Ўзбекиетон Республикаси



Yüklə 5,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/46
tarix28.11.2023
ölçüsü5,24 Kb.
#138574
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA BETON VA TEMIR BETON ISHLAB CHIQARISH

 


36 
III- BOB
Yoqilg‘i va energetika sanoati chiqindilari materiallari 
3.1. Y o q i l g ‘ i tarkibli chiqindilarning umumiy tasnifi 
Yonilg‘i tarkibli maqsulotlar sirasiga qazib olishda. qattik yonilg‘ini boyitish va 
yoqishda paydo bo‘ladigai chiqindilar ko‘rnishidagi mahsulotlar kiradi. Tosh va 
kulrang ko‘mirlar qattiq yonishining assosiy turlari xisoblanadi. Ko‘mirlarni qazib 
olish va boyitishda shaxta va ochilgan jinslar, ko‘mirni boyitish chiqindilari 
yorlamchi maxsulotlar bo‘lib xizmat qiladi. 
Kurilish materiallarini ishlab chiqarishda foydalanish uchun eng kam 
o‘zgaruvchan tarkib va xususiyatlarta ega
 
bo‘lgan ko‘mirni boyitish chiqindilari 
katta qiziqish uyg‘otadi. Ular turli xilda mavjud: argillitlar, alevrolitlar, qumtoshlar 
va b. Boyitilish jarayonida ajralib chiqmagan ko‘mir tarkibi 20%ga yetishi mumkin. 
Ko‘miriing boyitilish chiqindilari asosan 8...80 mm. bo‘laklar ko‘rinishida bo‘ladi. 
Koksokimyo ishlab chiqarish korxonalaridagi asosiy qayta ishlab chiqarishdan 
keyin namligi 30%gacha bo‘lgan va 0,14 mm.dan kamroq o‘lchamdagi bo‘lakchali 
shlamlar, o‘lchami 3 mm li yonilg‘idan iborat shaxta jinslari, shuningdek yirik 
turdagi bo‘laklardan iborat qoldiqlar ko‘rinishidagi maxsulotlar qoladi. 
Tosh ko‘mir konlariga to‘g‘ri keladigan bo‘sh jinslar yonishining maxsuli bo‘lib 
yongan jinslar hisoblanadi, Gliyejlar-ko‘mir qatlamlarida yer qa’ridagi yerosti 
olovlarda pishirilgan loy va loy-qumlik jinslar hamda chiqindi sifatdagi yonib 
ketgan shaxta jinslari ularning turlari xisoblanadi. 
Tabiiy yongan jinslarning zaxiralari mamlakatimiz turli hududlarida keng 
tarqalgan. Ularning xaqikiy zichligi 2,4...2,7 g/sm o‘rta zichligi — 1300...2500
kg/m , siquvga chidamliligi-20..60Mpa ni tashkil etadi. O‘zlariniig asosiy fizik va 
kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha ular 800...1000 S da kuydirilgan loylarga yaqin 
turadi. Yongan jinslarning kimyoviy-mineralogik tarkibi turlicha, ammo ular uchun 
degidratlashtirilgan loylik minerallarning radikal ko‘rinishdagi faol glinozemlarning 
yoki faol glinozem, kremnezem va temirli birlashmalarning mavjudligi umumiy 
xisoblanadi. Kul va shlaklardan farqli ravishda yongan jinslar qariyb shishalik 
kompopetlardan tarkib topmagan va yuqori sorbsion imkoniyati bilan farqlanadi. 


37 
Yonmagan yonilg‘i tarkibi 2...3%ni tashkil etadi, chiqindili yongan jinslarda esa u 
yanada axamiyatliroq bo‘lshii mumkin. 
Qattik turdagi yonilg‘ilarni issiqlik elektrostansiyalarning qozonlarida 
yondirilganida chang ko‘rinishdagi koldiqli kul va bo‘lakli shlaklar yuzaga keladi. 
Ular yonilg’i mineral qismining yuqori haroratli (1200.. 1700 °S) qayta 
ishlanishining maxsuli xisoblanadi. Yoqilg’i o‘txona panjaralar ustida qatlamda 
mayda bo‘lak ko‘rinshida yoki chang ko‘rinishidagi xolatda kuydiriladi. Chang 
ko‘rinishdagi kuydirilishda kullarga yuqori haroratda ishlov berilgan. Ular qiyosiy 
bir xil kimyoviy tarkib va yonmagan yonilg‘ining axamiyatsiz qismdagi tarkibga 
ega bo‘ladi. Kulning ayrim qismlari o‘choq trubalarida, qozon devorlarida o‘tirib 
qoladi, lekin uning asosiy qismi tutunli gazlar bilan chiqib ketadi bunkerlarda 
ushlanib qoladi va u yerda suv oqimi yoki pnevmotransport orqali yuvilib ketadi. 
Faoliyat ko‘satayotgan ko‘plab IESlarida kulni chiqindilarga chiqarish uchun 
gidrosiquv tizimi qo‘llaniladi. 
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda kullardan foydalanish uchun kulni 
iste’molchilarga kuruk shaklda, yonmagan bo‘lakchalarning kichik, tarkibida 
yetkazib berish imkonini beradigan kulni pnevmochiqarish tizimi ko‘prok 
qo‘llaniladi. 
KPDsi 95...97%ga teng bo‘lgan eletrofiltrlar eng samarali kul. yig‘uvchi 
vositalari 
xisoblanadi. 
Hozirda quruq kul yig‘ish moslamalar qator 
elektrostansiyalarga o‘rnatilgan, ishlab kelinayotgan kul miqdori yiliga 10mln.t.dan 
ortiq. 
Shlaklar — yonilg‘ining bo‘laklab yoninishida xosil bo‘ladigan asosiy 
chiqindilar xisoblanadi. Chang ko‘rinishdagi kuydirilishda shlaklar paydo bo‘lishi 
kul miqdorining 10...25% ni tashkil etadi. Shlaklar ayrim bo‘lakchalarning o‘txona 
panjaralarida 1000 
U
C dan yuqori xaroratda pishirilishi yoki yonilg‘ining ertiltan 
mineral qismining 1300° S dan yuqori xaroratda sovutilishi natijasida xosil bo‘ladi. 
Qattiq yonilg‘ining yondirilish jarayonlarining jadalashtirilishi va issiqlik 
energetikasida ko‘p kulli ko‘mir turlari va slanetslardan foydalanilishga o‘tilishi
munosabati bilan suyuq shlakyig‘uvchi o‘txonalarni qo‘llash istiqbolli 


38 
xisoblanadi. Mineral eritmani suv orqali tez sovutilishi natijasida
shakllangan issiqlik granullashtirilgan shlaklar energetika o‘txonalarining suyuq 
shlakyig‘ish maxsuli xisoblanadi. Suyuq shlakyig‘ish xavoning 700oS
xarroratda isitilishi yoki yoqilg‘i mineral qismini unga flyusni qo‘shish bilan 
eritish xararatining tushirilishi orqali ta’minlanadi. 
Kuldan farqli o‘laroq, yuqori xaroratda hosil bo‘ladigan shlaklarda, 
qariyib yonmagan yoqilgi bo‘lmaydi xamla katta birxillik bilan farqlanadi. 
Shlak gidravlik yoki quruq vosita orqali chiqarib tashlanadi. Hozircha 
keng tarqalgan gidravlik uslubda kul va shlaklar aralashib ketadi. 
Kul-chiqindi asosan 5... 100 mkm. o‘lchamdagi zarrachalardan tashkil topgan 
nozik dispeprs materialdan iborat. Uning kimyoviy-minerologik tarkibi 
yondiriladigan yoqilgining mineralogik qism tarkibiga to‘g‘ri keladi Masalan, tosh 
ko‘mirning yonishida kul kvars qumining dispersli zarrachalarini qamrab olgan 
pishgan loy moddani o‘zida ifoda etadi. slanetslarning yonishida-gips va qum
aralashmali mergellar. Yeqilg‘i mineral qismining yondirilishida loy modda 
degidratatsiyalanadi va past asosli alyuminatlar va kalsiy silikatlari xosil bo‘ladi. 
Butun massaning 40...65%ni tashkil etuvchi va 100 mkm.gacha bo‘lgan 
o‘lchovdan iborat shar shaklidagi zarrachalar ko‘rinishidagi shisha shaklli 
alyumasilikat faza kulchiqindining asosiy komponenti xisoblanadi. Kullarda kristall 
fazalardan L,-kvars va mullit. G‘egOz ning yuqori miqdorida esa gematit xam 
bo‘lishi mumkin. /L-kvars va mullit o‘rtasidagi mikdoriy nisbat 
SiO2/
AL
2
0
3
nisbati 
bilan aniqlanadi. SiO2/AL2Oning oshishi bilan L-kvarsning miqdori kristall fazada 
ortadi, mullitniki esa kamayadi. Xuddi shu nisbatda kulning oxakni yutish bo‘yicha 
faolligi ortadi. Temir oksidlari bilan boyitilgan kullar ancha yengil eruvchan, ularda 
shisha ko‘proq shakllanadi. 
Agarda yoqilgining moddiy qismi ko‘p miqdorda korbonatlardan iborat bo‘lsa, 
kulda past asosli silikatlar va suv bilan o‘zaro ta’sirlasha oladigai kalsiy ferritlari 
hosil bo‘ladi. 
O‘rta Osiyo va Sibirning qator konlarining kulrang va tosh ko‘mirlari, 
yonuvchi slanetslar yuqori kalsiyli kullarga ega. 


39 
Kullar tarkibiga oz mikdorda kuyidagi aralashma kiradi: kalsiy va magniyning 
erkin oksidlari, sulfatlar. sulfidlar va boshqalar. 
Kullarda, odatda, turli xil ko‘rinishda va koksli qoldiqlar shaklidagi uglerodlar 
mavjud bo‘ladi. Ularning tarkibi yonuvchi yoqilg‘i turiga bog‘liq: ko‘mir va 
yonuvchi slanetslar uchun myoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 

4% dan kam bo‘lgan 
miqdorni tashkil etadi. tosh ko‘mirlarniki -3...12%, antratsitlarniki - 15...25%ni 
tashkil etadi. Yonmagan zarrachalar miqdori mayindispersli fraksiyadagi kullarda 
yirik dispersli kullarga nisbatan kamroq bo‘ladi. 
Kul-chiqindilarning kimyoviy tarkibi ko‘mir koniga qarab o‘zgarib turadi. 
Turli IES kullaridagi asosiy oksidlarning taxminiy miqdori %: SiO
2
- 37...63; 
Al2O3. - 9...37; Fe
2
0
3
- 4...17; CaO ---1...32; MgO 0,1…5; SO
3
- 0,5...2,5; 
Na
2
O+K
2
0 - 0,5...5. Kul tarkibida yonmagan ko‘mir zarrachalarining miqdorini 
xarakterlovchi qizdirilishdagi yo‘qotishlar 0,5.. .30%ni tashkil etadi. 
Kul sifatining muqim ko‘rsatkichlari uning dispersliligi va granulometrik 
tarkibidir. Kul-chiqindining dnspersligi xavo o‘tkazuvchanlik uslubi bilan 
aniqlanadigan solishtirma yuzi, shuningdek g‘alvirda elashdagi koldiqlarning 
ko‘rsatchiklari bilan ifodalanadi. Ushbu ikkala ko‘rsatkichlar o‘rtasida bevosita 
bog‘likliq yo‘q. Kul-chiqindilarning solishtirma yuzi 1000...4000 sm2/g ni tashkil 
etadi. Ko‘pgina xollarda u sementning solishtirma yuzasiga yaqinlashadi. Yonmay 
qolgan yoqilgi qoldig‘ining miqdori ko‘p bo‘lgan kullar, yuqori solishtirma yuza 
ko‘rsatkichlariga ega. 
Kullarning granulometrik tarkibi keng miqyosda o‘zgaruvchan: zarralar 
o‘lchamlari 1...20 mkm. Kul-chiqindilarda 85 mkm dan katta bo‘lgan fraksiyalar 
miqdori odatda 20%dan ortmaydi. Kulning taxminan 50% zarrachalari odatda 30...40 
mkm dagi o‘lchamga ega bo‘ladi. Yirikroq kullar yoqilg‘ining mineral qismida SaO 
va G‘e2Oz eruvchan oksidlar yuqori tarkibda bo‘lganida shakllanadi. Kulning turli 
fraksiyalari turli xaqiqiy va o‘rta mustaxkamlikka ega, bu zarrachalarning kimyoviy-
minerologik tarkibi va shakli bilan belgilanadi. Yirik fraksiyalar yuqori miqdordagi 
Al
2
O
3
ega bo‘ladi. Zarrachalarning zichligi ularda koks zarrachalar tarkibining ortishi 
bilan kamayadi. Donalarning yiriklashishi sayin yonmagan bo‘lakchalar tarkibi o‘sib 


40 
boradi Kulning o‘rtacha zichligi 600...1100 kg/m’ni, xaqiqiy zichligi-1800. ..2400 
kg/m2 ni tashkil etadi. 
Kullar yuqori kalsiyli (SaO>20%) va past kadsiyli (SaO<20%) turlarga ajratiladi. 
Birinchilar uchun ko‘proq kristall fazalar, ikkinchi turdagilarga - shisha va 
amorflashgan loy modda ko‘proq to‘g‘ri, keladi. Yuqori kalsiyli kullar, o‘z navbatida 
ko‘mir va torfni yondirishda xosil bo‘ladigan past sulfatli (SOj< 5%) va slanetslarni 
yondirishda xosil bo‘ladigan-sulfatli (SOj>5%) turlarga bo‘linadi. 
Kul kimyoviy tarkibining integral tasnifi bo‘lib M0 asoslik moduli xizmat qiladi. 
U asosiy kullar uchun Mo>0,9-, nordonlar uchun-0,6,..0,9; yuqori nordonlar uchun- 
Mo<0,6. Asosiy kullarda CaO+MgOning miqdoriy tarkibi 50%gacha. yuqori 
nordonlarda-12%gacha yetib boradi. 
Kullarning solishtirma yuzasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: mayindispersli 
(S>4000 sm2/g) o‘rta dispersli (2000...4000) va yirik dispersli (S<2000). 800 kg/m3 
dan kam to‘kma zichlikda kullar yengil, 8000... 1000-o‘rta va 1000 dan ortiqda-og‘ir 
zigchli xisoblanadi. 
Issiqlik shlaklari dona o‘lchamlari 0,14...20 mm dagi mexanik qorishmadan 
iborat. Kullardagi kabi yoqilg‘i shlaklarining kimyoviy tarkibi keng diapazonda-
yuqori nordonli (Mo<0,1 )dan to asosli (Mo>0,1) kenglikda o‘zgarishi mumkin. 
Ko‘plab issiqlik shlaklari asosan nordonlangan shlakdagi katta miqdordagi temir 
oksidlari (20% va undan ko‘p) miqdori bilan farqlanadi. Shisha ko‘rinishdagi faza 
miqdori 85...89%ni tashkil etadi, asosiy shlaklarda esa kamroq bo‘lishi mumkin. 
Krislalli fazada mullit, gelelit, psevdovoldastonit, ikki kalsiyli silikat va boshqa 
minerallar bo‘lishi mumkin. 
IESlarining kul va shlaklari yonmagan ko‘mir zarrachalarini miqdoriga qarab 
6 turga ajratyaladi: %; l-5 gacha; 2,6. .10; 3-11... 15; 4-16...20; 5-21...25, 6-25dan 
ko‘p. 

Yüklə 5,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə