Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə22/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Nah – fern (uzoq-yaqin) – yaqin va uzoq oraliqni ifodalashda keladigan juft soʻzlar ushbu turkumga kiradi. dies und jenes (uni-buni, unga-bunga), dieser und jener (ana bu-mana bu), hüben und drüben (u tomonda bu tomonda). Mustasno holatlar: nah und fern/(von) fern und nah (uzoq-yaqindan).
Metaphorische Übertragung auf emotionale Nähe und Verwandtschaftsbeziehung (hissiy yaqinlik va oilaviy munosabatlarga metaforik oʻxshatish)-qarindoshlik aloqalarini metaforik boʻrttirib tasvirlashdan paydo boʻlgan juft soʻzlar: Familie und Freunde (oila va doʻstlar), weder verwandt noch verschwägert (nikoh bilan bogʻliq yoki bogʻliq emas) va shu kabilar.
Vorwärts – rückwärts (oldi-orqa) harakatlanishning tomonlarini bildiruvchi juft soʻzlar, bular asosan oʻzbek va rus tillarida ham keng ishlatiladi: vor und zurück (oldi-orqa), vorwärts und rückwärts (oldinga-orqaga).
Konkret – abstrakt (aniq-mavhum) – Bu yerda aniq narsa bilan mavhum xatti-harakat yoki hissiyot juftlashadi: Kopf und Verstand (aqlli bosh), Körper und Seele (tana va ruh), Leib und Leben (hayot-umr) Mustasno holatlar: Geist und Körper (til va dil, dil va jon).
Das Ganze – ein Teil des Ganzen - (umumiylik va uning bir qismi) umumiylikning bir qismi sifatida yuzaga keladigan juft soʻzlar, asosan nemis tilida uchratish mumkin: Zeit und Stunde (vaqt va soat), Bund und Länder (federal va shtat hukumatlari), Kapitel und Vers (bob va misra)va shu kabilar.
Sozialer Status/Berufe (ijtimoiy maqom/kasblar) - bu holatga asosan, ijtimoiy holat hamda kasbiy mavqedan kelib chiqib yaratilgan va muomalaga yillar davomida kirib kelgan juft soʻzlar kiradi: Herr und Knecht  (darajalanish), Arzt oder Apotheker (kasbiy ijtimoiy status), Bürger und Bauern (kelib chiqishi), Neffen und Nichten, Vater und Sohn (oilaviy patriarxatlik).
Höflichkeit (xushmuomalalik), yaʻni muomala va muloyimlikka asoslangan. Masalan: Damen und Herren (xonimlar va janoblar). Ushbu keltirilgan misolni deyarli barcha tillarda uchratish mumkin.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə