Ўзбекиетон Республикаси



Yüklə 5,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/46
tarix28.11.2023
ölçüsü5,24 Kb.
#138574
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA BETON VA TEMIR BETON ISHLAB CHIQARISH

Oxak-shlakli sementlar 
- bu gidravlik bog‘lovchi modda. ohak bilan 
granullangan domna shlakining birgalikda yanchilishidan xosil bo‘ladi. Qurilish 
qorishmalari va betonniyag 200 dan ortiq markasini tayyorlashda qo‘llaniladi. 
Ushlab qolish muddati va boshqa xususiyatlarini tartibga solib turish uchun bu
bog‘lovchilarni tayyorlashda 5% gacha gips toshidan qo‘shiladi. Yuqori sifatli
sementni olish uchun alyumiko-oksidli va tarkibida 10...30% so‘ngdirilmagan 
oxak, asosiy shlaklar qo‘llaniladi. 
Oxak-shlakli semeng mustahkamligi sulfat shlakli sement teng kelolmaydi. 
Ularning markasi: 
M50. M100, MI50, M200. 
Ushlab qolish xususiyatining 
boshlanishi 25 min. dan oldin, qotishning tugashi eca 24 soatdan kech bo‘lmasligi
kerak. Harorat pasayishi, ayniqsa 10 
0S 
damustaxkamligining ortishi keskin
sekinlashadi va aksincha xaroratniig ko‘tarilishi kerakli namlik ostida,
tezkorlik bilan qotishni ta’minlanadi. Xavoda qotirish nam sharoitda
15...30 kecha kunduz qotirilgandagina to‘liq qotishiga erishiladi, Oxak-shlakli 
sement uchun sovuqka chidamsizligi, agressiv suv ta’siriga o‘ta chidamliligi
va kimyoviy jarayonda o‘zidan past issiqlik chiqarish bilan xarakterlidir. 
Ishkor-shlakli bog‘lovchi - bu gidravlik bog‘lovchi modda bo‘lib, granulli
shlaklarni maydalashda ishqorli komponentlar bilan yoki yanchilgan shlak 
qorishma bilan ishqorli metallarning (natriy yoki kalsiy) qotishmasi ishqorli 
reaksiyani xosil qiluvchilar bilan olinadi. 
Ishkor shlakli bog‘lovchini olishda granullangan shlaklar - domna, 
elektrotermofosfor, rangli metallurgiya qo‘llaniladi. Shlakning zaruriy aktivlik 
sharoiti - bu oynasifat’ fazaning mavjudligi, ishqorlarni o‘zaro ta’sirlaydigan 
xususiyatidir. Yanchilishning mayinligi solishtirma yuzaga 
3000 s.m 
2
/g 
ga mos 
kelishi kerak. 
Ishqorli kompopent sifatida kaustik va kalsiylashtirilgan soda, potash, eriydigan 
silikat natriy qo‘llaniladi. Asosan sanoat maxsulotiga mos: ishqorning erishi (soda 
ishlab chiqarish); soda ishqorning erishi (kaprolaktam ishlab chiqarish); sodapotashli 
qorishma (aluminiy oksidli ishlab chiqarish); sement changi va boshqalardan 
foydalaniladi. Tarkibida ishkor bo‘lgan chiqindilardan foylalanish xar yili 30 mln. t 


22 
ishkor shlakli bog‘lovchi olish imkonini beradi. 
Bog‘lovchida ishkorli bog‘lanish optimal tarkibi qaytadan xisoblab chiqilganda 
Na
2

shlak massasidan 2...5 % ini tashkil etadi. Bu bog‘lovchi qotishining 
boshlanishi 30 minutdan erta tugashi, 12 soatdan kech bo‘lmasligi kerak. 
Mustaxkamlik chegarasi 28 kecha kunduzdan keyin ishqor-shlakli bog‘lovchilar 
M300 
dai 
MI20O 
gacha markalarga bo‘linadi. Mustaxkamlik chegarasiga yetishini 
tezlatish va deformatsiyalanishini kamaytirish uchun bog‘lovchilarga semet klinkeri 
qo‘shiladi (2...6%). Tez qotadigan ishkor-shlakli bog‘lovchi 3 kecha kunduzdan 
keyin 
M400 na M500 
markalari uchun siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 50% dan 
kam bo‘lmagan marka mustaxkamligini, 
M600...M1000 
markalari uchun esa 30 
MPdan kam bo‘lmagan mustahkamlikni tashkil qiladi. Ishqor-shlakli bog‘lovchi, 
issiq nam ishlov ta’siriga beriluvchandir. 80
0
...900S xaroratda bug‘lash sikli 6...7 
soatga qisqartilishi mumkin, ishlov berib tarkibining aktiv kismi 3...4 soatni tashkil 
etadi. Bug‘lanishning maksimal xaroratini sezilarli darajada pasaytirish, shuningdek 
ishlov berishning pog‘onali va jo‘shqin tartibini qo‘llash mumkin. Ularning iqtisodiy 
samarasi juda yuqori. 
Solishtirma kapital mablag‘ bu bog‘lovchilarni ishlab chiqarishda portladsement 
ishlab chiqarishga nisbatan 2...3 marta kam, chunki fond, kapital va material hajmi 
texnologik operatsiyalarga shuningdek, kondan qazib olish, xom ashyo tayyorlash, 
maydalash, kuydirish kabilarga xojat qolmaydi. 
Masalan: 
ishqor-shlakli 
bog‘lovchilarni 
markalari 
M600...M1200 
ni 
portlandsement markalari 
M600 
bilan ishlab chiqarishga ketadigan sarfni solishtirsak, 
portlandsement ishlab chiqarishga nisbatan tannarx 1,7...2,9 marta, yokilg‘ining 
solishtirma shartli sarfi 3...5, elektr-energiya-2, keltirilgan sarflar 2...2,5 marta 
kamligini ko‘rishimiz mumkin. 

Yüklə 5,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə