27
oxirigacha eshitishadi
Aniq, bir ma’noli gapirish
Siyosiy-iqtisodiy,
professional
mavzular
haqida
ko’proq
suhbatlashish
Suhbat
jarayonida
maqtanish
predmeti
sifatida
odatda
professional yutuqlar, intelektual
bilimlar,
yangi
texnika
va
texnologiyalar bilan tanishganlik
va boshqalar o’taydi.
Gaplar
va jumlalarning qisqa va
lo’ndaligi
deyarli qo’llanilmaydi, odatda
ularning
suhbati
uzluksiz
tovushlar yig’indisi kabi bo’ladi
Suhbatdoshning
so’zi tez-tez
bo’linadi.
Suhbatdoshning
so’zini bo’lish ko’pincha miyaga
to’satdan kelgan fikrni bayon
qilish uchun amalga oshiriladi
(“Evrika” effekti)
Majhul
yoki
ko’p ma’noli
so’zlarning qo’llanilishi
Kiyim-kechaklar,
kosmetik
vositalar, oilaviy muammolar
haqida ko’proq suhbatlashish
Suhbat
davomida
maqtanish
predmeti sifatida uy jihozlari,
avtomashinalar,
taqinchoqlar,
kosmetik
vositalar va boshqa
moddiy boyliklar o’taydi.
Gaplar va jumlalarning uzun
tuzilishi.
Diskursning gender xususiyatlari haqida gap ketganda ayollar va erkaklar nutqida
qo’llaniluvchi leksemalarni qiyoslash ham alohida ahamiyat kashf etadi. Tilshunoslarning
kuzatishlaricha, tildagi yangilanish jarayonlari ayollarga nisbatan erkaklar tomonidan tez
qabul qilinib, ilmiy va kasb-hunarga oid yangi leksemalar erkaklar nutqida ko’proq va
faolroq qo’llanilar ekan.
1
1
Потапов В.В. Многоуровневая стратегия в лингвистической гендерологии // Вопросы языкознания.
2002, 1, С.103-130
28
YAna bir tilshunosning kuzatishicha, ayollar kundalik muloqotda neologizmlardan
unumli
foydalangan holda, rasmiy muloqotda ulardan qochishga harakat qilar ekan.
1
Shuningdek, baho bildiruvchi sifatlarining qo’llanishiga ko’ra ham erkak va ayollar nutqi
farqlanar ekan. Bunday birliklarning faol qo’llanilishi ayollar nutqining harakterli
xususiyatlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
2
Ayol kishi tabiatan nozik yaratilganligi sababli,
suhbat jarayonida ham jozibador va bo’yoqdor leksemalarni, shaxsiy munosabat ifodalovchi
so’zlarni, ayniqsa, ijobiylik semasiga ega bo’lgan leksemalarni ko’p qo’llaydi. Odatda
suhbat predmeti bir oz bo’rttirilgan holda ko’rsatiladi. So’zlashuv jarayonida ayollarda
emotsionallik kuchliroq bo’ladi: hayratlanish, sevinish, hafa bo’lish, qo’rqish
kabi ruhiy-
fiziologik holatlar yorqinroq aks etadi.
Ayollar va erkaklar nutqining o’ziga xosligi ular nutqida qo’llanilgan jumlalarni
taqqoslaganda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunonchi, ayollar suhbatdoshining fikriga
qo’shilish yoki qo’shilmasligini hamda shaxsiy munosabatlarini ifodalar ekan, suhbatdoshini
hafa qilib qo’ymaslik uchun ehtiyot bo’lib jumla qurishadi, ya’ni o’z e’tirozlarini,
noroziliklarini ifodalash uchun tilning sintaktik qurilishida mavjud bo’lgan neytralroq
konstruksiyalardan, qoliplardan foydalanishadi. Jumladan, keyinroq borsak bo’lmaydimi,
keyinroq borsak bo’lar ekan,
keyinroq boraylik, keyinroq bora qolaylik, keyinroq bora
qolaylik, maylimi?, keyinroq borsak nima deysiz? va h. Erkaklar esa bu holatda keyinroq
boramiz, keyinroq borsak bo’ladi, keyinroq ham borsak bo’ladi, keyinroq borsak ham
bo’ladi kabi ifoda shakllaridan foydalanishadi.
G’arb tilshunoslarining fikricha, ta’kidli tarkibli so’roq gaplar (rus tilidagi
“xvostoo’ye voproso’”
Tebe eto nravitsya, ne tak li?) ingliz tilida so’zlashuvchi ayollar
nutqining asosiy sintaktik jihatlaridan biridir.
3
Ayollar va erkaklar nutqining o’ziga xosligini belgilovchi asosiy omillardan biri
ayollarning erkaklarga qaraganda ko’proq nutqiy muloqotda xushmuomala bo’lishga, odob
saqlashga, suhbatdoshiga nisbatan hurmat ko’rsatishga harakat qilishlaridir.
Ayol va erkaklarning yozma hamda og’zaki nutqidagi farqlar yuqoridagilar bilan
cheklanmaydi. Ushbu farqlarning asosida jinslarning psixologiyasi, tafakkuri o’rtasidagi
1
Lakoff R. 1975 – Language and woman’s place. N.Y., 1975.
2
Eckers Th. 1994 – Features of women: assessing stereotypic beliefs about gender subtypes // British journal
of social psychology. 1994. №33.
3
Chandler M.A., Basset D.L. 1989 – Tag questions and powerfulness: quantitative and qualitative analysis of a
course of psychotherapy // Language in society. 1989, V, 18. № 1.
29
tafovutlar, jamiyatdagi gender parametrlarini belgilovchi normalar jamiyatda insonlarning
ongi
va tafakkuri, ijtimoiy-ma’naviy qarashlari asosida shakllanadi.
1
Bundan xulosa qilish
mumkinki, o’zbek tilida faqatgina ayollargagina xos bo’lgan so’zlashuvning gender
xususiyatlari, ayrim horijiy tillarda ikkala jins vakillariga ham xos bo’lishi mumkin. Bu
fikrni dalillash kelgusida o’zbek tilining gender xususiyatlarini o’rganuvchi tadqiqotchilar
zimmasiga tushadi.
Xulosa qilib aytganda, o’zbek tilida diskursning gender xususiyatlarini o’rganish
tilshunoslik, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy fanlar kesimida muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: