Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


O„zbеkistоn Rеspublikаsining “Jismoniy tarbiya va sport to„g„risidа”gi Qоnuni. Tоshkеnt, 2015 4 sentabr



Yüklə 166,92 Kb.
səhifə4/15
tarix19.04.2023
ölçüsü166,92 Kb.
#106419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
184-MAVZU. TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH ASOSLARI. KURS ISHI 1111

2 O„zbеkistоn Rеspublikаsining “Jismoniy tarbiya va sport to„g„risidа”gi Qоnuni. Tоshkеnt, 2015 4 sentabr.
Kuzatuvchilar natijasiga ko‟ra “tezlik” texnikasi bilan bajariladigan xarakatlar yig‟ilib tezkorlik kuch sifatida keltirib chiqaradi.
Tezkorlik rivojlantirish uchun mashg‟ulotlar jarayonida quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: tezkorlik uchun mashqlar pastki startdan tezlikka 30,60,100 m yugurish, 30 dan 50 m gacha tezlanish bilan yugurish.
Tezkorlik qobiliyatlari (dinamik kuch) – tez xarakatlarda, tezkor-kuchlilik qobiliyatlari qarshiliklarni enguvchi va yon
beruvchi (amortizastion kuch) kuchlarga bo‟linadi.
Juda ko‟p sport adabiyotlarida tezkorlik sifatlarini tarbiyalash uchun ko‟p metodlar uchraydi.
V.V.Kuznestov aytadiki, umumiy tezkor sifatlarini tarbiyalash metodi har tomonlama yo‟naltirilgan maxsus tezkorlik sintetik va analitik metodlardan foydalanishni tavsiya etadi (qisqa vaqtda zo‟r berish, qaytarish, interval, aylanma metodlari).
Tezkorlik mashqlari muskullarni juda yuqori darajada tez xarakat qilishga undaydi va u uzoq davom etmaydigan ishda yaxshi natjalarga erishadi:
Tezkorlikni rivojlantirish uchun mashg‟ulotlar jarayonida quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi: tezkorlik uchun mashqlar pastki startdan tezlikka 30,60,100 m yugurish, 30 dan 50 mgacha tezlanish bilan yugurish, arg‟amchada tez sakrash: to‟ldirma qopni 10-15 sek davomida ko‟tarib yugurish (marta).
Qisqa masofalarga yugurish (sprint) shartli ravishda 4 fazaga bo‟linadi: yugurishning boshlanishi (start), startdan yugura boshlash, masofada yugurish, marraga yugurish, marraga chopib kelish.
Yugurishning boshlanishi (start). Startda yugurishni tezroq boshlashga va maksimal tezlikni qisqa bo‟lakda oshirishga
imkon beruvchi past start qo‟llaniladi.
Startdan tezroq chiqib olish uchun start dastgog‟i yoki qoliplar qo‟llaniladi. Ular itarilish uchun qattiq tayanishni, oyoqlarni joyiga qo‟yish va tayanch maydonchalari qiya burchaklari barqarorligini ta‟minlaydi. Startning turli xillari uchun start kolodkalari joylanishi turlicha bo‟ladi, biroq natija uchun bu oyoq qo‟yishlar prinstipal ahamiyatga ega emas.
Start va undan keyingi qadamlar texnikasi yuguruvchining kuchi va tezkorligiga bog‟liq. Hali jismoniy jihatdan etarli tayyorlanmagan yangi sprinter startdan chiqishni bajara olmaydi.
Tezkorlik insonning tashqi ta‟sirlarga bir zumda javob qaytarish hamda tez harakatlar bajara olish qobiliyatidir. Sport amaliyotida tezkorlik tezlik - kuch sifatlarining o‟ziga xos shakllarida namoyon bo‟ladi. Asab jarayonlarining harakatchanligi, mushakka berilgan asab impulsining amalga oshish tezligi va samaradorligi tezkorlikning fiziologik shartlari sanaladi. Tezkorlik sifatining namoyon bo‟lishi ATF qisqarishlar quvvat manbaining resintezini ta‟daqlovchi biokimyoviy reakstiya-lar tezligiga ham bog‟liq. Katta tezlik bilan harakatlanishda insonning faqat funktsional xususiyatlari emas, morfologik si-fatlari: bo‟yi, tana og‟irligi ham katta ahamiyatga ega.
Tezkorlikni tarbiyalashda qo‟llaniladigan jismoniy mashq-lar tuzilishiga ko‟ra maxsus harakat ko‟nikmalariga yaqin bo‟lishi lozim. Boshqacha aytganda, sport ixtisoslashuvi doirasida tezkor-likni rivojlantirish uchun samarali vositalar sifatida texnik jihatdan mukammal harakat shakllarini tilga olish zarur bo‟lib, ular maksimal tezlikda bajarilishi mumkin. Har bir mashqning davomiyligi shunday bo‟lishi kerakki, oxiriga borib uning tezligi pasaymasin. Tezlik pasaygach, mashqni takroran bajarish o‟z ma‟-nosini yo‟qotadi: tezlik ko‟tarilmaydi. Toliqish asoratlari bo‟l-gan holda tezlik mashqlarini takrorlash tezlik chidamliligini rivojlantirish vositasi sanaladi. Bolalik va o‟smirlik davrida tezkorlikni tarbiyalash vositalari turlicha. Bular yuqori tezlikda bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar, o‟yinlar, o‟yin mashqlari, qisqa masofalarga yugurish va boshqalar.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda 15m dan 30m gacha bo‟lgan masofalarga toliqtirmaydigan qisqa muddatli tez yugurish tezlik-kuch sifatlarini rivojlantiruvchi samarali vosita hisoblanadi. Bu vositadan foydalanganda, rioya qilish zarur bo‟gan asosiy shartlar - yugurishning tabiiy shakllaridan uzoq bo‟lgan yuqori sur‟atli harakatlarni amalga oshirish, yuqori hissiy ko‟tarin-kilikni paydo qilish. 10-11 yoshli o‟quvchilarda tezkor faoliyatni bir necha bor bajarish (qisqa masofalarga takroran yugurish) qobiliyati kuchayadi. 13-14 yoshli o‟smirlarda yugurish tezligi va tana uzunligi orasida chambaras aloqa kuzatiladi: baland bo‟yli o‟smirlar past bo‟yli tengdoshlari oldida shubhasiz ustunlikka ega. 10-11 yoshli bolalarda bunday bog‟liqlik yo‟q: baland bo‟ylilar ham, past bo‟ylilar ham bir xil tezlikda yuguradilar. Demak, jismoniy etilish davrida tezlik sifatlari namoyon bo‟lishida bunday etilish darajasi hamda u bilan bog‟liq jismoniy rivojlanish saviyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maktab yoshidagi bolalar qisqa muddatli tezlik - kuch yuklamalariga yaxshi chidaydilar. Ular bilan mashg‟ulot o‟tkazganda, sakrash, akrobatika mashqlari, gimnastika, snaryadlardagi dinamik mashqlar keng qo‟llaniladi.
Shu bilan birga, bolalar nafasini qat‟iy nazorat qilgan holda turg‟un vaziyatlarni saqlab turishni bilishlari kerak. Mashq- larni bajarishda to‟g‟ri holatni tutib turish ehtiyoji tufayli turg‟unlik mashqlarini qo‟llash zaruriyati yuzaga keladi. Bu yoshda
qad-qomatni shakllantirish uchun turg‟unlik mashqlarining o‟ziga xos o‟rni bor. Qad-qomat orqadagi mushaklarning turg‟unlik
chidamliligi bilan chambarchas bog‟liq. Shuning uchun uni rivojlantirish qomat buzilishining oldini oladigan vosita hisoblanadi.
11-12yoshli bolalarda tezlik - kuch sifatlarining shiddatli o‟sishi kuzatiladi. Tezlik - kuch sifatlarini rivojlantirishda portlash xususiyatiga ega bo‟lgan dinamik mashqlarga ustunlik beriladi. Chuqurlikka sakrashdan so‟ng yuqoriga sakrab
chiqishning samaradorligi juda yuqori. 12-14 yoshlar orasida asosan tezlik - kuch sifatlarining rivojlanishi hisobiga harakatlanish
tezligi ham jadal sur‟atlar bilan o‟sib boradi. Shuning uchun tezlik - kuch mashqlaridan keng foydalanish mazkur sifatning kuchayishiga qulay sharoit yaratadi.3
O‟smirlik davrida tez yugurish texnologiyasini o‟rganish uchun fiziologik imkoniyatlar paydo bo‟ladi. Tezkorlikni rivojlan-tirish vositalari sirasiga imkon chegarasidagi yoki chegara oldi tezlik bilan 20 m dan 60 m gacha yugurish, mayda
qadamlab yugurib, keyin tezlashish, shuningdek, mushaklarning zo‟riqishiga ko‟ra bir-biriga zid mashqlar kiradi. 14-15yoshlarga
borib, tezkorlik asosidagi yosh bilan bog‟liq funktsional va morfologik qayta qurishlarning sur‟atlari susayadi. Shu sababli tezlik va tezlik-kuch mashqlarining samaradorligi ham pasayadi. 15 yoshdan keyin faqat mashqlar yordamidagina tezlik - kuch sifatlarining ijobiy o‟zgarishlariga erishish mumkin.

Yüklə 166,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə