Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə13/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

-ma, -ba yordamida birikkan soʻz qismlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, qadam-baqadam kabi;

  • koʻmakchi feʻl bir xil shaklda boʻlsa, chiziqcha bilan yoziladi: yozdi-oldi, borasan-qoʻyasan, uxlabman-qolibman kabi;

  • sinonimlar yoki antonimlari yonma-yon qoʻllanishi natijasida juft soʻzlar hosil boʻldi. Mehr-oqibat, aka-uka, katta-kichik, unda-bunda, urf-odat, baxt-saodat, oʻgʻil-u qiz, qarindosh-urugʻ, tevarak-atrof, kuch-qudrat, yoʻl-yoʻlakay, kirim-chiqim;

  • juft soʻzlar bir soʻzning takroridan ham hosil boʻladi: yosh-yosh, katta-katta;

  • juft soʻzlar bir soʻzning takroridan hosil boʻlganda, ikkinchisining bosh boʻgʻinida tovush oʻzgarishi yuz berishi mumkin: non-pon, gap-map kabi;

    Shuningdek, oʻzbek tilida juft soʻzlar strukturasiga koʻra tasodifiy yoʻl bilan yasalgan soʻzlarga ancha oʻxshasa ham, aniqlovchi va aniqlanmish tipidagi qoʻshma soʻzlardan bir qancha tomonlari bilan ajralib turadi. Bu holat nemis tilidan ozgina farq qiladi. Quyida ularning turlarini tahlil qilib chiqamiz.
    1. Juft soʻzning komponentlari orasidagi grammatik aloqa, bogʻlanishdir, aniqlovchili qoʻshma soʻzlarda esa tobelanishdir. Masalan: togʻ-tosh, togʻ-u tosh, togʻ va tosh va boshqalar.
    2. Juft soʻzlarda baʻzan komponentlar grammatik va semantik holatlarni saqlagan holda oʻrin almashtira oladilar: goʻsht-yogʻ – yogʻ-goʻsht. Ularning oʻrin almashishlari mumkin boʻlmasa, uning sababi semantik yoki boshqa xaraktyerda boʻladi, lekin grammatik xaraktyerda boʻlmaydi.
    3. Urgʻu jihatdan ham juft soʻzlar farqlanadi, yaʻni oxirgidan boshqa komponentda ikkinchi darajali urgʻuning boʻlish holati uchraydi: qovun-poliz – qovun-tarvuz. Ammo bunday fonetik birikish, zichlik, yaxlitlanish juft soʻzlarda kam uchraydi.
    4. Komponentlarning kategorial nuqtayi nazardan ham farqlanadi. Juft soʻzning komponentlari bir xil soʻz turkumlaridan iborat boʻladi. ot+ot (yoki ot vazifasida qoʻllangan boshqa soʻz), sifat+sifat kabi.
    5. Bundan tashqari oʻzbek tilida nemis tilidan farqli oʻlaroq juft soʻzlar ham uchraydi. Masalan: qoʻyib-qoʻyib kompleksi: 1) reduplikatsiya (harakatning takrori yoki uzoq davom etishi maʻnosini bildiradi); 2) analitik feʻl: harakatning oʻrinsiz bajarilganligini – bajarilmasligi kerak boʻlgan ishning bajarilganligini bildiradi.
    Shuningdek, xuddi aynan nemis tilidagi kabi juft soʻzlar turli sabablar (koʻpincha, fonetik oʻzgarishlarning taʻsiri) bilan soddalanish hodisasiga uchrashi ham mumkin: ogʻa-ini (ogʻayni), oshiq-moshiq (oshiqmashuq). Fonetik oʻzgarishning yana biri quyidagichadir: ovoz-movoz (ovoz-povoz). Demak, bu oʻrinda unlining oʻz uzunligini yoʻqotishi komponentlarning zichroq birikishiga yordam bergan, fonetik oʻzgarish, har xillik, semantik differensiatsiya uchun xizmat qiladi.
    Oʻzbek tilida juft soʻzlar – kopulyativ tipdagi qoʻshma soʻzlar deyarli hamma soʻz turkumiga xos, lekin u ot, sifat va ravish turkumlarida koʻp uchraydi: ota-ona, kirim-chiqim, borish-kelish, erta-kech, yer-koʻk, oq-qora rang (oq qora rang birikuvi boshqa), past-baland gaplar, yuqori-quyi gaplar (har-xil, yaxshi-yomon gaplar), besh-olti, oʻttiz-qirq va boshqalar. Feʻllar masalan, oʻqidi-tashladi tipida juft shaklga ega boʻlganda, keyingi element modifikatorlik vazifasini bajaradi, yaʻni u soʻzning analitik shakliga toʻgʻri keladi, lekin har ikki element bir xil shaklda boʻladi, masalan, borish-kelish, kirish-chiqish, oʻqiysan-tashlaysan, aytding-qoʻyding kabi. Aynan shu holat nemis tilidagi kommen, gehen, stellen, sehen feʻllari ishtirokidagi juft soʻzlarda uchraydi.55
    Juft soʻzning tarkibidagi elementlarning, komponentlarning, joylashish tartibi, odatda, quyidagi holatlarga asoslanadi:
    1. Kam boʻgʻinli va tarkibi qisqa komponenti avval keladi: soch-soqol, er-xotin, chol-kampir, mosh-guruch, tosh-tarozi, taxta-oʻqlogʻi, qoʻy-qoʻzi va b. Bu tartib soʻzda urgʻuning oxirgi boʻgʻinda boʻlishi bilan bogʻliq;
    2. Boʻgʻin soni bir xil boʻlsa, unli tovush bilan boshlanadigan komponent avval keladi (talaffuzga oson): osh-non, osh-suv, oʻtin-koʻmir, oʻyin-kulgi, eshik-deraza, oltin-kumush, ota-bola, achchiq-chuchuk va b.
    Har ikki komponent ham undosh tovush bilan boshlangan boʻlsa, jarangli tovush bilan boshlanadigani keladi: sigir-buzoq, soʻroq-javob, san-man (ikkalasi san-manga borishdi), sabzi-piyoz, bosh-qosh (u toʻyda bosh-qosh boʻlib turdi) va b. Bu qoidalar ayrim juft soʻzlarda asosiy holatni koʻrsatadi. Bundan boshqacha koʻrinishlarga ham duch kelamiz. Masalan, oʻgʻil-qiz kam boʻgʻinli komponent keyingi oʻrinda kelgan.56
    Hozirgi oʻzbek tilida xuddi nemis tilidagi kabi juft soʻz yasashning eng mahsuldor usuli affiksatsiya usulidir. Yana sintaktik usul bilan soʻz yasash muhim turlardan biridir. Lekin juft soʻzlarda haqiqiy maʻnodagi soʻz yasalishi koʻrinmaydi, yaʻni ikki soʻzni oʻzaro bogʻlash orqali yangi soʻz hosil qilish hodisasi hozirgi oʻzbek tilida uchramaydi, lekin buni nemis tilida kuzatish mumkin.



    Yüklə 1,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə