Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə21/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Mensch  Tier  Pflanze  unbelebte Materie (odam–hayvon-oʻsimlik -jonsiz materiya) – ushbu turdagi juft soʻzlar asosan jonli va jonsiz narsalarning ishtirokida strukturaga ega boʻladi: Herr und Hund (xoʻjayin va xizmatchi), Mensch und Maschine (inson va texnika), Pferd und Wagen (ot-arava), Bienchen und Blümchen (asalari va gullar). (mustasno holatlar) Ross und Reiter (ot va chavondoz), Waffen und Helden (qurol va qahramonlar) Bu holatni juft soʻzlar tarixining alohida hodisasi sifatida koʻrib chiqish mumkin, unda jonzotlarning kichikroq hayvonlar nomlari bilan beriladi. Masalan: Katzʻ und Maus (mushuk-sichqon).74
Aktiv – passiv (faol-passiv) – faol va nofaol koʻrsatkichlar ham juft soʻzlarni tarkibiy qismi boʻlishi mumkin ekan. Bunda nemis tilida asosan feʻllar strukturasida kuzatish mumkin: sehen und gesehen werden (koʻrishi va koʻrilishi), Geben und Nehmen (oldi-berdi) va shu kabilar.
Oben – unten (yuqori-past) - ushbu jihatda harakatlarning yuqoridan pastga ekanligi, yoki biror narsa-predmetning tepadan-pastga berilishi tushuniladi: auf und nieder (baland-past (hayot)), Berg und Tal (togʻ-adir, dara va vodiy), Hand und Fuß (qoʻl-oyoq), rauf und runter(tepaga-pastga). Mustasno holatlar: Rock und Bluse (yubka-koʻylak), Himmel und Erde/Erde und Himmel (yer-u osmon).
Groß – klein (katta-kichik) - katta va kichik mezonlarida va hajmga nisbatan oʻlchanadigan holatlarda ishlatiladi: weder Baum noch Strauch (buta va daraxt, shox va buta), Bomben und Granaten (Bomba va granatalar), groß und klein (katta-kichik), Weg und Steg (yoʻl va yoʻlak). Mustasno holatlar:Busch und Baum (buta va daraxt), Kleines mit Großem (katta-yu kichik).
Visuelle vs. akustische Wahrnehmung (vizual va eshitish sezgisi) - turli xil sezgi taassurotlarni belgilovchi biologik holatlar bilan bogʻliq boʻlgan omillar, bunga vizual inʻikos bilan bogʻliq birliklar hamda akustik inʻikos bilan bogʻliq birliklar kiradi. Adleraug und Luchsenohr (burgut koʻzi va silovsin qulogʻi), Augen und Ohren (koʻz-quloq), blind und taub (koʻr-kar). Mustasno holatlar, Hören und Sehen (eshitish va koʻrish).

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə