Ўзбекиетон Республикаси



Yüklə 5,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/46
tarix28.11.2023
ölçüsü5,24 Kb.
#138574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA BETON VA TEMIR BETON ISHLAB CHIQARISH

So’z boshi 
Qurilishda mablag‘ni iqtisod qilish eng dolzarb muammolardan xisoblanib. xalq 
xo‘jaligi tarmog‘ining yalpi material ishlab chiqarish maxsuloti xajmining uchdan 
bir qismini iste’mol qiladi. Qurilishdagi bu muammolar texnik, tashkiliy, iqtisodiy 
omillardan 
va 
ilmiy-texnik 
taraqqiyotining 
jadallashuvidan 
kompleks 
foydalanilgandagina xal qilinishi mumkin. 
Qurilishda mablag‘ni iqtisod qilishdagi eng muhim yo‘nalish - bu ikkilamchi 
ishlov beriladigan material manbalaridan keng foydalanish bo‘lib, jumladan ana shu 
manbalarga 
fan 
va 
texnikaning 
ma’lum 
bosqichlarida xalq xo‘jaligida 
foydalanilayotgan chiqindilar kiradi. 
Jamoat sanoati doimiy o‘sish an’anasiga ega ekakligini inobatga olinsa, sanoat 
maxsulotlari chiqindilari xajmi xam juda yuqori tezkorlik bilan o‘sayotganligini 
anglash mumkun. Yalpi ishlab chiqarilayotgan maxsulotning baxosidan o‘rtacha 8-
10% faqat ularni olib tashlash va joylashga sarflanmoqda. 
Sanoat korxonalarida qayta ishlovdan chiqqan va salbiy sifatlarga ega bo‘lgan 
maxsulotlardan foydalanish dolzarb muammo bo‘lib, bu muammoning yechimi o‘z 
navbatida ishlab chiqarishni arzon va yarim tayyor xoldagi boy xom ashyo bilan 
ta’minlaydi va birlamchi mahsulotni qazib oladigan, xamda qayta ishlaydigan 
korxonalar qurilishi uchun mo‘ljallangan kapital mablag‘ni tejashga, sanoatning 
o‘z xarajatini o‘zi qoplashi xususiyatni oshishiga olib keladi, yer maydonlarini 
chiqindilardan tozalash va atrof-muhitni ifloslanish darajasini pasaytiradi. Sanoat 
chiqindi maxsulotlaridan foydalanish darajasini oshirish davlat ahamiyatidagi asosiy 
muhim vazifadir. 
Sanoat chiqindi maxsulotlaridan samarali foydalanish — qurilish materiallarini 
tayyorlashda qo‘llash hom-ashyoga bo‘lgan talabni 40% gacha qondiradi. Qurilish
materiallarini tabiiy hom-ashyodan. tayyorlashga nisbatan sanoat chiqindilaridan 
qurilish materiallariga qilinadigan sarf xarajatning 10-30% ga kamaytirish imkonini 
beradi, kapital mablag‘ning 35-50% ini iqtisod qilish imkoniyatini yaratadi. MDX 
mamlakatlarida xam dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar kabi sanoat 
chiqindilaridan qurilish materiallarini tayyorlashda foydalanish borgan sari keng 



qo‘lamda rivojlanib bormoqda. Domna qozoni (shlak) chiqindilaridan umumiy 
foydalanish 90% ga yaqinini tashkil etadi. Xalq xo‘jaligida xar bir million tonna 
domna qozonining chiqindisini qayta ishlov berilishidan 2,5-3 mln. rub foyda 
keltiriladi. Ilg‘or metallurgiya korxonalari ag‘darmasdan xaydash ish tartibiga 
o‘tkazilgan. 
Biroq sanoat chiqindilaridan foydalanishning umumiy darajasi xali yetarli 
miqdorda emas. Domna shlakiga nisbatan po‘lat eritish chiqindilari anchagina 
kamdir. Ulardan foydalanish xajmi 65% ni, rangli metallurgiya chiqindilaridan esa 
yillik xajmidan 1 % ini tashkil qiladi. MDH mamlakatlaridagi energetika sanoati 
15% kuli chiqindilardan foydalanish imkoniyatiga ega, bunday metallurgiya 
chiqindilari qurilish materiallari sanoati uchun zaruriy xom ashyolar turiga kiritiladi. 
Dunyoning bir qancha mamlakatlarida chiqindi kuldan xom ashyo
 
sifatida 
foydalanish ancha yuqori, masalan, GFRda 80%, Fransiyada 65%, Buyuk 
Britaniyada 53% 
Belgiyada 44%, Polshada 34%ni tashkil qiladi. Hozirgi yog‘och 
ishlab chiqarishdagi, kimyo soxasidagi va boshqa ba’zi bir tarmoqlarda ishlab 
chiqarishdagi chiqindilardan foydalanish darajasi qoniqarsizdir. Hozirgi davrda 
qurilish materiallarini ishlab chiqarishning takomillashib borishi, taraqqiy etishi va 
iqtisodiy samarasining oshib borishi ma’lum darajada xom ashyo mablag‘laridan 
unumli foydalanish, xar xil tarmoqdagi ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘liq 
foydalanish bilan bog‘liqdir. 




Yüklə 5,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə