Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Oʻzbek tilida juft soʻzlarning oʻrganilishi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə12/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Oʻzbek tilida juft soʻzlarning oʻrganilishi

Oʻzbek tilidagi juft soʻzlarning oʻrganilish davri XX asrning boshlariga toʻgʻri keladi. Ularni avvalo rus va oʻzbek tili doirasida rus tilshunos olimlari oʻzbek tili bilan qiyoslab oʻrgana boshlashgan.Keyinchalik esa yurtimizda o‘zbek tilshunos olimlaridan N.Mamatov44, R.Berdiev45, G‘.G‘ulomov46, B.Madaliev47, N.Abdurahmonov48 va U.Tursunov49 va shu kabi o‘nga yaqin olimlar o‘zbek tilidagi juft so‘zlar va ularning guruhlanishini, yasalish usullarini tadqiq etishgan, shuningdek ularni qo‘shma so‘zlar tarkibidan ajratgan holda o‘rganganlar. Bu sohadagi asosiy natijalarni asosan A. Hojievning “O‘zbek tilida qo‘shma, juft va takroriy so‘zlar”50 nomli asarida ko‘rish mumkin.
B.Madaliev zamonaviy oʻzbek tilida murakkab soʻzlarni tadqiq qilgan boʻlsa-da, murakkab soʻzlarning juft soʻzlar bilan farqiga ham eʻtibor qaratgan. Keyinchalik A.Hojiev juft soʻzlarni yanada kengaygan holda oʻzbek tilshunosligi rakursida koʻrib chiqadi. Tilshunos oʻz ishida juft soʻzlarni ularning hosil boʻlish yoʻllarini qoʻshib tasvirlagan asnoda muhimligini taʻkidlaydi. Ularning parallel va aralash tiplardan farqini, spetsifik xususiyatlari va mezonlarini koʻrsatadi.
J.Muxtorov va U.Tursunovlarning fikricha, oʻzbek tilida juft soʻzlar alohida bir guruh boʻlib, takroriy soʻzlar va qoʻshma soʻzlar tarkibiga kiradi. A.Hojiev esa juft va qoʻshma soʻzlar uchun umumiy holda „qoʻshma soʻz“ terminini qoʻllash mumkin emas deb taʻkidlaydi. Uning fikricha, „juft soʻzlar mustaqil leksik maʻnoga ega ikki tarkibning teng bogʻlanishi asosida tashkil topib, umumlashtirish, jamlik kabi maʻnolarni ifodalovchi soʻz, soʻzning juft formasi“51 hisoblanadi.
Rus tilidagi adabiyotlarda esa juft soʻzlarga nisbatan asosan «парные слова», «парные словосочитания », kabi terminlar ishlatiladi.
Turkologiyaga oid adabiyotlarga nazar tashlasak, ularda juft soʻzlarga nisbatan turlicha termin qoʻllanib kelayotganini koʻramiz. Oʻzbek tilidagi adabiyotlarda esa faqat „juft soʻz“ termini koʻproq uchraydi. Shuning uchun hanuzgacha oʻzbek va rus tilida juft soʻzlar terminida muammolarni kuzatish mumkin. Masalan, „slovosochetanie“ terminining oʻzbekcha tarjimasi „soʻz birikmasi“ degan maʻnoni anglatadi. Soʻz birikmasi deganda birdan ortiq mustaqil soʻzning oʻzaro grammatik aloqaga kirishuvidan hosil boʻlgan, oʻzicha mustaqil fikr ifodalay olmaydigan til birligi tushuniladi. Soʻz birikmasini hosil qiluvchi soʻzlar oʻzaro tobe va hokim munosabatda boʻladi. Juft soʻzning komponentlari esa hokim va tobe munosabatda emas, balki tenglik munosabatida boʻladi. Ikkinchidan «парные словосочитания» termini oʻzbek tiliga tarjima qilinganda, „juft soʻzlar“ maʻnosini beradi. Bundan kelib chiqqan holda ikki soʻzning juftlashishi emas, balki ikki soʻz birikmasining juftlashishi tushuniladi.52 Shu kabi rus va oʻzbek tilshunos olimlarida bugungi kunga qadar aynan juft soʻzlarni nomlashda turli xillik mavjud.
Ushbu sohada aynan oʻzbek tilida juft soʻzlar ustida tadqiqot olib borgan tilshunos akademik A.Hojievga koʻra oʻzbek tilida juft soʻzlarning oʻndan ortiq yasalish usullari bor. Ularni tadqiq etishdan avval quyidagi misollarni kuzatamiz: el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-toʻrt, oʻn-oʻn beshta, bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, soʻramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, el-yurt, mehr-shafqat, qovun-tarvuz, omon-eson, kecha-kunduz, yozin-qishin, asta-sekin, uch-toʻrt, oʻn-oʻn beshta, bilinar-bilinmas, bordi-keldi, kuydi-pishdi, don-dun, oz-moz, mayda-chuyda, aldab-suldab, soʻramay-netmay, kiyim-kechak, adi-badi, ikir-chikir, duk-duk, taq-tuq, qop-qop, ming-ming (ming-minglab), bitta-bitta (bitta-bittalab), baland-baland, chopa-chopa, ishlay-ishlay, yaqin-yaqinlargacha, hamma-hammasi, kabi.53
Oʻzbek tilida juft soʻzlarning yasalish usullari ham nemis tilidagi juft soʻzlar bilan oʻzaro farqli hamda oʻxshash yasalish usullariga egadirlar:

  1. Qismlari oʻzaro maʻnodosh (sinonim) boʻlgan soʻzlarning birikuvidan: baxt-saodat, orzu-havas, zavq-shavq, kuch-qudrat, yakka-yagona;

  2. Maʻnosi jihatidan bir-biriga yaqin boʻlgan soʻzlardan: ota-ona, aka-uka, opa-singil, qozon-tovoq, egri-bugri;

  3. Maʻnosi bir-biriga zid boʻlgan soʻzlardan: katta-kichik, yaxshi-yomon, oq-qora, past-baland, uzun-qisqa;

  4. Soʻzlarni takrorlash orqali: katta-katta, tez-tez, uzun-uzun, choy-poy;

  5. Juft soʻzlarning har ikkala qismi mustaqil maʻnoli soʻzlardan tashkil topadi: aka-uka, qozon-tovoq, ur-yiqit;

  6. Juft soʻzlarning birinchi qismigina mustaqil maʻno bildiradi, ikkinchi qismi maʻno bildirmaydi: temir-tersak, yigʻi-sigʻi, hayot-mamot, latta-putta;

  7. Juft soʻzlarning har ikkala qismi ham alohida holda maʻno ifodalamaydi: gʻala-gʻovur, ikir-chikir, uvali-juvali, algʻov-dalgʻov, lash-lush;

  8. Ayrim juft soʻzlarda esa maʻno umumlashgan boʻladi: ota-ona, kecha-kunduz, past-baland, qozon-tovoq;

  9. Ayrim juft soʻzlar tarkibidagi birinchi soʻz butunlikni, ikkinchi soʻz esa uning qismini ifodalaydi: togʻ-tosh, gap-soʻz;

  10. Juft soʻzlarning baʻzilarida tarkibidagi soʻzlarni oʻrnini almashtirib qoʻllash mumkin: asta-sekin (sekin-asta), past-baland (baland-past).54

Juft soʻzlar oʻzbek tilida (-) chiziqcha qoʻyilgan holda yoziladi:

  • juft soʻzlar orasida -u(-yu) bogʻlovchisi qoʻllansa, bogʻlovchidan oldin chiziqcha ishlatiladi: oq-u qora, kecha-yu kunduz, doʻst-u dushman;


  • Yüklə 1,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə