31
sarosimalanish, koyish, alam kabi qator ichki
holatlarning yuzaga chiqishida, bu so’z
ma’lum darajada ahamiyatga ega...”.
1
“ – Voy, aylanay! Enaxon! Jonim o’rtog’im! Bormisiz? – deb paranjisini qo’liga olib
Salti yugurdi”. (Cho’lpon)
Erkaklar
nutqida
“oshna”, “boja”,
“jo’ra”, “onasi”
kabi undalmalar uchrasa, ayollar nutqida
“ovsin”, “dugonajon”,
“egachi”,
shuningdek turmush o’rtog’iga qarata
“dadasi”
murojaat shakllari mavjud.
“ – Oyi, o’zim? – so’radi bir narsa deyish uchun.
-
O’choqqa o’t qala. Dadang tushmagur-a, dadang tushmagur!”. (O’lmas Umarbekov)
Ayollar nutqi hudud jihatdan ham o’ziga xoslikka ega bo’lib, qishloqlarda yashovchi
ayollar nutqida
“o’lsin”, “men o’lay”, “voy o’lay”, “jonini olsin”
kabi so’zlar ancha faol
qo’llanadi
2
:
“Voy o’lay, qanaqa dadangiz?”, “...o’lsin, tush ham yomon narsa ekan....”
(T.Jo’raev).
O’zbek tilida shunday iboralar borki, ular faqat erkaklar nutqidagina qo’llanadi.
Jumladan,
“Burnini yerga ishqamoq”, “Baqbaqangdan akang”, “Dabdalasini chiqarmoq”,
“Jig’ini ezib qo’ymoq”, “Otimni (nomimni) boshqa qo’yaman”, “Quling o’rgilsin”
(yigit-
yalang nutqida ishlatiladi)
3
kabi iboralar asosan erkaklar nutqida qo’llanishi bilan o’ziga
xoslik kasb etadi:
“Burnini yerga ishqayman uning. Meni haqorat qilishi yetmay, yana
ustimdan arz qilishi ham bormi?” (I.Rahim).
“Boshida danak chaqmoq” (varianti: “Boshida yong’oq chaqmoq”). “Jonini olsin”,
“Sovuniga kir yuvmoq”, “Esim qursin”
kabi iboralar esa, asosan, ayollar nutqida uchraydi:
“Esim qursin, esimdan chiqibdi, kechiring, Vera Pavlovna (S.Nazar).
Bunday me’yor buzilgan hollarda esa adresant o’z nutqida
jinsiga nomunosib til
birligini qo’llagan bo’ladi. Shuning uchun ham yozuvchilar badiiy asarlarda personajlar
nutqini individuallashtirish, uning o’ziga xos qiyofasini ochish maqsadida erkaklar nutqi
uchun xos bo’lgan iboralarni ataylab ayollar nutqida keltiradi:
“Asrora jindek kayf qilib
qolgan ekan, o’ynab kelib, Xolmatjonning to’g’risida turib qoldi:
1
Искандарова Ш. Ўзбек нутқ одатининг мулоқот шакллари. Фил.фанлари номз.дисс.автореферати.
Самарқанд, 1993. 19-бет.
2
Мўминов С. Ўзбек мулоқот хулқининг жинс жиҳатдан хосланиши // Ўзбек тили ва адабиёти, 64-66
бетлар.
3
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. Тошкент, 1978. 292-бет.
32
- O’rtog’imni hafa qilsang, bilasanmi, nima qilaman, geroyligingga qaramay,
jig’ingni ezib qo’yaman!” (S.Ahmad).
Insonning ish joyi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishi uning nutqida o’z aksini topadi.
Masalan: Miryoqub boshining qattiq og’riyotganligini:
“Boshim siqilgan toy paxtadek
og’riyapti”(Cho’lpon)
jumlasi orqali ifodalaydi. Bunday o’xshatishni faqat paxta qayta
ishlash korxonasida ishlovchi kishigina qo’llashi mumkin.
YUqoridagi jumlaning yuzaga
kelishida Miryoqubning ish joyi yoki kasbi ta’sir etgan.
YUqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, erkak va ayol o’rtasidagi
genderologik farqlarni badiiy asarlarda, personajlar nutqida ham kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: