Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Jadval 2. Koʻmakchi, predlog va bogʻlovchilar yordamida soʻz turkumlaridan yasalgan juft soʻzlar



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə17/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Jadval 2.
Koʻmakchi, predlog va bogʻlovchilar yordamida soʻz turkumlaridan yasalgan juft soʻzlar





Bog‘lovchilar



Nemis tilida



%


und

Geld und Gut( mol-mulk)

46,81 %


mit

mit Ach und Krach ( zoʻrba-zoʻr inqillab-sinqillab )

29,1 %


oder

Geld oder Leben! (hayot-mamot; boylik yoki hayot)

9,3%,


aber

alt, aber gut (eski-tuski, ammo yaxshi)

1,33%,


weder/noch

weder Baum noch Strauch ( buta va daraxt, shox va buta)

1,06 %,

Jami:_____87,6_%'>Jami:




87,6 %



Ko‘makchilar

Nemis tilida

%


als

nichts als Kummer und Sorgen (Qayg‘u va tashvish (dan o‘zga narsa yo‘q))

0,92 %,


wie

wie Feuer und Wasser( telba-teskari, qarama-qarshi)

0,92 %.




Jami:




1,84 %




Predloglar

Nemis tilida

%


für

für einen Apfel und ein Ei( tep-tekin olmoq)

2,39 %,


von/bis

Von A bis Z (boshidan-ohirigacha)

1,59 %,


von/zu

von Hand zu Hand ( qo‘ldan-qo‘lga)

1,46 %,


an

Wand an Wand (devorma-devor, eshikma-eshik)

1,06 %,


in

Arm in Arm (ko‘lma - ko‘l, yelkama - yelka)

1,02 %,


um

Zahn um Zahn (tishma-tish)

0,93 %,


auf

auf Ehre und Gewissen (shon-sharaf)

0,66 %,


nach

nach Takt und Noten (pishiq va puxta)

0,40 %,


über

über Berg und Tal (qir - adir, tog‘u – tosh)

0,40 %,


von

von Angesicht zu Angesicht (yuzma-yuz)

0,26 %,


vor

Alter vor Schönheit ( izzat-ikromda)

0,26 %,


ohne

ohne Fehl und Tadel ( bekamu ko‘st)

0,13 %,




Jami:




10,6 %



Juft soʻzlarni tarkibiy qismi jihatdan oʻrganilgandagi va statistik xulosalardan aniqlanishicha, asosan mit va und, oder koʻmakchi va bogʻlovchilari nemis tilidagi otlarning juftlashishida qoʻllaniladi.

Oʻzbek tilida esa soʻz yasovchi qoʻshimchalar juft soʻzning ikkala komponenti uchun bir xil boʻlgan hollarda uning juft soʻzga qoʻshilishi kuzatiladi:

  1. agar juft soʻz soʻz yasovchi qoʻshimchani olmagan holda juft soʻz sifatida qoʻllanmaydigan boʻlsa, soʻz yasovchi affiks juft soʻzning ikkala komponentiga qoʻshiladi;

  2. agar ikkala komponenti uchun umumiy boʻlgan soʻz yasovchi affiksga ega boʻlgan juft soʻz shu affiksni olmagan holda ham juft soʻz sifatida qoʻllanadigan boʻlsa, bunday hollarda soʻz yasovchi affiks juft soʻzning keyingi komponentiga qoʻshiladi. Masalan, mast-alastlik, qarindosh-urugʻchilik va shu kabilar. Bu yyerdagi misollarda –lik, -chilik, -garchilik affikslarining juft soʻzning keyingi komponentiga qoʻshilyapti.

Nemis tilida yuqorida berilgan 1-jadvalga kiritilmagan mustasno holatlar ham uchrab turadi. Buni asosan tilshunos olimlardan K. Pils57 tadqiq etgan boʻlib, unga koʻra juft soʻzlar tarkibini tashkil etuvchi soʻz turkumlarida oʻzaro ichki almashinuv holatlari kuzatilib turadi.
Jadval 3.
Juft soʻzlar tarkibini tashkil etuvchi soʻz turkumlarida oʻzaro ichki almashinuv holatlari



(A+Prtz)Adjektive+Partizipien (sifat+sifatdosh)

tot und begraben (oʻlding-oʻchding)

(Prtz+A)Partizipien+Adjektive (sifatdosh+sifat)

gedrängt und anschaulich (qisqa-loʻnda)

(Adv+N)Adverb+Nomen (ravish+ot)

husch und Pfusch (oh-voh)

(Adv +A) Adverb + Adjektive (ravish+sifat)

hoch und heilig/teuer (ont ichmoq, qasam ichmoq)

(Num + A) Nummer + Adjektive (son+sifat)

(zwischen) achtzig und scheintot (qarib-qartaymoq)

Nemis tilida sifat soʻz turkumlarida ham juftlashish holatlari koʻplab uchraydi. Ayniqsa, ikkala taqqoslanayotgan tilda oʻzaro antonim va sinonim munosabatda boʻlgan sifatlarda buni yaqqol koʻrish mumkin. Masalan: gross-klein, katta-kichik. Oʻzbek tilida nemis tilidan farqli ravishda soʻz yasovchi –lik, –chilik, –zarchilik affikslarini juft soʻzning har bir komponentiga alohida-alohida qoʻshib qoʻllash mumkin. Lekin bu affikslarning juft soʻzlar oxiriga qoʻshilishi bilan har bir komponentga alohida qoʻshilishida katta farq bor. –Lik, –chilik, –zarchilik affikslari juft soʻzning keyingi komponentiga qoʻshilganda, juft soʻzlarga xos barcha belgilar saqlanadi. Masalan, juft soʻzning komponentlari orasida pauza qisqa boʻlib, umumlashtirish maʻnosi ham boʻladi. Masalan, mast-alastlik juft soʻzi mastlik, alastlik formasida qoʻllanganda, har bir soʻz alohida keladi.


Shuningdek, oʻzbek tilidagi juft sifatlarning nemis tilidagi juft soʻzlardan yana bir farqli jihati aniqlanmish va aniqlovchi munosabatlarining mavjudligidir. Lekin oʻzbek tilida shunday mustasno holatlar ham borki, ularni juft sifat yoki juft sifat emasligini ajratish biroz mushkul. Misol uchun: oq sariq soʻzini olaylik. Bu oq va sariq soʻzlari oʻzaro aniqlovchi va aniqlanmish holatida, yaʻni masalan, bu qiz normal, sariq ham emas, sap-sariq ham emas, balki oqqa moyil sariq. Bunda oq soʻzi sariqlikning qay darajada ekanligini belgilab kelyapti, uning oqqa yaqinligini koʻrsatyapti. Demak, bu oʻrinda oq va sariq soʻzlaridan juft soʻz hosil boʻlayotgani yoʻq. Bularda juft soʻzlarga xos umumlashtirish maʻnosi ham yoʻq. Shunga koʻra ular oʻrtasida defis (-) qoʻllash toʻgʻri boʻlmaydi.
Bundan tashqari, nemis tilidan farqli ravishda oʻzbek tilida ham juft sifatlarda juft soʻzning ikkala komponenti uchun umumiy (bir xil) boʻlgan affikslar ikkinchi komponentga qoʻshiladi. Masalan: kam-koʻstsiz, azob-uqubatli, sabr-toqatli. Bu misollardagi kam-koʻstsiz, azob-uqubatli, sabr-toqatli juft sifatlardan sifat yasovchi –li va –siz affikslari olib tashlanganda ham ular juft soʻz (juft ot) sifatida qoʻllanaveradi. Oʻzbek tilida yana shunday juft soʻzlar (sifatlar) borki, ularning ikkala komponenti ham bir affiks yordamida yasalgan, yaʻni ikkalasida ham sifat yasovchi affiks bir xil. Lekin ulardan shu sifat yasovchi affiks olib tashlansa, qolgan qismi juft soʻz sifatida qoʻllanmaydi. Masalan, achchiq-chuchuk, issiq-sovuq, egri-bugri (nemis tilida misollar: weit und breit, kalt und heiß). Shu kabi juft sifatlarning sifat yasovchi affikslari (-ik, -iq, -uq, -ri qoʻshimchalari) olib tashlansa, qolgan qismi achi-chuchi, isi-sovi, eg-buk kabi juft soʻz holida qoʻllanmaydi. Buning sababi shundaki, achchiq-chuchuk, issiq-sovuq, egri-bugri juft sifatlari sifat yasovchi –ik, -iq, -uq, -ri affikslari yordamida yasalayotgani yoʻq, avval shu affikslar yordamida achchiq, chuchuk, issiq, sovuq, egri va bugri (bukri) sifatlari yasalgan. Keyinchalik ana shu sifatlardan ushbu juft soʻzlari hosil boʻlgan. Shuning uchun ham bularda sifat yasovchi affiks soʻz (sifat)ning har bir komponentiga alohida qoʻshilgan boʻladi.58
Nemis tilida esa sifatlarga xos grammatik kategoriya juft soʻzlarda unchalik muhim emas. Maʻlumki, sifatlar orttirma va qiyosiy darajalarga ega. Orttirma daraja am+…sten (eng, juda) kabi soʻzlar yordami bilan, qiyosiy daraja –er (roq) affiksi yordamida ifodalanadi. Lekin juft sifatlarda ana shu darajalar deyarli ifodalanmaydi. Chunki biror predmetning belgisi normal holatga nisbatan past (kuchsiz) yoki yuqori (ortiq, kuchli) boʻlishi mumkin. Ana shu normal holatga qiyoslash orqali uning belgi darajasi belgilanadi va biror vosita orqali ifodalanadi, bu ayniqsa, nemis tilidagi juft soʻzlarda yaqqol koʻzga tashlanadi.
Yuqorida taʻkidlangandek, juft sifatlar oʻzbek tilida asosan antonimlardan tashkil topadi. Antonimlardan tashkil topgan juft sifatlarda hamma vaqt umumlashtirish maʻnosi boʻladi (katta-kichik, baland-past). Juft sifatlar sodda sifatlar kabi gapda, asosan, aniqlovchi, hol va kesim vazifasida keladi.
Nemis tilida esa juft sifatlar nafaqat antonim boʻlib keladi, balki ularning maʻnodoshlik aloqalari orqali bogʻlangan sinonim juftlashgan koʻrinishlarini ham uchratish mumkin: ehrlich und aufrichtig, fix und fertig va shu kabilar.
Ikkala tilda ham juft ravishlarni kuzatish mumkin. Tub ravishlardan yasalgan juft ravishlar oʻzbek tilida juda kam uchraydi: asta-sekin, bugun-erta, erta-indin, kecha-kunduz kabi. Shuningdek, oʻzbek tilida oʻrin-payt kelishigi formasidagi baʻzi ot va olmoshlar ravishga koʻchgan boʻladi.
Nemis tilida va oʻzbek tillarida juft feʻllar infinitiv formasida, sifatdosh va ravishdosh formalarida, shuningdek, shart mayli formasida boʻladi, yaʻni shu formadagi feʻllargina juft holda qoʻllana oladi. Masalan nemis tilida hegen und pflegen (pah-pahlamoq), bitten und betteln (yalinib-yolvormoq), hoffen und bangen (umid va xavotir), geben und nehmen (oldi-berdi), drehen und wenden (qayrilish-burilish), va shu kabilar. Tilshunos D. Busse59 nazariyasiga koʻra juft soʻzlarning soʻz turkumlariga koʻra taqsimlanishi ularni qanoatlantirmasligi mumkin, bunda idiomalashgan kombinatsiyaning sintaktik vaziyati haqida hech qanday aniq bir guvohlik beruvchi qarashlar yoʻq va sintaktik nuqtai nazardan koʻpincha feʻlli juft soʻzlar ravishdosh shaklida qoʻllaniladi, deb taʻkidlaydi. Yana feʻllar infinitiv koʻrinishida qoʻllanilishda oʻz oʻrniga ega boʻlsa, kamdan-kam hollarda ular biron bir gapning infinitiv feʻl qismi sifatida paydo boʻladi yoki juftlashadi. Asosan feʻllardan juft soʻzlar yasalganda, oʻzaro antonimik munosabatda boʻladi: geben und nehmen kabi.
Bundan tashqari nemis tilida juft soʻzlarning otlashgan tarkibiy qismlari bitta old koʻmakchi orqali bogʻlanishi frazemaning bir qismi sifatida uchrashi ham mumkin va juft soʻzlarning feʻlga bogʻlanishi ham kamdan-kam holatda uchraydi.
Nemis tilidan farqli ravishda, oʻzbek tilida juft feʻllar ham maʻnodoshlik, ham zid maʻnoli munosabatda boʻlishi mumkin. Masalan: supurish-sidirish, pishirish-kuydirish, keldi-ketdi kabilar. Shunisi ahamiyatliki, oʻtgan zamon aniqlik feʻli shaklidagi va ikkinchi shaxs buyruq mayli shaklidagi baʻzi feʻllar ham juft holda qoʻllanadi. Lekin bunda ular boshqa soʻz turkumiga (masalan, ot yoki sifat turkumiga) koʻchgan boʻladi. Bu faqatgina oʻzbek tilida koʻzga tashlanadi.
Ikki tilda ham juft sonlar son turlaridan asosan sanoq son, dona son, taqsim sonlarda uchraydi. Juft sonlar aniq bir miqdorni ifodalamaydi. Bularda chama, taxminiy miqdor ifodalanadi. Masalan, oʻzbek tilida: besh-olti (kishi) deganda, yoki nemis tilida: zwei-drei kabi. Bundan tashqari oʻzbek tilida, sanoq sonlar bilan qoʻllanadigan numerativ soʻzlar hamma vaqt juft sonning ortidan keladi. Bu numerativ soʻz juft soʻzning ikkala komponenti uchun umumiy boʻladi: uch-toʻrt kilo meva, besh-olti yashar bola va shu kabilar. Agar numerativ soʻz har bir sondan soʻng qoʻllansa, juft songa xos belgilar yoʻqoladi, maʻno ham oʻzgaradi. Shuning uchun bunday hollarda ikki soʻz (son) oʻrtasida defis emas balki yoki bogʻlovchisini qoʻllash lozim boʻladi. Besh kilo-olti kilo emas balki besh kilo yoki olti kilo tarzida yozish lozim. Nemis tilida esa bu holat kuzatilmaydi: zwei drei Kilo Apfel. (oder qoʻyilmaydi) Bunda chama va taxmin maʻnosi boʻlmaydi, balki faqat miqdori ifodalanadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə