|
Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти
MJT
50
52
71
4
|
səhifə | 8/15 | tarix | 19.04.2023 | ölçüsü | 166,92 Kb. | | #106419 |
| 184-MAVZU. TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH ASOSLARI. KURS ISHI 11113
|
MJT
|
50
|
52
|
71
|
4
|
Texnik - taktik va psixologik tayyorgarlik
|
130
|
132
|
179
|
5
|
Musobaqa tayyorgarligi
|
16
|
16
|
24
|
6
|
Qabul qilish va ko„chirish sinovlari
|
16
|
8
|
10
|
7
|
Tibbiy ko„rik
|
-
|
8
|
12
|
JAMI:
| |
312
|
312
|
416
|
ish qobiliyati ham asta - sekin tiklana boshlaydi. Funksional imkoniyat dairasida yoki navbatma - navbat biroz ko„p va biroz kam (hajm va shiddat jihatidan) beriladigan yuklama, organizmning shu yuklamaga moslasha borishiga olib keladi, ish qobiliyati dastlabki darajasidan orta boradi. SHu bilan bir qatorda katta hajmli va katta shiddatli mashg„ulotlarni me‟yoridan ortiq qo„llash zo„riqish, chuqur charchash kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Yuklama (yoki yuklama) deganda muayyan harakat faoliyatining (yoki treniroka mashg„uloti) hajmi, shiddati, davom etishi va qaytarilish chastotasining organizmga bo„lgan ta‟siri tushiniladi. SHu ta‟sir natijasida organizmda yuz beradigan
funksional o„zgarishlar esa shu yuklamaning ta‟sir etish darajasini belgilab beradi. Demak yuklamanig "tashqi" ko„rsatkichlari
(hajmi, shiddati va hokozo) va "ichki" ko„satkichlari (MNS, yurak, qon - tomir, nafas olish va hokozo) mavjud bo„ladi.
Statik yuklama o„zining hajmi va shiddati jihatidan organizmning funksional faoliyatiga turlicha ta‟sir ko„rsatadi. Kichik hajmli, katta shiddatga beriladigan statik yuklama, masalan, yurak faoliyatiga keskin ta‟sir kiladi. YUrakning ritmik faoliyatini
buzadi, uning mushaklarini zo„riqtiradi, puls va nafas olish tezlashadi.
O„rtacha yoki katta hajmli va kichik shiddatda ijro etiladigan statik yuklama esa yurak faoliyatini asta - sekin moslashishiga zamin yaratadi.
«Ish qobiliyati» ga shu tarzda yondashish ko„pchilik tadqiqotchilarga uni keng mazmunli, muayyan xususiyatga ega va ko„p qirrali tushuncha ekanligini e‟tirof etishga imkon yaratdi. (M.I.Volkov, 1972; YU.A.SHpagin, 1974; V.L.Utkin. 1984; N.I.Iroshnikova, 1978; M.L Sa‟vin, 1975; A.V.Radionov 1995 va boshqalar).
Sport amaliyotida «ish qobiliyati» sportchining yuksak jismoniy va texnik - taktik tayyorgarligining uyg„unlashganligini anglatadi. Demak, sport musobaqalarida yuqori natijaga erishish jismoniy sifatlar hamda texnik va taktik malakalarning
shakllanganlik darajasiga bog„liq. Har xil sport turlari bo„yicha o„tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar
qoidalari bilan belgilanadi. SHu musobakalar muddatida qaysi sportchi o„z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt sakday olsa yoki uni oshira olish «kuchi» ga ega bo„lsa, unga muvoffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqarrar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|