Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli o„yinlarni o„rni



Yüklə 166,92 Kb.
səhifə9/15
tarix19.04.2023
ölçüsü166,92 Kb.
#106419
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
184-MAVZU. TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH ASOSLARI. KURS ISHI 1111

1.2. Tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishda harakatli o„yinlarni o„rni
Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratni shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishida nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy
mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez - tez uchrab turadi. Buning asosiy
sabablaridan biri mashg„ulotlarda qo„llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko„rsatkichlarni shug„ullanuvchilarni organizmiga ta‟sir etish darajasi (organizmni yuklamaga bo„lgan aks javobi reaksiyasi) ob‟ektiv ravishda baholanmasligidadir. SHuning uchun ham o„quv trenirovka jarayonida qo„llanilayotgan jismoniy yuklama (jismoniy mashqlar)ning shug„ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e‟tiborga olinishi shu yuklamani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.5
A.A.Ro„ziev (137; 138) fikricha, mamlakatimiz miqyosida, yosh kurashchilarning ko„p yillik tayyorgarligini oqilona tashkil qilishni ilmiy asoslanib berish bunday tayyorgarlik qonuniyatlari va tamoyillari, tavsiflari hamda musobaqa faoliyati
me‟yorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etadi. Bu trenirovka yuklamalari me‟yorlarini chuqur ishlab chiqish
bilan bog„liq.
5 A.Abdullaev. Sh.X.Xonkeldiev. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. O„quv uslubiy qo„llanma. Guliston – 2016 yil.
Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funksiyasining ikki, bir - biriga uzviy bog„liq tomoniga aloxida e‟tibor qaratiladi:
-sportchini texnik - taktik malakalarga o„rgatish va ularni takomillashtirish;
-sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi xususiyatiga muvofiq ravishda tarbiyalash.
V.N.Platonovning (1986) fikricha umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog„lig„ini
(sportchini ham) shakllantirish nuqtai -nazaridan maqsadga muvofikdir. Albatta, "Katta" sportda bu ham zarur. Lekin, bunday
amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish ehtimoldan holi emas. CHunki, har bir sport turining o„ziga hos va o„ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko„proq kuch - tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati etakchi rolni o„ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo„ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma‟lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatnig muayyan sport vaziyatida ozmi - ko„pmi, lekin muhim "ulushi" mavjud bo„ladi.
Avvaldan isbot kilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o„zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchini tayyorgarligaga ijobiy ta‟sir e‟tadi. (A.V.Zimkin, 1974; A.V.Korobkov, 1961; A.B.Gandelsman, K.M.Smirnov, 1966; V.S.Farfel, 1975;
V.P.Filin, 1987; M.A.Godik, 1977; va boshqalar).
J.Nurshin, R.Salomov, F.Kerimov (1993)lar malakali kurashchilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining bekiyos ahamiyatini ta‟kidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil bo„lib
xizmat qilishini ko„rsatib o„tganlar. Mualliflar o„zbekcha milliy kurash bilan shug„ullanuvchi sportchilarda barcha jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi ko„pdan - ko„p mashqlarni va ularni qo„llash uslublarini yoritib berganlar.
V.S.Daxnovskiy va boshqalar (1991) tezkor - kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarni rivojlantirishga yo„naltirilgan mashqlar bilan uzok, muddat mobaynida muntazam shug„ullanish natijasida kurashchilarning texnik-taktik mahorati hamda
boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar.
Kuch va tezkorlik - kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo„rma - zo„raki o„stirishga intilish salbiy oqibatga olib kelishi ehtimoldan holi emasligini ta‟kidlab o„tilgan (A.V.Zimkin, 1974; V.M.Zatsiorskiy, 1979; G.S.Tumanyan, 1985; V.N.Platonov, 1986; V.P.Filin,
1987; Yu.V.Verxoshanskiy, 1988; F.A.Kerimov, 2001 va boshqalar).
So„z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir - biriga bog„lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkor - kuch sifatiga alohida urg„u berish maqsadga muvofiqdir.6
Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor - kuch sifati hal qiluvchi muhim man‟ba bo„lib hisoblanadi. Masalan, voleybolda to„r ustidan hujum zarbasini ijro etish uchun tezkor - kuch sifati ushbu malaka muvoffaqiyatini
ta‟minlovchi omildir; kurashda esa mazkur sifat xujum yoki qarshi hujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qo„llashda
asqotadi. Darhaqiqat, kuzatuv natijalariga ko„ra kurash bo„yicha Jahon, Olimpiya, Ovro„pa, Osiyo, va boshqa xalqaro musobaqalarda g„alabaga erishishgan aksariyat kurashchilar yuksak darajada rivojlangan tezkor - kuch qobiliyatiga ega bo„lganlar.

Yüklə 166,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə