‘zbe k ist o n respublik asi oliy va ‘rta m axsus ta’lim vazirligi fayzulla boynazarov jahon adabiyoti



Yüklə 8,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/101
tarix29.09.2023
ölçüsü8,27 Mb.
#124750
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
Jahon adabiyoti (Fayzulla Boynazarov)

ABDULLA ORIPOV
(1941)
1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Ne- 
ko'z qishlog'ida dunyoga keladi. Otasi serfarzand oilani - to 'rt qiz, 
to'rt o'g'ilni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Onasi Turdi Karvon qizi meh- 
ribon, mehnatdan qo'li bo'shamaydigan jafokash ayol edi.
Abdulla Oripov o4rta maktabni tugatib, Toshkent Davlat universite- 
tiga (1958) o4qishga kiradi. Ilk ijod durdonalari bo'lmish «Umr duch 
qilarkan», «Hali oldindadir go4zal kunlarim», «Sendan viroqda»,
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Shovulladi tun bo'yi shamol» she’rlari tezda 
yoshlar tiliga tushdi. Dastlabki she’rlar to'plami 
«Mitti yulduz» nashr qilingandan so'ng shoir 
nomi ko'pchilikka tanish bo'lib qoldi. Shundan 
so'ng «Onajon», «Ruhim», «O'zbekiston», 
«Hayrat», «Yuzma-yuz» she'rlar to'plamlari 
birin-ketin chiqdi.
«Jannatga yo'l» (1978), «Hakim va ajal» 
(1980), «Yillar armoni» (1984), «Ranjkom» 
(1988) kabi asarlarida Abdulla Oripov talanti 
vorqin namoyon bo'lgan. Shoirning to'rt jildlik 
she’rlar to'plami nashr qilindi. Ko'plab she’rlari boshqa tillarga tarjima 
qilingan. Dantening «Ilohiy komediya»sini o'zbek tiliga tarjima qildi. 
Shu asardan ilhomlanib, «Jannatga yo'l» daramatik dostonini yaratdi.
Jahon adabiyotida Abdulla Oripov kabi iste’dod egalari sanoqli 
ekanligiga guvoh bo'lamiz. Har bir millat adabiyotida bunday iste’dodli 
shoirlar barmoq bilan sanarli.
Dunyoda shoirlar ko'p. Shoirlar qancha ko'p bo'lsa, adabiyot 
gulshani turfa gullar bilan shunchalik go'zal bo'ladi. Biroq bu gullar 
ichida ko'zga yarq etib tashlanadigan, hammasidan go'zali va tarovati 
bilan o'ziga maftun etuvchi, sehrlab oluvchi gullar bo'ladi. Abdulla 
Oripov ijodini eng sara, eng go'zal gulga qiyos qilish mumkin.
Alisher Navoiydan so'ng necha asrlar o'tdi. Bu asrlar silsilasida 
minglab shoirlar ijod qildi. Lekin ularning hech biri she'riyat 
maydonida Alisher Navoiydek yuksak cho'qqisiga ko'tarila olmadi. 
Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi yangi talantlarning yuzaga kelishi 
uchun yana yuz yil kerak bo'ladi.
Dunyodagi ayrim shoirlamingyuzlab she’rlari ichidan bitta-ikkitasi- 
ni saralab olish mumkin. Abdulla Oripovning deyarli barcha she’rlari 
sara asarlar qatoriga kiradi.
Yurtim, senga she r bitdim bu kun
,
Qiyosingni topmadim aslo
Shoirlar bor, о 'z yurtim butun -
Olam aro atagan tanho.
Ular she *ri uchdi ko ‘p yiroq,
Qanotida kumush diyori.
Bir о Чка bor dunyoda biroq,
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim
О
‘zbekiston Vatanim manim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu she’r yangicha bir ohang, yangicha bir yorug‘ nur taratib 
turibdi. Go‘yo shoir shu bugunoq subhidamda turib, Vatanni yoniq dard 
bilan madh etgandek tuyuladi.
Shoir o‘zi tug‘ilib-o‘sgan, ulg‘aygan ona yurtidan go'zallik va yax­
shilik qidiradi. So‘zining qudratini, obrazli tafakkurini ona yurtiga 
bag‘ishlaydi. 0 ‘zbekiston-vatan shoir uchun boqiy hayotning eng nurli 
makoni, ranggo-rang gullarga boy o‘lka.
Vatanni ta’riflash uchun eng go'zal tashbehlar ham kamlik qiladi.
Shoirning «Onajon» she’rida ham shunday muqaddas tuyg‘u yuksak 
ohanglar bilan, turfa ranglar bilan ifodalangan. Shoir uchun eng ulug‘ 
narsa Vatan va Ona. Hamma shoirlar uchun ham vatan buyuk, ona 
mo‘’tabar. Biroq vatanni, onani hech kim Abdulla Oripovchalik 
qiyomiga yetkazib ta’riflab bera olmagan.
Balki sarson-arosatda
Qolib ketmas bu tanim.
Kamolimni ko ‘rar bir кип
Yurtim, ona-Vatanim.
Abdulla Oripovning xizmatlari e’tiborga olinib, unga 0 ‘zbekiston 
Qahramoni unvoni berildi. U bir necha yillardan beri ijodiy ishni davlat 
ishlari bilan qo‘shib olib bormoqda. A. Oripov 0 ‘zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi raisi, senator.

Yüklə 8,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə