo‘lib, bozor munosabatlari asosida harakat qiladi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ekologik siyosatni o‘tkazish va harakat qilish asosida turli xil ifloslanish standartlarini o‘rnatish yo‘li bilan atrof-muhitning me’yoriy sifat holati tamoyillariga asos solindi. Bu andozaga o‘tish bilan soliq siyosatiga mos ravishda (jazolovchi, avf etuvchi va rag‘batlantiruvchi tavsifga ega bo‘lgan) imtiyozli kredit berish, me’yoriy va me’yoridan ortiq darajasi uchun to‘lovlar, jarima to‘lash va boshqalar amalga oshiriladi.

Noiqtisodiy sharoitlarga quyidagilara kiradi:

- ishlab chiqarishni bevosita ta’qiqlash;

- korxonani yopishni ma’muriy hal qilish;

- jinoiy javobgarlikka tortish.

Masalan, AQSH tabiatni muhofaza qilish agentligi har bir fuqaro yoki kompaniyaga me’yoridan ortiq ifloslantirganligi uchun jinoiy ish qo‘zg‘atib, qamoq jazosini o‘rnatish huquqiga esa.

Hozirgi vaqtda tabiat muhofazasi bo‘yicha faol siyosatga o‘tish rivojlanayotgan mamalakatlarga xosdir. Ularda chegaralash, ishlab chiqarish hajmining o‘sayotgani bilan emas, balki “iflos” ishlab chiqarish korxonalari sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiat muhofazasi bo‘yicha qonunlar ishlab chiqildi, davlat organlari ta’sis etildi, ekotizimni saqlash dasturlari yaratilmoqda, ifloslanish andoza va me’yorlari ishlab chiqilmoqda. “Uchinchi dunyo” mamlakatlari uchun albatta rivojlangan mamlakatlar tajribasi, xususan tejash, chiqindisiz texnologiya, agrar sohada hosildorlikni ko‘tarish va yoqilg‘i – energetika resurslaridan foydalanish samaradorligi kabilar muhimdir. Bu tajribalar tabiat muhofazasi bo‘yicha juda ko‘p muammolarni yechishda, umumiy ijimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini amalga oshirishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.

O‘tish davrini o‘tayotgan mamlakatlarda (Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya, MDH) tabiat muhofazasi bo‘yicha faoliyat tajribalari o‘sha rejalai, Markaziy boshqaruv davrida to‘plangan edi.

XX asrning 70-80 yillarida tabiat muhofazasi bo‘yicha qator qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Tabiat muhofazasi bo‘yicha davlat boshqaruv tizimi yaratildi. Iqtisodiy monitoring (nazorat punktlari tizimi havo va suv havzalari holati) barpo qilindi, iqtisodiy ta’sir qilish elementlari (soliq, dotatsiya, jarima, imtiyoz), ekologik fondlar tuzila boshladi. Hozirgi vaqtda (ayniqsa, o‘tish davrini o‘tayotgan mamlakatlarda) bu tajribalarning ijobiy tomonlarini saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda tabiat muhofazasi uchun sarf-harajatlarni tejash uchun moyillik bo‘ladi. shub lian birga bozor iqtisodiyotiga o‘tish nafaqat mamlakatni iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi, balki unda ekologik vazifani yaxshi tomonga o‘zgartiradi.

Birinchidan, bu qayta ko‘rish tizimining zarurligiyu ya’ni xo‘jalikning “og‘ir” sektorida qator samarasiz ishlab chiqarish korxonalarini yo‘qotish bilan va markazlashgan iqtisodiyot uchun xos bo‘lgan resurslarni yo‘qotishni to‘xtatish bilan bog‘liq.

Ikkinchidan, korxonalarni davlat moliyasiga kirib borishini to‘xtatish, resurslarni subsidiya qilishni to‘xtatish bilan bog‘liq. Bu resurslarni iste’mol darajasini, xususan energiyasizlikni pasaytiradi.

Uchinchidan, kapitalni haqiqiy qiymatiga ishonch hosil qilish bilan bog‘liq. Xom-ashyo resurslarini foydalanishda isrofgarchilikka barham berish bilan birga ishlab turgan korxonalarda jihozlarni uzluksiz almashtirib turishga to‘g‘ri keladi, hamda yangilarini qurish va eski texnologiyalarni konservatsiya qilinadi.

To‘rtinchidan, xususiylashtirish bilan bog‘liq, ya’ni davlatni ekologik harajatlardan holi qilish. So‘nggi yillarda bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda zararli chiqindilar hajmi keskin kamaydi. Bu birinchi nabvatda iqtisodiyotni isloh qilish sharoitida ishlab chiqarishni rasayishi bilan bog‘liq bo‘ladi. shuning uchun tabiat muhofazasi borasida shunday choralar qabul qilish mumkinki, qaysiki buni u yoki bu mamlakatda inqirozdan chiqqandan keyin ham qo‘llasinlar.
Atrof-muhitni muhofaza qilishdagi xalqaro tashkilotlar

Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik hozircha chorak asrlik tarixga ega. XX asr 70 yillarining boshlariga kelib shu narsa ravshan bo‘ldiki, jamiyat va tabiat munosabati natijasida insoniyat uchun ofat keltiruvchi muammolar kelib chiqdi, bu esa biosferada qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlardir. Shuning uchun atrof-muhit muhofazasi vazifasi xalqaro tavsifga ega bo‘lib qoldi. Bu muammoni hal qilishning hozirgi zamon bosqichiga 1975 yildagi Stokgolm BMT dasturini amalga oshiruvchi YUNER tashkiloti tuzildi. Uning shtab kvartirasi Nayrobida joylashgan. YUNERning rahbar organi bo‘lib har to‘rt yilda. BMT bosh assambleyasi tomonidan, saylanadigan boshqaruvchilar kngashi hisoblanadi. Kengashning vazifasi quyidagilar:

- atrof-muhitni muhofazasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikda boshqosh bo‘lish;

- tadbirlar o‘tkazishda tavsiyanomalar berish;

- dasturlarni amalga oshirishda rahbarlik qilish;

- atrof-muhitni dunyoda muttasil ravishda kuzatib borish;

- atrof-muhit bo‘yicha baho, bilim va axborotlar to‘plashda xalqaro hamjamiyatlarga yordam berish.

Shun munosabat bilan atrof-muhit muhofazasi ko‘p qirrali, majmuali muammo bo‘lib, YUNER faoliyatiga qo‘shimcha tarzda, uning alohida aspektlari bilan avtonom maqomga ega BMT tarkibidagi quyidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar shug‘ullanadilar:

YUNESKO – “Inosn va biosfera” dasturi bo‘yicha ishlarni bajaradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omillari, inson va muhit orasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi.

FAO – maqsadi: qishloq xo‘jaligi, o‘rmon, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlashni yaxshilash. Agro sohada suv va tuproq resurslaridan oqilona foydalanish, o‘g‘it va pestesidlardan oqilona foydalanish hamda yangi va tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish.

HST – (Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti) – suv, oziq-ovqat bilan ta’minlash xavfsizligi, chiqindilarni haydash ekologik xavfsizligi vazifalarini bajaradi.

YUNIDO – industrial (sanoat) rivojlanish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatishda ko‘maklashadi.

MAGATE- radiatsiyadan himoyalanish va xavfsizlanish me’yorlarini ishlab chiqadi, radioaktiv materialarni transportirovka qilishda va chiqindiga chiqarishga hamkorlik qiladi.

GEF (global ekologik fond) – XX asrning 90 yillari boshlarida tashkil etilgan, sayyoraviy tavsifga ega bo‘lib, asosan rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beradi. Bu fond faoliyatida uchta xalqaro struktura ishtirok etadi: 1) BMTning rivojlanish dasturi; 2) Atrof-muhit bo‘yicha BMT dasturi; 3) Jahon Banki.

Jahon Banki dastlab to‘rtta eng muhim yo‘nalishni moliyalashtirdi:

- iqlimni iqliqlanishi;

- xalqaro suvlarning ifloslanishi;

- biologik turfa olamni kamayib borishi;

- ozon qatlamini yemirilishi.

Bu yuqoridagi barcha tashkilotlar mustaqil bo‘lib, hukumatlararo kelishuv asosida tuzilgan va keng xalqaro nufuzga ega. Bulardan tashqari atrof-muhit muhofazasi masalalari bilan yana boshqa ko‘pgina tashkilotlar. BMT tarkibida yoki holis tarzda shug‘ullanadilar.

Mintaqaviy ekologik muammolar turli komissiyalar faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Ular dunyoning turli qismlarida ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganadilar, hukumatlar uchun tavsiyanomalar ishlab chiqaradilar va loyihalarni tadbiq etishda ishtirok etadilar.

Masalan: ESKATO komissiyasi ()

Yuqorida ko‘rsatilgan BMTning barcha tashkilotlari, ko‘p sonli hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikda harakat qiladi. Bularga masalan, tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro kengashi, hayvonlarni himoya qilish Xalqaro Federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.

Sayyoraviy ekologik – iqtisodiy muammolarni hal qilish yo‘llarini ishlab chiqishda tabiat muhofazasi bo‘yicha xalqaro konferensiyalarning ahamiyati katta.

Stokgolm (1972) konferensiyasi ochilgan kun 5 iyun – Butun dunyo atrof-muhitni himoya qilish kuni deb e’lon qilingan. Shundan beri har 5 yilda shunday konferensiya o‘tkaziladi. So‘nggisi Yhanesburgda 2002 yilda bo‘lib o‘tdi.

Xususan milliy hokimiyat a’zolari ekologik vositalardan foydalanishda va ekologik sarf-harajat borasida shunday yondashishga diqqat e’tiborini qatarishlari lozimki, ya’ni bunda, ifloslanish sarf-harajatlarini ifloslantiruvchi qoplashi kerak. Barqaror rivojlanishga erishish uchun davlat hayotga to‘g‘ri kelmaydigan ishlab chiqarish va iste’mol modellarini chegaralashi va tugatishi kerak.

Mintaqaviy tavsifga ega bo‘lgan konferensiyalar ham muhim rol o‘ynaydi. 1995-yilda “Yevropa uchun atrof-muhit” deb ataluvchi umum Yevropa konferensiyasi o‘tkazildi. Unda “Yevropa uchun ekologik dastur” qabul qilindi.

1983 yil BMTning Vosh Assambleyasida “2000 yilgacha va undan keyingi davrda tarof-muhit muhofazasida ulkan istiqbollar haqida doklad” deb nomlanuvchi bashorat qabul qilindi. 1987 yilda ma’ruza tasdiqlandi. Bunda, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish asosini tashkil etuvchi g‘oyalar ilk bor shakllandi.

Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Dekloratsiya ishlab chiqish taklif qilindi. Bu boradagi ishlarni faollashtirish uchun konferensiya qarori bilan 1992 yil barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT komissiyasi tuzildi.

Bugungi kunda BMTning “XXI asrga kun tartibi” dasturi amal qilmoqda. U 2002 yil Yohanesburg konferensiyasida qabul qilingan bo‘lib, unda global ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar belgilab olingan.



Xalqaro hamkorlik bitim va dasturlari

So‘nggi yillarda xalqaro hamkorlikning konferensiya, ko‘p yoki ikki tomonlama bitim kelishuvi, shartnoma, dasturlar deb ataluvchi shakllarga paydo bo‘ldi. Tabiat muhofazasini u yoki bu aspekti bo‘yicha mamlakatlarda qabul qilingan majburiyatlar, ularning yakuniy ifodasidir. Bu konferensiyalarning eng ahamiyatlisi quyidagilar:

- uzoq masofada havoning tarnschegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida (1979 yil);

- ozon qatlamini muhofazasi to‘g‘risida (1992 yil);

- dengizlarni chiqindi va boshqa mahsulotlar Bilan ifloslanishi oldini olish to‘g‘risida (1975 yil);

- Qora dengizni ifloslanishdan saqlash bo‘yicha (1992 yil);

- biologik turli-tumanlik to‘g‘risida (1992 yil);

- butun dunyo madaniy va tabiiy meroslarini muhofaza qilish to‘g‘risida va boshqalar.

Yuqorida ko‘rsatilgan konvensiyalar ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda aniq choralarni qo‘llashni oldindan ko‘rsatib beradi. Masalan: “Havoni transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida”gi konvensiyada ma’lum vaqtga oltingugurt ishlab chiqarishni kamaytirish, azot oksidlanishini me’yorida bo‘lishi vazifalari ko‘rsatiladi. So‘nggi yillarda chidamli organik birikmalar va og‘ir metallarni chiqarib tashlashni chegaralash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda. 1996-1997 yillarda bu konvensiya bir necha kelishuvlar bilan yana to‘ldirildi. Shu kabi maqsadlar atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha konvensiya va bitim doirasida ishlab chiqilgan xalqaro dasturlarga ega.

1993 yilda Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun tabiat muhofazasi bo‘yicha harakat dasturi qabul qilindi va mintaqada harakat qiluvchi xalqaro tashkilot va xususiy investorlarning Yevropa kengashi komissiyasi tashkil etildi. Dastur asosini quyidagilar tashkil etdi:

- siyosatni isloh qilish;

- konstitutsion tizimni mustahkamlash;

- investitsiya.

Harakat dasturi strategik yondashuv uchun barcha tadbirlarni qamrab olgan. Asosiy e’tibor, birinchi navbatda o‘tkaziladigan harakatlarga qaratiladi. Ammo shu shart bilan-ki, ya’ni uzoq muddatli ekologik – iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilinishi Bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ekologik yondashishi harjat va nafni sinchkovlik Bilan tahlil qilinishiga asoslanish kerak.

Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagimavjud resurslar atrof-muhit holatini yaxshilash uchun juda chegaralangan imkoniyatiga ega. Nari borsa kelasi, besh-o‘n yilni o‘z ichiga olishi mumkin. Chegaralangan resurslar birinchi navbatda eng zarur muammolarni yechish uchun soliqlar, harajatlarni qoplash sxemasi kabi bozor mexanizmi elementlaridan foydalanish, atrof-muhitni orzu qilingan holatga keltirishda yordam beradi. Bunga, albatta tartibga solishning odatiy yondashuvlari bilan erishiladi. Tartibga solish chora-tadbirlarni o‘tkazish, asosan mayda ifloslantiruvchi zarrachalarning zararini sinash nazorati orqali amalga oshiriladi (og‘ir metallar, ayniqsa qo‘rg‘oshin zarralari, zaharli kimyoviy vositalar).

Birinchi navbatda diqqat e’tiborni lokal muammolarga qaratish kerak. Ko‘pgina odamlar, ularning sog‘ligiga ta’sir ko‘rsatuvchi atmosfera, tuproq tarkibidagi qo‘rg‘oshin, havodagi oltingugurt changlari, nitratlar hamda ichilik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi zararli vositalardan jabrlanadilar. Bu muammoni yechish sog‘liqni saqlash va farovonlikni oshirishga kata naf keltiradi.

Zararli chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar keng miqyosli transchegaraviy va sayyoraviy muammolarni hal qilishda ham o‘z hissasini qo‘shishi kerak. Avvalo, ekologik zarar keltirganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi masalalarini hal qilish muhimdir. Buni aniqlamaslik moliyalashtirish va xususiylashtirishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Hukumat, amaliy maqsadlarda oldin ifloslanish Bilan bog‘liq zararlarni qoplash bilan shug‘ullanishi kerak. Hukumat ekologik standartlarni aniq belgilashi kerak. Chunki, bugungi korxonalarning egaligi yangi qoidalarga rioya qilishlari kerak hamda yangi sharoitga o‘tib ishlash davrini ham aniqlash kerak.

Homiy mamlakatlar Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari transchegaraviy va sayyoraviy muammolarning yechimini tezlashtirish uchun mablag‘ ajratish masalalarini ko‘rib chiqishlari kerak. Sarf-harajatlarni minimum darajasiga qadar kamaytirish Yevropa mamlakatlarining aksariyat qismini diqqat e’tiborida turibdi. Agar transchegaraviy oqimlarga sarf-harajatlar qisqarsa, mamlakatlar boshlang‘ich erkin harakat qiladilar yoki eng muhim vazifalarni bajaradilar.

Ekologik – iqtisodiy dastur vazifalarini amalga oshirish uchun g‘ator xalqaro tashkilotlarning moliyaviy yordami imkoniyati xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu yordamni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti bo‘yicha Xalqaro fond. YUNEF fondi va boshqalar ajratishi mumkin.
Biosfera. Noosfera va insoniyat
Biosfera – tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig‘idir. Uning tarkibi, tuzilishi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmuasi bilan belgilanadi. Biosfera o‘zida tirik va notirik komponentlarni birlashtiradi hamda bir butunlikni tashkil etadi. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotni akademik V.I.Vernadskiy yanada rivojlantirgan.

Umuman, biosfera tushunchasi ikki xil ma’noda ta’riflangan. Birida biosfera Yerdagi barcha tirik organizmlarning majmuasi tarzida tushunilgan. V.I.Vernadskiy esa tirik va notirik tizimlarning o‘zaro ta’sirini o‘rganib, biosfera tushunchasini yangi ma’noda anglaydi. U biosferani tirik va notirik tabiatning birlik sohasi tarzida tushunadi.

Olimning biosfera tushunchasini bunday talqin qilishi Yerda hayotning paydo bo‘lishi muammosiga bo‘lgan qarashlarini ifodalaydi. U bir necha variantlardan iborat:

1) hayot Yer paydo bo‘lgunga qadar yuzaga kelgan va uni butunlay qamrab olgan;

2) hayot Yer paydo bo‘lgandan keyin yuzaga kelgan;

3) hayot Yerning shakllanishi jarayonida yuzaga kelgan.

V.I.Vernadskiy uchinchi variantni ma’qullagan va bizning planetamizda qachonlardir hayot izlari yoki tiriklik namunasi bo‘lmagani haqida ishonchli ilmiy dalil yo‘qligini e’tirof etgan. Boshqacha aytganda, uning nazarida biosfera Yerda hamisha bo‘lgan. Shunday qilib, olim biosfera deganda Yerning nozik qobig‘ini tushungan. Undagi barcha jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ta’sirida kechadi. Biosfera uzoq tarixiy davrlardan boshlab doimo rivojlanishdadir. U planetamizdagi hayot qobig‘ini, tirik organizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa va munosabatlaridan iborat murakkab ekologik tizimlar majmuini tashkil etadi.

Atmosferada hayotning eng yuqori chegarasi 16-20 km balandlikdagi yupqa ozon qatlami bilan belgilanadi. Okeanlarning ham deyarli barcha qismida hayot mavjuddir. Yerning qattiq qismida hayot 3 km va hatto undan ham chuqurroqqa kirib borgan (neft konlaridagi bakteriyalar).

Atmosferada kislorodga Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida ozon gazi hosil bo‘ladi. Ozon kislorodning uch atomi birikmasidan iborat. Ozonni ilk bor 1785 yilda gollandiyalik fizik Van-Marum havo orqali elektr uchqunlari o‘tkazilganda o‘ziga xos hid paydo bo‘lishi va oksidlovchi xossaga ega bo‘lishini topgan. Ozonning xossalari kislorodnikidan keskin farq qiladi.

Ozon havoda juda oz miqdorda bo‘ladi. Yer yuzasidan uzoqlashgan sayin ozon miqdori ortib boradi va 20-25 kmm balandlikda maksimumga yetadi. Oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi va bakteriyalarni o‘ldiruvchi xossalarga ega bo‘lganligi uchun ichimlik suvini tozalashda, oziq-ovqat sanoatida, oksidlovchi sifatida yog‘ va qog‘ozni oqartirishda ham ishlatiladi. Ozonning havodagi konsentratsiyasi 5-10 %dan oshmasligi kerak, chunki ozon is gazi CO ga nisbatan ham zaharlidir.

Mezosfera va stratosferadagi atomar kislorod molekula holdagi kislorod bilan to‘qnashib, ozonni hosil qiladi, to‘lqin uzunligi 200-300 nm bo‘lgan fotonlarni yutadi. Bu juda muhim. Agar stratosferada ozon qatlami bo‘lmasa, yuqori energiyaga ega bo‘lgan qisqa to‘lqinli fotonlar Yer sathiga yetib qolar, undagi o‘simlik va hayvonlar bunday yuqori energiyali nurga bardosh berolmagan bo‘lar edi. “Ozon qalqoni” Yerda hayotni saqlab qolishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin tovushdan tez uchadigan samolyotlarning ichki yonish dvigatellaridan chiqadigan yuqori harorat atmosferadagi kislorod bilan azotning reaksiyaga kirishiga sabab bo‘ladi, “Ozon qalqoni”ga salbiy ta’sir etishiga olib keladi. Sovitkichlar, purkovchi gaz balonchalaridan chiqadigan xlorftometan ham xuddi shunday ta’sirga ega. “Ozon teshigi” iborasi shular tufayli kelib chiqqan.

Ozon teshigi, ozon tuynugi – Yer atmosferasining ozon qatlamidagi uzilish. Dastavval, 1985 yilda Antraktida ustida, keyinchalik Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992 yilda esa Arktika ustida kuzatilgan. Ozon teshigi taxminlarga ko‘ra, antropogen ta’sirlar, shu jumladan ozon qatlamini yemiruvchi xlorli sovitkichlarni sanoat va turmushda ko‘plab miqdorda ishlatish natijasida ro‘yobga chiqqan. Quyoshning ultrabinafsha nurlanishi ozon qatlamida yutilgani uchun tirik organizmlarga xavfli bo‘lgan nurlanish Yer sirtiga yetib kelmaydi. Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risida Vena konvensiyasi, Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarda xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi qayd etilgan.

Yer sirtidan 10-50 km balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami ozonosferani tashkil etadi. Ozon 20-25 km balandlikdagi ozonosferada eng ko‘p to‘planadi. Ozonosferada ozonning hosil bo‘lishi va uning balandlik bo‘yicha tarqalishini fotokimyoviy nazariya tadqiq qiladi. Ozon Quyosh radiatsiyasini kuchli yutadi, shuning uchun Quyosh radiatsiyasining biologik jihatdan ancha faol qismi Yer sirtiga yetib kelmaydi. Radiatsiyani yutishi natijasida ozonosfera qatlamida temperatura ancha ko‘tariladi. Ozonosferadagi ozonni tekshirish uchun optik asboblardan foydalaniladi. Ozonosfera ma’lumotlari Quyosh radiatsiyasining Yer atmosferasida yutilish tabiatni o‘rganishda juda muhim.

Biosferani tarkibi, energetikasi tirik organizmlar faoliyati bilan chambarchas bog‘langan. Biosferaga Yerning faqat hozirgi hayot tarqalgan ustki qismigina emas, balki boshqa geosferalarning tirik modda kirib boradigan hamda uning faoliyati ta’sirida qachonlardir qaytadan o‘zgargan qismlari ham kiradi. Shu sababdan biosfera tirik organizmlarning faqat hozirgi yashash muhitini emas, balki qadimgi muhitni ham o‘z ichiga oladi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Yerda 2,5 mln. turga yaqin tirik organizmlar tarqalgan. Shundan faqat 1/5 qismini o‘simliklar tashkil qiladi. Hayvonlar orasida turlar soni jihatdan bo‘g‘imoyoqlilar birinchi, mollyuskalar ikkinchi, xordalilar uchinchi o‘rinda turadi. Shu sababdan o‘simliklar va hayvonot dunyosini ta’riflashda biomassa va biologik mahsuldorlik tushunchalaridan foydalaniladi. Tarkibi jihatidan biosfera moddasi tirik (organizmlar), biogen (tirik organizmlar barpo etgan mahsulotlar), biokos (biologik va anorganik jarayonlarning birgalikdagi ta’siri natijasida ham hosil bo‘lgan) va kos (anorganik) moddalarga bo‘linadi.

Bir turga mansub individlar, turlar guruhlari yoki jamoasining o‘zi yashab turgan muhit yuzasi yoki hajmi birligiga mos keladigan umumiy massasi biomassa deb aytiladi. Biomassa ko‘pincha ho‘l yoki quruq modda massasi va boshqalarda ifodalanadi. O‘simliklar biomassasi fitomassa, hayvonlar biomassasi zoomassa deyiladi. Biosferadagi tirik organizmlarning umumiy biomassasi quruq modda hisobida 1,81012 t dan 2,41012 t gacha boradi.

Ma’lumki, inson hayoti tabiat bilan uzviy bog‘langan. Tabiat insonni yaratdi, unga oziqa, joy, kiyim, qurol, olov, suv berdi. Tabiat inson o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi tabiat va uning turli yo‘nalishdagi fanlarning kelib chiqishiga olib keldi. Tabiat va uning boyligini o‘rganish borasida Aristotel, Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Umar Xayyom, Leonardo da Vinchi, Galiley, Kopernik, Mirzo Ulug‘bek, M.N.Lomonosov, J.L.Byuffen, J.B.Lamark, A.Gumboldt, Ch.Darvin, V.I.Vernadskiy kabi insoniyat farzandlari bordir.

Birinchi bora “Koinot” atamasini Abu Nasr Forobiy jamiyat tuzilishiga qo‘llaydi. Ikkinchi bora Umar Xayyom “Koinot va uning vazifalari” kabi risolasida “Koinot” jamiyatning tuzilishida, undagi har bir shaxsning vazifalarini bayon qilishda ishlatadi.

Abu Rayhon Beruniy planetadagi qit’alarning joylanish haritasini chizadi, tabiatdagi hamma narsa tuproqdan yaratilgan, Yer esa Quyosh atrofida harakat qilishini izohlaydi. Bu ilmiy dalillarni Beruniy Yevropalik olimlar Kopernik va Galileydan 500 yil avval keltirib o‘tgan.

A.R.Beruniy fikricha, o‘simlik va hayvonlar o‘rtasida kurash, ko‘payish va avlod qoldirish uchun intilish tirik mavjudotlar hayotining asosini tashkil qiladi, tabiatdagi hamma narsa tabiiy qonunlarga bo‘yinsungan holda yashaydi va o‘zgarib turadi. “Barcha harakatlar materiyaga tegishlidir. Materiyaning o‘zi esa jismlar shaklini vujudga keltiradi va o‘zgartiradi. Binobarin, materiya yaratuvchidir”. A.R.Beruniyning “Materiya” atamasi XIX asrning oxiri XX asrning boshida yashagan rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan “Tirik moddalar” deb qabul qilinib, tabiatdagi hamma harakat va o‘zgarish shu tirik moddalar harakati bilan bog‘lanadi va ifodalanadi.

Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” nomli asarida odamning tuzilishi, unda modda (qon) aylanishi, insonda kelib chiqadigan kasalliklar, uning atrofidagi tirik jonivorlar faoliyati tomonidan yuzaga kelishini, tabiat ob’ektiv borliq, uning o‘zgarib turishi, tog‘lar zilzilasi, suv esa yerning ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘lishi, Yerning ko‘p maydonlari qachonlardir dengiz tubi bo‘lganligini saqlanib qolgan hayvonlar qoldiqlari asosida ta’riflab beradi. Yer yuzida tiriklik rivojlanishining quyi, boshlang‘ich bosqichida o‘simliklar, o‘rta bosqichida hayvonlar va eng yuqori bosqichida insonlar turishini qayd qilib, o‘z davrida evolyutsion nazariyaning kelib chiqishiga asos soladi.

Yevropaning tabiatshunos olimi J.B.Lamark birinchi marta “Biosfera” atamasini fanga kiritib, uning asl ma’nosi hayot tarqalgan joyi va Yer yuzasida bo‘layotgan jarayonlarga tirik organizmlarning ta’siridan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Avstraliyalik geolog olim Z.Zyuss Lamarkdan keyin “Biosfera” terminini ikkinchi bora fanga kiritadi va Yerda tiriklikning maxsus qobig‘i deb izoh beradi.

XX asrning boshlarida rus olimi V.I.Vernadskiy geokimyo, biogeokimyo va radiogeologik tadqiqotlar asosida biosfera ta’limotini yaratadi. 1926 yili olimning “Biosfera” nomli kitobi chop etiladi. Undagi izoh bo‘yicha biosfera, bu planetaning hayot rivojlanayotgan qismi va bu qism doim tirik organizmlar ta’sirida deb aytadi.

Yer yuzasida tirik organizmlar ko‘p, ular xilma-xil va turli zonalarda tarqalgandir. Yer yuzasining hayot tarqalgan qismi biosfera bo‘lib, unga tirik organizmlar ta’sir qiladi. Biosfera planetaning eng katta ekosistemasi sifatida ham qaraladi.

Biosfera odatda uch qatlamdan, ya’ni: atmosfera, listofera va suv qobig‘i gidrosferadan iborat. Shunday qilib, biosfera Yer sharining organizmlar tarqalgan qismi bo‘lib, ularning tarkibi, tuzili shva ular o‘zgarib turish xususiyatlariga egadir.

Yerda hayotning paydo bo‘lishi bilan biosfera hosil bo‘lgan va planetada tiriklikning umumiy rivojlanishi boshlangan. Yerda hayotning paydo bo‘lishini bundan 3-4 mlrd yil avval deb ta’riflanadi.

Biosferaning qurg‘oq va suv qismlarida tirik organizmlar tarqalgan. Biosferaning ustki qatlami – atmosfera 10-15 km balandlikni egallaydi, shu qatlamda bakteriyalar, sporalar, zamburug‘ va boshqa organizmlar bo‘lishi mumkin. Bu qatlam ozon qatlami bilan tutashadi. Ozon qatlami o‘ziga xos ekran bo‘lib, tirik organizmlarni ultrabinafsha va boshqa kuchli kosmik nurlardan saqlovchi parda rolini o‘ynaydi. Bu qatlamlar dengiz sathidan 20-50 km yuqorida joylashgan.

Biosferaning pastki chegarasi litosfera bo‘lib, unda tiriklik 2-3 km chuqurlikkacha tarqalgan. Neft topilgan shunday chuqurliklarda turli mikroorganizmlar borligi aniqlangan.

Litosfera ustidagi organizmlarning asosiy massasi tuproqning 1 m qalinligida joylashgan. Gidrosferada organizmlar maksimal tarqalgan. Ayrim mikroorganizmlar, sodda tuzilgan umurtqasiz va ko‘r baliqlar 10-11 km dengiz chuqurligida ham uchraydi. Dengiz o‘simliklari va o‘simlikxo‘r hayvonlar asosan 300-500 m chuqurlikda tarqalgan.

Shunday qilib, biosfera atmosferaning pastki qismi, litosferaning ustki qismi va to‘la gidrosferadan iboratdir. Tuproq, suv va havo hayotning eng konsentratsiyalashgan qismidir.

Biosferada evolyutsion rivojlanish uzoq jarayonlar bo‘lib, ikki omil ta’sirida yuzaga kelgan, ya’ni:

1) allogen (tashqi) kuchlar – geologik va iqlim o‘zgarishlari natijasida;

2) autogen (ichki) jarayonlar – ekosistemalar komponentlarining aktiv faoliyati ta’sirida yuzaga kelgan.

Bundan 3-3,5 mlrd. yil avval Yer atmosferasi tarkibida azot, ammiak, vodorod, uglerod oksidi, metan va suv bug‘lari bo‘lgan, kislorod bo‘lmagan, ultrabinafsha nurlar Yer hamda okeanlar yuzasiga yetib kelgan. Kimyoviy evolyutsiyani yuzaga keltirib, murakkab organik molekulaning (aminokislotalarning) kelib chiqishiga sabab bo‘lgan, ular o‘z navbatida juda sodda tirik sistemalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Abiotik jarayonlarda hosil bo‘lgan oz miqdordagi kislorod, ultrabinafsha nurlar ta’sirida yetarli darajadagi ozon qatlamini paydo qilib, birlamchi organizmlarni ultrabinafsha nurlarning salbiy ta’siridan saqlaydi.

Hayot o‘zining birinchi davrida muhitga, undagi radiatsiyaning fizikaviy – kimyoviy o‘zgarishlariga moslanishdan boshlagan. Evolyutsion rivojlanishning eng yuqori bosqichi turning paydo bo‘lishi va ular asosida katta-kichik biologik sistemalarning yuzaga kelishi bo‘lgan.

Tur – bu tabiiy biologik birlik bo‘lib, uning hamma a’zolari umumiy genofondning tashkil bo‘lishida qatnashadi. Evolyutsiya genlar chastotasining o‘zgarishidan iborat bo‘lib, u atrof-muhit va turlararo munosabatlardan kelib chiqadigan tanlanish hamda mutatsiyalarning qaytarilishi va genetik tuzilishning o‘zgarishi natijasidir.

Turlar hosil qiladigan biologik sistemalar va ularning evolyutsiyasini koevolyutsiya deb aytiladi, ya’ni sistema ichidagi organizmlarning bir-birlari bilan munosabatlarining evolyutsiyasi bo‘lib, bunda guruhlar o‘rtasida genetik axborot almashinib turadi yoki axborot o‘tishi bo‘lmaydi.

Biosferaning tirik moddalari, unda uchraydigan tirik organizmlar va ularning kimyoviy tarkibidir. Tirik organizmlarning umumiy kimyoviy tarkibi atmosfera va litosferaning tarkibidan farq qilsa ham vodorod va kislorod atomlari bo‘yicha gidrosferaga yaqin, lekin uglerod, kalsiy va azot miqdorlariga qarab undan farqlanadi. Tirik moddalar suv, havo va yerning migrant elementlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular gazsimon va erigan holda bo‘ladi. Masalan, organizmlarning 99,9 % massasi Yer qa’rida uchraydigan 14 ta elementlar (H, O, C, N, Ca, K, Si, Mg, P, S, Al, Na, Fe, Cl)ning 98,9 %ni tashkil qiladi. Bu hayotning Yer qobig‘ining kimyoviy birikmalaridan iborat ekanligini ko‘rsatadi, organizmlarda Mendeleev jadvalidagi hamma elementlar topilgan. Muhitning optimal sharoitida o‘simliklar fotosintez jarayonida Quyosh energiyasidan foydalanadi.

O‘simliklar qabul qilgan Quyosh energiyasi turli jarayonlar va reaksiyalarning o‘tishida tubandagi yo‘nalishlarda foydalaniladi, ya’ni:

1) energiyaning bir qismi fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalarda to‘planadi;

2) yana bir qismi barglarning qizishi va issiqlik chiqarishga sarflanadi;

3) bir qismi issiqlikka aylanib, transpiratsiya jarayoniga sarflanadi.

Biosferada o‘simliklar hosil qilgan fitomassa o‘simlikxo‘r hayvonlar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘zlashtirilgan fitomassani 10 %ni o‘txo‘r hayvon biomassasi tashkil etadi.

Destruksiya funksiyasi, bu tirik moddalarning (organizmlarning) o‘lgandan keyin chirish, parchalanish va organik moddalarning mineralizatsiyalanishidan iboratdir, ya’ni tirik moddalardan biosferaning biogen va biokos moddalari hosil bo‘ladi.

Ma’lumki, Yerda keladigan energiyaning 99 %ini Quyosh nurlari tashkil etadi. Bu energiya atmosfera, gidrosfera va litosferada bo‘lib o‘tadigan turli fizik-kimyoviy jarayonlarga sarf qilinadi, ya’ni: havo va suv to‘lqinlari, tog‘-toshlarning yemirilishi, bug‘lanishi, tirik moddalarning hosil bo‘lishi va taqsimlanishi, minerallarning erishi, gazlarning yutilishi va ajralishi kabi holatlarga sarflanadi.

Biosferada turli mikroorganizmlar faoliyati natijasida oksidlanish va tiklanish kabi kimyoviy jarayonlar bo‘ladi.

Quyosh energiyasi Yer yuzasida ikki xil moddalar almashinishini ta’minlaydi, ya’ni geologik yoki katta almashinish va biologik yoki kichik (biotik) modda aylanishi yuzaga keladi. Har yili Quyoshdan 211020 kJ yorug‘lik energiyasi Yerga keladi. Shu energiyaning 50 %i bug‘lanishga sarf qilinadi. Biosferada suvning aylanishi – Yer yuzi va suv havzalaridan suvning bug‘lanishi va namlik sifatida qaytib yerga tushishi geologik aylanishdir.

Biosferada tirik moddalarning yuzaga kelishi bilan atmosfera, suv va mineral moddalarning aylanishi hosil bo‘lad, ya’ni abiotik va geologik asosda organik moddalar almashinishi yoki kichik biologik aylanish paydo bo‘lgan.

Tirik materiya – organizmlar o‘zlarining hayot faoliyati uchun kerakli elementlarini geologik aylanishdan oladi va shu elementlar yangi, biologik aylanishga kirishadi. Bunda organik moddalarning sintez bo‘lishi va ularning bug‘lanish jarayonlari katta rol o‘ynaydi.

Biosferada geologik moddalar aylanishiga 50 %ga yaqin, biologikka esa 0,1-0,2 % Quyosh energiyasi sarflanadi. Biologik aylanishga juda kam energiya ketsa ham biosferadagi bu jarayonda birlamchi mahsulot yaratiladi.

Biosferada kimyoviy elementlar doim sirkulyatsiya qilib, tashqi muhitdan organizmga, undan esa yana tashqi muhitga o‘tib turadi. Bu holatni biogeokimyoviy sikl deb aytiladi. Bunda O2, CO2, H2O, azot, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar aylanib turadi. Biogeokimyoviy siklda moddalar migratsiyasini kuzatish mumkin.

Yer sirtida kimyoviy elementlarning tarqalishini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, tirik moddalarda mujasamlashmagan birorta element yo‘q. Akademik V.I.Vernadskiy ta’riflagan biogeokimyoviy tvmoyillar quyidagicha:

1. Biosferada kimyoviy elementlarning biogen migratsiyasi mavjud bo‘lib, u o‘zini maksimal darajada namoyon etishga intiladi. Afsuski, bugungi kunda bu tamoyil inson faoliyati doirasi kengayishi tufayli buzilgan.

2. Turlarning evolyutsiyasi atomlarning biogen migratsiyasini tobora kuchaytiradi.

3. Tirik modda o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit bilan uzluksiz ravishda kimyoviy almashinuvda bo‘ladi.

Bu tamoyillar buzilgan holda biosfera faoliyatini ta’minlab turgan kosmik ta’sirlar uni yemiruvchi omilga aylanishi mumkin.

Bundan quyidagi xulosalar kelib chiqadi. Tabiatdagi har qanday organizmlar notirik tabiat bilan doimiy uzviy bog‘liq sharoitidagina mavjud bo‘la oladi. Hayot o‘zining butun namoyon bo‘lishi jarayonida planetamizda katta o‘zgarishlar keltirib chiqargan. Evolyutsiya jarayonida takomillashib borgan tirik organizmlar butun planeta bo‘ylab kengroq tarqalgan hamda energiya va moddaning qayta taqsimlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.

Endilikda insonning o‘zi yashayotgan muhit bilan o‘zaro munosabati global harakter kashf etdi. Bu esa noosfera tushunchasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Noosfera – Yerning “aqlli qobig‘i” degan ma’noni anglatadi. Noosfera biosfera taraqqiyotining inson jamiyati paydo bo‘lgan oliy bosqichidir.

Noosfera atamasini fanga Le-Rua kiritgan. Keyinchalik noosfera konsepsiyasi yuzaga keldi. Uni Teyler de Sharden rivojlantirdi. Uning fikriga ko‘ra, noosfera – bu planetaning kelgusidagi evolyutsiyasi yo‘nalishini nazorat qiladigan va ideal nuqtada tabiiy jarayonlar bilan uyg‘un holda birlashib ketadigan jamoa onggidir. Bu birlashish molekulalar, hujayralar va organizmlar yaxlitligining hosil bo‘lishi holatiga o‘xshab ketadi.

Vernadskiyning firkicha, noosfera biosfera holatining shunday turiki, unda yuzaga kelgan aql planetada misli yo‘q geologik kuchga aylanadigan inson faoliyatiga yo‘nalish beradi.

Umuman, inson o‘zining tabiiy biogeokimyoviy sikllarga kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini global miqyosda anglashi uning global tizim ustidan yanada oqilona maqsadga yo‘naltirilgan holda nazorat olib borishga yo‘l ochib beradi.

Noosfera g‘oyasida inson va tabiat o‘zaro ta’sirining hozirgi zamon bosqich yo‘nalishlaridan biri – insonning tabiiy muhit bilan birligining global harakteri to‘la darajada aks etgan. Bu g‘oyaning yaratilishi davrida inson va tabiat o‘zaro ta’sirining ziddiyatli ko‘rinishi hozirgidek kuchli emas edi. Keyingi yillarda ekologik holat tanazzuli bilan bog‘liq bo‘lgan bu ziddiyatning yanada keskinlashgani kuzatiladi.

Inson o‘zining butun mavjudligi davomida biosferani kuchli o‘zgartirib yubordi. U Yer yuzidagi tirik jonzotlarni sun’iy ravishda kamaytirdi, ammo ularni yana qayta ko‘paytirish borasida g‘amxo‘rlik qilmadi. Bu hollar biosferaning antropogen o‘zgarishi ancha teranlashganidan dalolat beradi. Biosfera texnosferaga aylanib bormoqda.

Boz ustiga atropogen ta’sir yo‘nalishi biosfera evolyutsiyasi yo‘nalishiga mutlaqo teskaridir. Antropogen ta’sirlar tabiatning tabiiy tizimini buzmoqda. Turlar bevosita yo‘qolib ketishi oqibatida butun tiriklik katta zarar ko‘rib, destruktiv holatga tushib qolishi mumkin. Aynan bu jarayon mavjud ekotizimni buzuvchi ayrim organizmlarning ko‘payib ketishi tarzida kechadi. Shunday qilib, hali inson kelgusida aqlli sohani yarata oldimi yoki bo‘lmasa, o‘zining nooqilona faoliyati tufayli o‘zini ham, barcha tirik mavjudotlarni ham halok etadimi, degan savolga javob topish qiyindir.

Inson bugungi kunda nafaqat Yerda, balki keng fazoga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda, chunki inson ham planetaviy, ham fazoviy miqyoslarda fikrlamoqda. Noosfera tushunchasi esa Yerdagi hayot – “aqlli qobiq” tushunchasi shu bilangina chegaralanib qoladi.

Noosfera konsepsiyasi shu bilan qadrliki, u inson va tabiat birligini ifodalaydi. Bu noogenez jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Bu jarayon esa “inson – atrof-muhit” tizimining shakllanishiga olib keladi. Noogenez – alohida tur sifatida mavjud bo‘lgan inson mohiyati shakllanishining yo‘nalishlaridan biridir. Uni to‘xtatib ham bo‘lmaydi. Inson tur sifatida o‘z mohiyatida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarini kamol toptirib, tobora faollashib boraveradi. Tabiatda o‘z maqsadlarini amalga oshirishga intilish, aftidan, insonnning tabiat bilan o‘zaro munosabatlari istiqbolini belgilashda asosiy masala bo‘lib qolaveradi.

Inson faoliyati Yer yuzini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan hozirgi davrda biosferaning rivojlanishi yangi pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda insonning biosferaga biokimyoviy ta’siri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurslardan foydalanishni biosferaning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazar-pisand qilmasdan amalga oshirilishi, masalan, o‘rmonlarning kesilishi, yerlarning o‘zlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sun’iy suv havzalari, yo‘llar qurilishi va boshqalar biosferadagi biokimyoviy jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda ko‘p miqdorda yoqilg‘i yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, biosfera tarkibi va uning gomeostaz holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu tufayli biosferani bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni to‘g‘ri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p o‘ta murakkab muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega.

Dunyoning hamma davlatlarida tabiatni, uning suvi, tuprog‘i, havosi, o‘simlik va hayvonini muhofaza qilish bo‘yicha qonun va qoidalar bor. O‘zbekiston Respublikasi 9.12.1992 yili: “Tabiatni muhofaza qilish” qonunini qabul qildi. Bu mukammal zamonaviy eng zarur hujjat Vatanimiz tabiatini saqlashda, uni boyitishda katta rol o‘ynaydi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə